Maxmudova yoqutxon toxirjon qizining
Download 3.6 Mb.
|
BMI reja chiqariladi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI INFORMATIKA O`QITISH METODIKASI KAFEDRASI IV “A” GURUH TALABASI MAXMUDOVA YOQUTXON TOXIRJON QIZINING 5110700-INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun “9-sinflarda dars mavzusini Moddle tizimida o’qitish metodikasi” mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI lmiy rahbar: A.Q.ABDULLAYEV texnika fanlari nomzodi, Qo’qon - 2015 MUNDARIJA
KIRISH. Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik odimlarini dadil qo'yayotgan hozirgi davrda, axborotlashgan jamiyat qurish masalasi mamlakatimiz uchun naqadar katta ahamiyat kasb etayotgani hech kimga sir emas. Respublikamizda jamiyatimizni axborotlashtirish maqsadida bir qancha qaror va qonunlar qabul qilindi. Masalan, 1993- yil 7- may va 2003- yil 11- dekabrdagi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonun, 2002- yil 30- maydagi “Kompyuterlashtirish va axborot komunikatsiya texnologiyalarini qo’llashni yanada rivojlantirish” haqidagi qaror, 2003- yil 11- dekabrdagi “Elektron raqamli imzo haqida”gi qonun va 2004- yil 29- apreldagi “Elektron huijat yuritish” haqidagi qonun fikrimizning dalilidir. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimovning 2012-yil 21-martdagi PQ-1730-son “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq axborot resurslari, texnologiyalari va tizimlarini, shu jumladan axborot xavfsizligini taminlash tizimlarini rivojlantirish holatini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, 2012-2014 yillarda O’zbekiston Respublikasida axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish dasturi, hamda bu qonundan kelib chiqadigan natijalar yuzasidan keng ishlar olib borilmoqda. Jumladan Oliy ta’lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va umumiy o`rta ta’lim tizimida ham kompyuter texnologiyasidan unumli foydalanish, talaba va o`quvchilar bilimini oshirishda erkin foydalanib kelinmoqda. Zero, hozirgi kunda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash davr talabiga aylanib bo`lgan. Zamonaviy axborot texnologiyalari inson ish faoliyatining barcha sohalariga chuqur kirib borayotganligi sababli yangi texnologiyalardan unumli foydalana olish va kompyuterda ishlash bo’yicha malakalarga ega bo’lishimiz lozim. Har bir yosh bunday malakaga ega bo’lishi uchun avvalombor o’rta ta’limda informatika kursining o’qitilishiga katta axamiyat berishimiz va bunga mas’uliyat bilan yondoshishimiz zarur. O’rta maktab informatika kursining asosiy vazifasi o’quvchilarda axborot va axborot texnologiyalari bilan mustaqil ishlay olishlari va fikrlash usullarini shakllantirishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishida uzluksiz ta’lim tizimining bosqichlaridan biri umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-sinfida Informatika fanini Moodle tizimida o’qitish to’g’risida so’z yuritilgan bo’lib, uning dolzarbligi shundaki, moodle tizimida ta’limni olib borilishi ta’limni yanada samaraliroq olib borilishiga sabab bo’ladi. Bitiruv malakaviy ishida masofaviy ta’lim tizimida moodle tizimining roli va ahamiyati, mohiyati o’rganiladi va ochib beriladi. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling