Maxmudova yoqutxon toxirjon qizining


& .Masalan quyidagi kursni ko’rib chiqamiz


Download 3.6 Mb.
bet4/8
Sana01.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1736939
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BMI reja chiqariladi

1 & .Masalan quyidagi kursni ko’rib chiqamiz.

Kurs nomiga sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosamiz va quyidagi oyna hosil bo’ladi.

“Add an activity or resource” bandi tanlanadi. Bu bandga kirsak quyidagi bo’limlar mavjud.



-Topshiriq faoliyat moduli o’qituvchiga vazifalarni berish, ishlarni yig’ib olish hamda baholash va fikr-mulohazalarini bildirish imkoniyatini beradi. Talabalar har qanday raqamli kontentni(fayllarni) taqdim etishlari mumkin, masalan, Word matn tahririda tayyorlangan hujjatlar, electron jadvallar (Excel), tasvirlar yoki audio va video fayllar.
- Chat moduli faol qatnashchilarga real vaqt ichida ma’lumotlar bazasini yaratishda bir-biriga moslash imkonini beradi.
- So’rov moduli faollashganda o’qituvchidan yagona savol va takliflarni tanlash so’raladi.
-Ma’lumotlar ombori moduli faol qatnashchilarga asosiy to’plamlarni yaratish va izlash, yozish imkonini beradi.
-Tashqi sozlov moduli faollashganda talabalarga boshqa web saytlarda o’quv resurslarini o’rganish bilan o’zaro bog’lanish imkonini beradi.
- Forum muhokama o’tkazish uchun qulay joy, juda kerakli uskuna hisoblanadi.
-Glossariy moduli faollashganda qatnashchilarga asosiy matnga xuddi lug’at kabi noaniq so’zlarga ravshanlik kiritadi, resurslar va ma’lumotlarni to’plash va tashkil qilish imkonini beradi.
-O’quv materiali ma’ruzasi juda qiziq va zich formada ma’ruza tashkil qilinadi.
- O’qituvchi yaratgan Imtixonning har xil ko’rinishdagi savollarini o’z ichiga olgan har xil ko’p variantli javoblardan asosiy va savolga mos keladigan javobni tanlash imkonini beradi.
-Scorm paketi fayllarni jamlash, o’rganish obyektlariga mos keladigan paketlarni o’zida mujassam etadi.
-Anketa moduliga o’quvchilar haqida ma’lumotga ega bo’lish, o’qituvchi bu orqali qiziqishlariga qarab yordam berish usullarini tashkil qiladi.
-Wiki elementi moduli ishtirokchilarga web sahifalar majmuini qo’shish va tahrir qilish imkonini beradi. Wiki jamoaviy yoki yakka tartibda bo’lishi mumkin. Jamoaviy wikini hamma tahrir qila oladi, yakka tartibdagi wikida hamma o’zining shaxsiy wikisiga ega bo’ladi va uni faqat ishtirokchining o’zi tahrir qila oladi.
-Seminar moduli faollashganda talabalar mustaqil ishlarini ko’rib chiqish va tahlil qilish imkonini beradi.
-Kitob moduli o’qituvchiga ko’p-sahifali kitob kabi (bob va kichik boblari bilan ) resursni yaratish imkonini beradi. Kitob o’z ichida media fayllarini va matnni saqlashi mumkin, hamda uzun ma’lumotlar qulay ko’rsatilishi uchun bo’limlarga bo’linishi mumkin.
- Fayl moduli o’qituvchiga kurs resurslarini o’tkazish imkonini beradi.
- Papka moduli o’qituvchiga ekrandagi bir nechta fayllarni bitta papkaga joylashga yordam beradi.
-IMS paketi hajmi turli xil sistemalarda foydalana oladigan paketlarni fayllar to’plamiga mos ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
-Izoh moduli matn va ovozli ma’lumotlarni kursni varog’iga qo’yish resurslar orasidagi bog’lanish va harakatlanish imkonini beradi.
-Varog’ moduli O’qituvchiga web sahifa yaratish va matnni tahrirlash imkonini beradi. Varog’ moduli matn, ovoz,rasm,videolardan iborat.
-URL (Uniform Resource Locator) kurs resurslari o’rtasida o’qituvchiga web bog’lanishni taminlashga yordam beradi.
2 &.Yaratilgan kursga mavzu qo’shish quyidagicha amalga ashiriladi.
“Add an activity or resource ” bo’limi tanlanib unda hosil bo’lgan oynadan bandi tanlanadi va Add buyrug’i tanlanadi va quyisdagi oyna hosil bo’ladi.

Bu yerda:
Name-Mavzuga nom berish hisoblanadi.
- Vaqt chegarasi(ruxsat etish)
-Ruxsat etilgan kuni,oyi,yili
-Topshirishning oxirgi muddati
-Chiptadagi javob o’tishlarning maksimal soni.
-(baho 100 ballik sistemada)
-Baho kategoriyasi (kategoriyasiz)
-Mashq tariqasidagi dars(yo’q holatda bo’ladi).
-Har savol uchun ballar (ha holatda bo’ladi).
-Imtihonlarni qayta topshirish natijalarini tahlil qilish(o’rtacha baho holatda bo’ladi)
-Joriy ballni ko’rsatish (yo’q holatda bo’ladi).
-Talabalarga javoblarini o’zgartirishni ruxsat etish (yo’q holatda bo’ladi).
- Tuzatish tugmachasini ko’rsatish (yo’q holatda bo’ladi).
- Urinishlarning maksimal soni (1 marta holatda bo’ladi).
-Muqim javobni ko’rsatish(yo’q holatda bo’ladi).
-O’zlashtirish oynasi (yo’q holatda bo’ladi).
-Chapda sahifalar ro’yxatini ko’rsatish (yo’q holatda bo’ladi).
-Sakrab chiquvchi web sahifa yoki fayl nomi.
-Sarflangan vaqt(daqiqalarda)
- Baho (%) dan yuqori.
-ko’zga ko’rsatish(ko’rsatish holatida), ID raqami.
Mavzu nomi yozilgandan so’ng “Save and display” bandini tanlaymiz.


2.2. 9-sinfda Informatika fanidan o’qitiladigan mavzularni Moodle tizimiga o’tkazish texnologiyasi

Hosil bo’lgan oynadan “Add a content page” bo’limi tanlanadi. Bo’limga sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosilgandan so’ng quyidagi oyna hosil bo’ladi.



Page title bandiga- mavzu nomini kiritiladi.
Page contents bandiga- mavzuning ma’ruzasi tashlanadi.
U quyidagicha aks atadi.

Maruzani tashlab bo’lgandan so’ng “Save page ” buyrug’iga sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosamiz va quyidagi oyna hosil bo’ladi.

Natija quyidagicha aks etadi.

3 &. Bundan tashqari kursga test ham qo’shish mumkin bo’lib u quyidagicha aks atadi.
-bandiga sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosamiz va hosil bo’lgan oynadan

- bandi tanlanadi va add buyrug’ini bosamiz. Natijada quyidagi oyna hosil bo’ladi.

Name-bandiga testning nomi yoziladi.
Test nomi yozilgandan so’ng oynaning pastki qismida joylashgan “Save and display ” bandiga sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosamiz.So’ng quyidagi oyna hosil bo’ladi.


Hosil bo’lgan oynadan “Edit quiz” yani testni tahrir qilish bandi tanlanadi va quyidagi oyna hosil bo’ladi.

Bu oynadan “Add a question” bandiga sichqonchaning chap tugmasini olib borib bir marta bosamiz.Quyidagi oyna hosil bo’ladi.

Hosil bo’lgan oynadan bandi tanlanadi.Bu oyna
tanlangandan so’ng quyidagi bo’limlar ochiladi.

Oynada ko’rinib turgan:
- bandiga test savollarining nomeri yoziladi.
- bandiga test savollarining matni yoziladi.Bu bandda yozuvga hos tushunchalar yozuvning shrift o’lchami, rangi, turini va boshqalarni amalga oshirish mumkin.
Savolning pastida quyidagi oynalar ham ochilgan bo’lib bu bandlarga test savollarining bandlari kiritiladi.

“Answer” bandiga- testning variant kiritiladi.U yerda yozuvga hos xossalar keltirilgan.
bandiga 100% belgisi qo’yilsa to’g’ri javob hisoblanadi.
Agarda to’g’ri javobni belgilab qo’yish shart bo’lmasa u holda quyidagicha amalga oshiriladi.

-bandini bo’sh qoldirish kifoya hisoblanadi. Qolga uchinchi va to’rtinchi(beshinchi) bandlar ham shu zaylda amalga oshiriladi.
Test variantlari kiritib bo’lingandan so’ng “O’zgartirishlarni saqlash” bandiga sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosish lozim.
Natija quyidagicha aks etadi.

4 &. Kursga kitob qo’shish quyidagicha amalga oshiriladi.
Asosiy oynaga o’tib bandiga sichqonchaning chap tugmasini bosib.
Hosil bo’lgan oynadan quyidagi band tanlanadi.
-bandiga sichqonchaning chap tugmasini bosamiz va ekranning pastki qismida joylashgan “Qo’shish” buyrug’ini tanlaymiz.
Quyidagi oyna hosil bo’ladi.

Nom-bandiga kitobning nomi yoziladi.
Description-bandiga kitobning ma’ruzasi tashlanadi.Ma’lumotlar kiritib bo’lingandan so’ng ma’lumot saqlanadi va quyidagi ko’rinishda aks atadi.
-kitob moodle dasturiga yuklandi va saqlandi.


 
2.3. Moodle tizimida O’quvchilar bilimini baholash va Moodle tizimini baholash.
Moodle tizimida 9-sinf darsligini kiritib mavzularga doir testlar tuzib bo’lingandan so’ng u quyidagi ko’rinishda aks etadi. Mavzular 9-sinf darsligining ish rejasiga binoan kiritilib chiqilgan.Darslikda jami yillik mavzularning soatlari 68 soat bo’lib, bu mavzular haftalar bo’yicha taqsimlab chiqilgan bo’lib, 9-sinf Informatika darsi bir haftada ikki marta o’tiladi. Yilning boshi yani oyning birinchi haftasida quyidagi mavzular o’tiladi.

Haftaning birinchi soatida – Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari mavzusi berilgan bo’lib, o’qituvchi bu mavzuni o’tadi va haftaning ikkinchi soatida “Model turlari” mavzusi yoritib beriladi. Haftaga ajratilgan soat tugagandan so’ng. O’qiyuvchi o’quvchilarni mavzularni qay darajada o’zlashtirganini bilish uchun mavzular bo’yicha tashlab qo’yilgan test savollarini ishlab chiqadi. Qaysi o’quvchi mavzularni qay darajada o’zlashtirganini o’qituvchi testning natijasidan bilib olishi mumkin. Testning o’zi har bir o’quvchini o’zi baholab beradi. Quyidagi testni ko’rib o’tamiz.
-bandiga sichqonchaning chap tugamasini bosib, testga kiramiz va quyidagi oyna hosil bo’ladi.
Oxirgi urinishni davom ettirish- bandiga sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosamiz va quyidagi test oynasi ochiladi.

Berilgan savollarni javobini belgilashda tanlangan javobga sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosamiz. Keyingi savollar ham shu zaylda amalga oshiriladi.

O’tilgan mavzuga jami o’nta savol tuzilgan bo’lib, qolgan savollar ham shu zaylda belgilanadi.

O’ninchi savol ham quyidagicha:

Savollar belgilanib bo’lgandan so’ng oynaning pastki qismida joylashgan bandiga sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosamiz va quyidagi oyna hosil bo’ladi.
Bu oynada “Barchasini jo’natib sinovni yakunlash” bandi tanlanadi va sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosamiz.
Quyodagi oyna hosil bo’ladi.
Hosil bo’lgan oynadan “Barchasini jo’natish va sinovni yakunlash” bandiga sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosamiz. Quyidagi oyna hosil bo’ladi.

Bu yerda:
Belgilangan javoblarning to’g’risi ko’rinishda bo’ladi. Noto’g’ri javob esa ko’rinishida aks atadi. Belgilangan savollarning pastki qismida to’g’ri javob qaysi band akanligi aks atib turadi.
Hamma savollarda qaysi javob to’g’ri va noto’g’ri belgilanganini ko’rib chiqilgandan so’ng, quyidagi bandni tanlaymiz va sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosamiz.Quyidagi oyna hosil bo’ladi.
Bu testda to’g’ri javob o’nta testdan oltita to’g’ri javob va to’rtta noto’g’ri javob olindi. Testni yana yangidan boshlash uchun “Testni yangidan qilish” bandi tanlanadi.
Mavzuga doir topshiriqlar bajarish.
Mavzu bo’yicha topshiriqni bajarish uchun bandi ustiga sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosamiz.Quyidagi oyna hosil bo’lib,
“sinovni boshlash” bandi tanlanadi.Quyidagi oyna ochiladi.

Berilgan savollarga mos bandlar tanlanadi.Masalan:

Javoblar belgilangandan so’ng “Keyingisi” nomli bandga o’tiladi va sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosiladi va quyidagi oyna ochiladi.

Ushbu oynadan “Barchasini jo’natib sinovni yakunlash” bandi tanlanadi va unga sichqonchaning chap tugmasini mir marta bosamiz.Quyidagi oyna hosil bo’aldi
bu oynadan “Barchasini jo’natib sinovni yakunlash” bandiga sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosamiz.

Va quyidagi oyna ochiladi. Bu oynada to’g’ri javoblar ya’ni hamma berilganlar tog’I ishlanganligini ko’rib turibmiz.Bitta ishlangan savolga 1 balladan beriladi va 5 baho bilan hisoblanadi.
Bu oynaning pastki qismida joylashgan “Finish review” bandiga sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosamiz.Quyidagi oyna hosil bo’ladi.
bu oynadan “Testni yangidan qilish” bandini tanlasangiz test yangidan boshlanadi va siz uni yana yangittan ishlash imkoniyatiga ega bo’lishingiz mumkin.
Yuqoridagi bajarilgan ishlarni 9-sinf darsligining 2-haftasi soatlariga ham qo’llab quyidagilarni hosil qilishimiz mumkin.

O’qituvchi maruzalarni kompyuterga electron tarzda tashlab o’quvchilarga taqdim etadi va har bir darsga kirgan o’quvchi bu ma’ruzalar bo’yicha test topshiradi va testdan o’tgan o’quvchi keyingi mavzularni o’rganishga o’tishi mumkin agarda siz birinchi mavzularni yaxshi o’zlashtira olmay testdan o’ta olmasangiz keying mavzuga o’ta olmaysiz. Mavzularga yana test, topshiriq, kitob lar qo’shishdan tashqari yana mavzu o’quvchilarga tushunarliroq bo’lishi uchun unga yana video roliklar, rasmlar, slaydlar ham qo’shish imkoni mavjud.
Moodle tizimi bu masofaviy o’qitishda o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida masifali ta’limni olib borishning eng qulay va samarali usullaridan hisoblanadi. Uyda salomatligi maktabga kelish imkoni cheklangan o’quvchi ushbu tizim orqali ta’lim olishi mukin. Buning uchun bizga kompyuter va modem bo’lsa kifoya.
Bu tizimni nafaqat maktab balki kollej, litsey dasturlariga ham qo’llasa ta’limni yanada samarali olib borilishiga sabab bo’lardi.
Umumiy o’rtata’lim maktabining darsligi shu zaylda moodle dasturi yordamida elektronlashtrib boriladi.

Oyning 3-4 haftalarida ham mavzular ushbu zaylda elektron holatga keltiriladi.





XULOSA


Mazkur bitiruv ishini bajarish jarayonida 9-sinf Informatika kursi bilan to’liq tanishib chiqdim. Mavzularni o’qitishda moodle tizmidan foydalanish bo’yicha bilimlar yanada mustahkamlandi, chuqur o’zlashtirildi.
Informatika fani rivojlanishi xayotimizning barcha soxalariga va bo’limlariga kirib bordi. Bu esa xar bir kadr bu soxa bo’yicha yetarlicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishini talab etadi. Albatta bu o’qituvchi zimmasiga mas’uliyat yuklaydi. Xozirga kunda an’anaviy tarzda o’qitish samaradorligi biroz pasaygan bo’lib, darsning samaradorligi yuqori bo’lishi uchun interaktiv metodlardan va moodle tizimidan foydalanish ta’limni samarali olib borilishiga sabab bo’ladi.
Agar barcha darslar an’anaviy tarzda olib borilsa, o’quvchilarning barchasi ushbu mavzular yuzasidan yetarlicha ko’nikma va tasavvurlarga ega bo’la olmaydilar. Moodle tizimidan foydalanishda esa dars samaradorligining yuqori bo’lishiga sabablar talaygina: uyda maktabga chiqish imkoniyati cheklangan o’quvchilar uchun o’qituvchining o’zi uyga borib unga dars berishi shart emas balki bu ta’limni olib borishda sizga kompyuter va modem kifoya. O’quvchi internetga kiradi va moodle tizimi orqali darsliklarga qo’yilgan mavzularni o’zlashtirib masofaviy ta’lim olishi mumkin hisoblanadi. Bu tizimdan foydalanish jarayonida o’quvchi bilan xamkorlikda dars olib borilganligi sababli o’quvchilar mustaqil tarzda dars bilan shug’ullanadilar. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o’sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi qo’yilgan. Ushbu masalaning xal etilishi ko’p jixatdan o’qitishning interfaol metodlarini qo’llashga xam bogliq.
Interfaol o’qitishning moxiyati o’quv jarayonini shunday tashkil etadiki, unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin fikrlash, taxlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar.
Bilish jarayonida o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati deganda, ularni xar birining o’ziga xos aloqada individual xissa qo’shishi, o’zaro bilimlar, goyalar va faoliyat usullari bilan almashinishlari tushuniladi. Shu bilan birga, bularning xammasi o’zaro xayrixoxlik va qo’llab – quvvatlash muxitida amalga oshiriladi. Bu esa o’z navbatida yangi bilimlarni olishgagina imkoniyat bermasdan, balki bilish faoliyatining o’zini xam rivojlantiradi, uni yanada yuqoriroq koo’ertsiya va xamkorlik ‘ogonalariga olib chiqadi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishini yozish davomida o’rgangan bilimlarim va qolaversa o’rgangan metodlarim kelajakdagi faoliyatimda qo’l keladi degan umiddaman.
Tayyorlagan bitiruv malakaviy ishim jarayonida men olib brogan ishimni maktab o’quvchilarining yanada samarali ta’lim olishlariga va bu oz bo’lsada o’qituvchilarning ishlarini kamaytirishi va ularga yengillik tug’dirishiga yordam beradi degan umiddaman.
Yuqorudagi mavzularni moodle tizimi yordamida o’rganish jarayonida umumiy o’rta ta’lim maktabining 9-sinf o’quvchilari zamon talabiga mos erkin fikrlay oladigan raqobatbardosh kadr bo’lib, komil inson sifatida vataniga o’z xissasini qo’shadi.



Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling