O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti fizika texnika fakulteti
II BOB. MAGNIT MAYDONING ASOSIY XOSSALARI VA XARAKTERISTIKALARI
Download 0.83 Mb.
|
2 5238005139104602493
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gravitatsion
II BOB. MAGNIT MAYDONING ASOSIY XOSSALARI VA XARAKTERISTIKALARI
2.1. Magnit maydonining asosiy xossalari Ingliz shifokori Uilyam Gilbert doimiy magnitlarning xossalarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan. Gilbertning 1600-yilda nashr etilgan “Magnit, magnit jismlar va ulkan magnit – Yer haqida” nomli kitobida magnitlarning quyidagi xossalarini bayon qilgan: Magnit turli qismlarida tortishish kuchlari har xil bo‘lib, uning chekka uchlari uchlari qutblarida tortishish kuchi eng katta. Magnit ikkita-shimoliy va janubiy qutbga ega bo‘lib,bu qutblar xususiyatiga ko‘ra turlichadir. Turli qutbli magnitlar bir-biriga tortiladi , bir xil qutbli magnitlar esa bi-biridan itariladi. Bir xil qutbli magnitni hosil qilib bo‘lmaydi. Yer shari ulkan magnitdir. Kuchli qizdirilganda tabiiy magnitlarning ham, sun’iy magnitlarning ham magnit xossalari yo‘qoladi. Magnitlar shisha,qog‘oz,yog‘och,sham va suv orqali o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Magnit maydonining asosiy xususiyatlariga to‘xtalib o‘tsak: Magnit maydon harakatlanuvchi zaryadli zarrachalar ta’sirida paydo bo‘ladi. Magnit maydon faqat magnitlar,o‘tkazgichlar va harakatlanuvchi zaryadli zarrachalarga ta’sir qilishi mumkin. Magnit maydon doimiy va o‘zgaruvcha turdagi bo‘lishi mumkin. Magnit maydonni faqat maxsus asboblar yordamida o‘lchanadi va uni inson sezgi organlari orqali idrok etib bo‘lmaydi. Magnit maydonning o‘lchami magnit maydonning o‘zgarish tezligiga bog‘liq.Shunga ko‘ra, magnit maydonning ikki turi mavjud :dinamik magnit maydon va tortishish magnit maydoni. Gravitatsion — faqat elementar zarralar yaqinida hosil bo‘ladi va bu zarrachalarning xususiyatlari va tuzilishiga qarab o‘z kuchida viruetsya. Dinamik -— harakatlanuvchi elektr zaryadlari (oqim uzatgichlari, magnitlangan moddalar) bo‘lgan jismlarda ishlab chiqariladi. Gravitatsion magnit maydon faqat elementar zarrachalar yaqinida paydo bo‘ladi va bu zarralarning strukturaviy holatiga xususiyatlariga qarab hosil bo‘ladi. Magnitlar o‘tkazgichlarning tok bilan o‘zaro ta’siri (harakatlanuvchi zaryadli zarralar ) bilan aniqlanadi. Magnit maydonga kiritilgan tokli o‘tkazgichga magnit maydoni tomonidan ta’sir qiluvchi kuchga Amper kuchi deyiladi va bu kuch o‘tkazgichning shu qismidagi har bir zarraga magnit maydoni tomonidan ta’sir qilayotgan kuchlarning yig‘indisidan iborat deb qarash mumkin. Magnit maydon tomonidan o‘tkazgichning to‘g‘ri qismiga ta’sir etuvchi kuch formulasi va Amperning tajribasi bilan tanishib chiqamiz. Taqasimon doimiy magnitni gorizontal holda shtativga mahkamlaymiz. Shtativga osilgan o‘tkazgichni taqasimon magnitning o‘rtasiga joylashtiramiz. Bunda o‘tkazgichning magnit maydonda joylashgan qismining uzunligini Δl deb olamiz(2.1.1-rasm). Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling