Bosh jurnal shakllari


Download 308.4 Kb.
bet1/2
Sana25.02.2023
Hajmi308.4 Kb.
#1228388
  1   2
Bog'liq
4- мавзу


4-MAVZU: BOSH JURNAL SHAKLLARI.

REJA:


  1. Bosh jurnal shaklari.

  2. Memorial-orderga ilova

  3. Sintetik hisob registry.

  4. «Bosh-jurnal» shaklida yuritilganida yozuvlar ketma-ketligi.



TAYANCH SO’Z IBORALAR: korrespondensiyalanuvchi, memorial-order, muassasalarda, sintetik hisob, schotlar, vedomost, shakl, guruhlash, korxona, xo'jalik, analitik, kamchilik, oborotlar.
Buxgalteriya hisobining shakli deb hisob registrlaridan foydalanishning ketma-ketligi va bajarilish texnikasini yuzaga chiqaradigan ma'lum tizimga aytiladi. Registrlarning shakli va tuzilishi, sintetik va analitik hisob registrlarining o'zaro xronologik va sistematik bog'liqligi. yozuv ketmaketligi va bajarilish texnikasi buxg~teriya hisobining shaklini aniqlaydigan asosiy belgidir. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish va kompyuterlashtirishning rivojlanishi bilan buxgalterlik hisobining shakli tushunchasi o'zgarmoqda va kengaymoqda. Hozirgi vaqtda qo'llanilayotgan buxgaIteriya hisobining asosiy shakllariga memorial-order, jurnal-order va avtomatlashtir;!gan shakllari kiradi. Shuningdek, kichik va o'rta biznes korxonalarining shakllanishi va rivojlanishi natijasida ularning moliya-xo'jalik faoliyatini aks ettiradigan buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli vujudga keldi.
Bosh-jurnal shakli memorial-order shaklining bir turi hisoblanadi. U ishlab chiqarish hajmi katta bo'lmagan korxonalarda, alohida muassasalarda va ayrim moliya organlarida yuritiladi.
«Bosh-jurnal» shakliga memorial-orderlar asos bo'lib, ular «Boshjurnal» deb ataladigan har oyda sintetik hisob registriga yozib boriladi.
Uning shakli quyidagicha
Bosh-jurnaliga dastavval hisobot davrining boshida schotlar bo'yicha qoldiqlar o'tkazilib, so'ngra korrespondensiyalanuvchi schotlar bo'yicha barcha oborotlar memorial orderlardan o'tkaziladi.
Hisobot davri oxirida schotlar bo'yicha oborotlar va qoldiqlar aniqlanadi. Bunda yozuvlar to'g'riligi quyidagicha tekshiriladi: barcha schotlarning bir oydagi debet oborotlari summasi barcha schotlarning bir oylik kredit oborotlari summasiga teng bo'lishi lozim.
Ushbu hisob shaklining mazmuni sintetik schotlar bo'yicha oborot vedomosti tuzishni istisno qiladi. Schotlarda chiqariJgan qoldiqlarga asosan yakuniy balans tuziladi.
Hisobning jurnal-order shaklida klavishali hisoblash mashinalaridan foydalanish hisobning tezkorligini oshiradi va hisob xodimlarining sonini kamaytiradi.
Ko'pchilik registrlardan hisob uchun tayyor ma'lumotlar olish mumkinligi sababli hisob yuritishning jurnal-order shakli buxgalteriya hisobotini tuzish muddatini ancha qisqartiradi. Bundan tashqari, ko'pchilik jurnal-orderlar, qo'shimcha vedomostlar va rasshifrovka varaqlaridan tezkor boshqarish va iqtisodiy tahlil qilish maqsadida
muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. «Bosh-jurnal» shaklida yuritilganida yozuvlar ketma-ketligi va guruhlash tartibi quyidagi chizmada keltirilgan



Download 308.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling