Bosh kelishikdagi so‘z(ba’zan qaratqich kelishigidagi olmosh) bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar
Download 8.1 Kb.
|
komakchilar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kabi, singari, yanglig‘, misli (misol)
- Sababli, tufayli
- vodiylar osha(uzra)
Ko‘makchilar o‘zgarmaydi, ya’ni turlanmaydi yoki boshqa turkumlardan yasalmaydi. Ayrim kelishikdagi so‘zlarni boshqaradi. Shunga ko‘ra, ko‘makchilar quyidagi guruhlarni tashkil qiladi: Bosh kelishikdagi so‘z(ba’zan qaratqich kelishigidagi olmosh) bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar:bilan, uchun, kabi, singari, sari, orqali, sayin, bo‘ylab, bo‘yicha, uzra, yanglig‘, tufayli, chog‘li, osha, bo‘yicha kabilar. Bu guruhga mansub ko‘makchilar quyidagi munosabatlarini ifodalaydi:YORDAMCHI SO‘ZLAR.KO’MAKCHILAR HAQIDA. Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshdan keyin kelib, ularni boshqa so‘zga(ko‘pincha fe’lga) grammatik jihatdan tobelanishini ta’minlaydigan so‘zlar ko‘makchi deyiladi. Ko‘makchilar gapda o‘zidan oldingi mustaqil So‘zlar bilan birikib ularga vosita, maqsad, sabab, payt, makon kabi ma’nolarni qo‘shadi va shu so‘zlar bilan birga bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi.Ko‘makchilar kelib chiqishiga ko‘ra: sof ko‘makchilar va vazifadosh ko‘makchilardan iborat bo‘ladi: sof ko‘makchilar lug‘aviy ma’nosini batamom yo‘qotgan: bilan, uchun, kabi, singari, uzra, sayin, qadar singari so‘zlarni o‘z ichiga oladi; ko‘makchi vazifasida qo‘llanadigan so‘zlarga;tomon, boshqa, sababli, orqali, tufayli, qarab, qaramay, so‘ng, tashqari, beri, ko‘ra, chog‘li, uzra singari so‘zlar kiradi.Ko‘makchi vazifasida qo‘llanadigan so‘zlar guruhi tarkiban qo‘yi-dagi mustaqil so‘zlarning nutqda ko‘makchi vazifasida ishlatilishi, ya’ni grammatikalizatsiyalashuvi natijasida yuzaga keladi: a)ot ko‘makchi-lar nutqda ham mustaqil ma’noda, ham ko‘makchi vazifasida ishlatila-digan ot, sifat yoki ravish turkumiga mansub bo‘lgan quyidagi so‘zlar-dan tashkil topadi: tomon, tashqari, bo‘yi, chamasi, holda, yo‘sinda kabi otlardan; sababli, tufayli, orqali, qarshi, chog‘li, doir, muvofiq, o‘zga, boshqa kabi sifatlardan; burun, ilgari, keyin,beri, buyon,asosan, binoan, so‘ng singari ravishdan iborat bo‘ladi; b)fe’l ko‘makchilar sifatdosh yoki ravishdosh shakllaridagi fe’llardan birining nutqda ko‘makchi vazifasida ishlatilishi natijasida yuzaga keladi. Ular: ko‘ra, yarasha, qarab, qaramasdan, qaramay, boshlab, tartib,qaraganda,qarata, degan, osha, deydigan kabi so‘zlardan iborat.Bilan ko‘makchisi birgalik, hamkorlik, qurol, vosita, jarayon yoki harakatning sodir bo‘lish holati kabi ma’nolarni va harakat nomlari bilan birga kelib, bir harakat ketidan ikkinchisining tez boshlanishi ma’nosini bildiradi. Bilan ko‘makchisi badiiy adabiyotda birlan, birla, -ila, -la tarzda ham ishlatiladi. Bunday holda u o‘zakdan chiziqcha bilan ajratilib yoziladi: Sen-la ko‘nglim har on bo‘lur shod. Uchun ko‘makchisi maqsad, sabab, atalganlik, evaz kabi ma’no-larni ifodalaydi va ot, olmosh, harakat nomidan keyin keladi: insoniyat uchun qayg‘rurmoq, o‘qimagani uchun tushunmaslik, kitoblarni sen uchun oldim. yashash uchun kurashmoq. Uchun ko‘makchisi she’riyatda chun tarzda ham ishlatilai. Bunday holda -chun o‘zkdan chiziqcha bilan ajratiladi. Shuningdek,uchunko‘makchisi -gina, -dir affikslarini ham olishi mumkin: Lekin nima uchundir uning bu yovuz maqsadi hech ijobat topmasdi.Kabi, singari, yanglig‘, misli (misol) ko‘makchilari o‘xshatish, solishtirish, qiyoslash ma’nosini ifodalashiga ko‘ra ma’nodoshdir: xamirdan qil sug‘urgan (kabi) singari yengil. Sayin ko‘makchisivaqt bildiruvchi so‘zlar bilan birga kelib, ish-harakatning muayyan vaqt ichida yoki harakatning bir yo‘la sodir bo‘lishi, davomiylik kabi ma’nolarni ifodalaydi: Respublikamiz yil sayin gulga burkanmoqda.Do‘l borgan sayin kuchaymoqda edi. Sari ko‘makchisiish-harakatning yo‘nalishini ifodalaydi. Bunda sari ko‘makchisi tomon ko‘makchisiga sinonim bo‘lishi mumkin: kucha sari – kucha tomon, yorug‘lik sari – yorug‘lik tomon. Sababli, tufayli ko‘makchilari sodir bo‘layotgan ish-harakatning sababini bildiradi: U shunday qadrli mehmon kelishini oldinroq bilmagani sababli tayyorgarlik ko‘ra olmaganidan xijolatda edi.Orqali ko‘makchisi ish-harakat sodir bo‘lishda vosita bo‘lgan narsani yoki ishharakat sodir bo‘lishida vosita bo‘lgan o‘rin ma’nosini ifodalaydi:. Salimjon uyiga paxtazor orqali qaytdi. Osha, bo‘ylab, uzra ko‘makchisi: 1.Ish-harakatning boshqaril-gan so‘zdan anglashilgan vaqt davomida sodir bo‘lishini ifodalaydi: Yillar osha gurkiraydi jonajon Vatan. 2.Ish-harakatning boshqarilgan so‘zdan anglashilgan o‘rin bo‘ylab sodir bo‘lishini anglatadi: Oltin vodiylar osha(uzra) yangrasin qo‘shiq. Jahon bo‘ylab(uzra) yangrar bir ovoz. Bo‘yicha//bo’yincha ko‘makchisi:1)moslk,mutanosiblik ma’no-sini ifodalaydi: Darslar o‘quv jadvalibo‘yicha olib boriladi.2)chegara-lash ma’nosini bildiradi: Rektorning xo‘jalik shilari bo‘yicha o‘rin-bosari.Ko‘makchi otlar o‘zining leksik ma’nolarini saqlagan mustaqil so‘z bo‘lishiga qaramay, ularning ma’nolari ko‘pincha metaforik usulda ko‘chgan holda yordamchi so‘zlar kabi munosabatlarni bildirib keladi. Xususan, ost, ust,old, orqa, yon, ich, ora, bosh, o‘rta so‘zlari ko‘makchi otlardir. Ko‘makchi otlar, asosan, belgisiz qaratqich kelishigidagi so‘zdan keyin kelib, mazkur so‘zlarni o‘zi o‘rin-payt va chiqish kelishigi hamda egalik qo‘shimchalarini qabul qilgan holda fe’lga bog‘lash uchun xizmat qiladi: yer ostidan qaramoq, bir hafta ichida uchrashmoq kabi. Ko‘makchi ot vazifasida keluvchi bu so‘zlar belgili qaratqich kelishigi-dagi ot bilan birikkanda, o‘z mustaqil lug‘aviy ma’nosini saqlaydi. Masalan uyning ichida, binoning yonida, poydevorning ostidan kabi.Download 8.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling