Ko‘zdagi og‘riq hissi simptomi. Ko‘zni harakatlantirganda og‘riq kelib chiqishi, ko‘z olmasi va peshona sohasida kuchli og‘riq paydo bo‘lishi. Bu ham bosh miya ichki bosimi oshishi hisobiga kelib chiqadi.
Harakatlanganda koordinatsiya buzilishi. Inson tanasi o‘ziga “bo‘y sinmayotganini” sezadi, ish harakat bajarganda qiyinchilik bilan, uzoq muddat vaqt sarflanganday bo‘ladi. vestibulyar apparatda qon aylanishi buzilishi natijasida, bosh miya po‘stloq markaziga va mushaklarga nerv impulslari o‘tishi buzilishi hisobiga kelib chiqadi.
Ko‘p ter ajralishi simptomi. Qo‘l kaftlari sovuq va nam bo‘ladi. yuz va tananing boshqa sohalaridan ter tomchilab ajralib turadi. Ichki organlarni boshqaruvchi nerv tizimi juda ham qo‘zg‘alib ketgan bo‘ladi. Buning natijasida ter ajratish bezlari ishi kuchayadi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Nevroz – kasallikmi yoki yomon xarakter?
Ko‘z qorachig‘i simptomlari. Ikkala ko‘z qorachiqlarining kengayishi yoki torayishi, ularning assimetrikligi kelib chiqadi. Inson o‘zida hech qanday o‘zgarish sezmasligi mumkin, ammo shifokor nazoratida qorachiq reflekslarida o‘zgarishlar bo‘lishi aniqlanadi. Bosh miya ichki bosimi oshishi hisobiga qorachiq mushaklarini boshqaruvchi nerv tolasi ezilishi sabab bo‘ladi.
Pay reflekslarining assimetrikligi simptomi. Bunday refleksni nevropotolog tekshiradi. Bunda tizza paylariga bolg‘acha bilan urib ko‘rilganda ularning turli xilda qisqarib javob berishi kuzatiladi. Bunga sabab bosh miya ichki bosimi oshishi natijasida reflex hosil qiluvchi nerv tolalarining ezilishidir.
Kech paydo bo‘ladigan simptomlar (2-5 kundan keyin)
Yorug‘likdan va baland shovqindan qo‘rqish simptomi. Yorug‘lik nuriga va baland tovushlarni eshitganda inson bezovtalanadi, o‘zini yomon his qiladi. bunga sabab bosh miya jarohatlangandan keyin qorachiq mushaklarini boshqaruvchi nerv zararlanadi va qorachiqqa tushayotgan nurga inson ta’sirchan bo‘lib qoladi. Eshituv nervining ezilishi hisobiga turli xildagi shovqinlarga ham sezuvchanlik oshib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |