O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti fizika texnika fakulteti
Download 0.83 Mb.
|
2 5238005139104602493
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tokning magnit maydoni.
- 1.1.3-rasm. Parma qoidasi.
1.1.1-rasm.Taqasimon magnit
1.1.1-rasmda taqasimon magnit tasvirlangan. Magnitning tasiri eng kuchli bo‘lgan joyi magnit qutbi deyiladi. Har qanday magnitda ikkita – janubiy va shimoliy qutblari mavjud bo‘ladi. Magnitlarning janubiy qutbi S harfi bilan, shimoliy qutbi N harfi bilan belgilanadi.Odatda,janubiy (S) qizil, shimoliy (N) qutbi esa ko‘k rangga bo‘yaladi. Magnitning o‘rtasi neytral bo‘lib, u qismida tortishish kuchi mavjud emas. Magnitlar ham elektr zaryadlari kabi ta’sirlashadi,lekin ular orasida keskin farq ham mavjud.Elektrda musbat va manfiy ishorali zaryadlarni ajratish mumkin. Magnit qutblarini esa ajratib bo‘lmaydi.Magnitni bo‘lsak, ularning har bir bo‘lagi shimoliy va janubiy qutbli magnitlarni hosil qiladi. Tokning magnit maydoni. Magnit maydoning elektr toki bilan bog‘liqligini tajribada birinchi bo‘lib1820-yilda Xans Kristian Ersted aniqlagan. Ersted tajribasini o‘tkazib ko‘rish uchun zanjir,tok manbai,kalit,reostat,o‘tkazgich kerak bo‘ladi (1.1.2-rasm). 1.1.2-rasm. Ersted tajribasi. O‘tkazgich simlaridan biri janubdan shimolga tomon tarang tortilgan b’lsin. Magnit strelkasini rasmda ko‘rsatilganidek o‘tkazgich ostiga qo‘yaylik.Bunda strelkani sim bo‘ylab joylashtiramiz. Keyin esa kalitni ulab,o‘tkazgichdan tok o‘tkazamiz.Shu zahoti tok o‘tayotgan sim ostidagi magnit strelkasi 900 burchakka burilib, sigma perpindiular joylashib qoladi. Demak tokli o‘tkazgich atrofida magnit maydoni yuzaga keladi va magnit strelkasini buradi. Ersted tajribasi tok o‘tayotgan o‘tkazgich atrofida magnit maydon bor ekanligini ko‘rsatdi. To‘g‘ri tok atrofidagi magnit maydonining kuch chiziqlari aylanalardan iborat bo‘lib, uning yo‘nalishini parma qoidasi orqali quyidagicha tushuntirish mumkin. Agar parmaning ilgarilanma harakati tok yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lsa, u holda parma dastasining aylanish yo‘nalishi magnit induksiya chiziqlarining yo‘nalishini ko‘rsatadi(1.1.3-rasm). 1.1.3-rasm. Parma qoidasi. Ersted tomonidan tokli o‘tkazgichning magnit maydoni kashf etilishi elektromagnetizm sohasidagi tadqiqotlarga turtki bo‘ldi. 1820-yilda fransuz fiziklari Andre Mari Amper va Dominik Fransua Arago o‘tkazgichdan aylanma holatida tok o‘tkazib, bunda to‘g‘ri tok maydoniga nisbatan kuchli magnit maydoni hosil bo‘lishini aniqladilar. Turli obiyektlarning magnit maydonlari inson ko‘zi tomonidan sezilmaydi va faqat maxsus sensorlar uni tuzatishi mumkin. Mikroskopik miqyosda magnit kuch maydonining paydo bo‘lishining manbai magnitlangan (zaryadlangan) mikrozarralarning harakatidir, ular: ionlar; elektronlar; protonlar. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling