Bosh miya chayqalishi


Jarohatdan keyingi simptomlar


Download 77.13 Kb.
bet2/3
Sana19.04.2023
Hajmi77.13 Kb.
#1365494
1   2   3
Bog'liq
Bosh miya jarohatlarida uchraydigan ruhiy o

Jarohatdan keyingi simptomlar


Stupor holatalari. Mushaklar qisqarishi ortgan, yuzdagi emotsiyalar yo‘qolgan, tana harakatlari tormozlanishlar kuzatiladi va bu nerv impulslarining markaziy nerv tizimiga yetib borishi buzilganidan dalolat beradi.
Hushdan ketish simptomi. Inson tashqi qo‘zg‘atuvchilarga javob bermaydi, hech narsani sezmaydi. Bu zarbaning kuchiga qarab bir necha soniyadan 6 soatgacha davom etishi mumkin. Bunda nerv hujayralaridan impulslar o‘tishi buzilgandan keyin, bosh miyada qon aylanishi buziladi va bosh miyaga kislorod yetib bormaydi.
Реклама
Qayt qilish simptomi. Oshqozondagi ovqat massasi qaytib chiqadi, so‘lak ajralishi ko‘payadi. Ba’zida qayt qilish takroriy bo‘ladi. Vestibulyar apparat va qusish markazida qon aylanishi buzilishi hisobiga kelib chiqadi.
Ko‘ngil aynish simptomi. Bosim, epigastral sohada og‘riq, noxush his sezish kuzatiladi. Bunda uzunchoq miyadagi qusish markazi qo‘zg‘alib ketadi.
Bosh aylanishi simptomi. Tinch holatda ham bosh og‘rig‘i bo‘ladi, tana holati o‘zgarganda og‘riq kuchayadi. Vestibulyar apparatda qon aylanishi buzilishi hisobiga kelib chiqadi.
Pulsning ortishi yoki kamayishi. Pulsning 1 daqiqada 60 dan kam yoki 90 dan ortishi. Organizmga kislorod yetishmovchiligi hisobiga bemor o‘zini lanj, lohas his qiladi, yurak urishlar soni ortadi. Bosh miya ichki bosimi ortishi hisobiga adashgan nerv va miyachaning ezilishi natijasida kelib chiqadi.
Teri rangi oqarishi va ma’lum muddat o‘tgandan keyin qizarish bilan almashinadi. Vegetativ nerv tizimi tonusining buzilishi bilan tushuntiriladi. Buning natijasida teri yuzasidagi kapilyarlar kengayadi.
Bosh og‘rishi simptomi. Jarohat olgan joyda yoki ensa sohasida pulsatsiyali (lo‘qillovchi) og‘riq bo‘lishi. Boshning hamma sohasida siquvchi og‘riq. Bosh miya ichki bosimi oshishi hisobiga, miya pardalaridagi retseptorlar qo‘zg‘aladi va og‘riq paydo bo‘ladi.
Quloqdagi shovqinlar. Quloqdagi turli xil chiyillagan yoki guvillagan tovushlarni eshitish. Bosh miya ichki bosimi oshishi natijasida eshituv nervining ezilishi hisobiga kelib chiqadi.

Download 77.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling