Bosh miya jaroxati eng kup tarkalgan shikastlanishlar katoriga kirib, xamma shikastlanishlarning 40%ga yakinini tashkil kiladi


KALLA SUYAKLARINING SHIKASTLANISHI


Download 203.49 Kb.
bet4/10
Sana19.06.2023
Hajmi203.49 Kb.
#1604237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bosh miya jaroxati eng kup tarkalgan shikastlanishlar

KALLA SUYAKLARINING SHIKASTLANISHI
Kalla suyaklarining sinishi tez-tez uchrab turadi (xamma sinishlarning 1,5-3%ni tashkil kiladi). Kalla suyaklarining sinishi kupincha kuchada olingan travmalar natijasida (tramvay, avtomobil, mototsikl) va temir yullarda ruy beradi. Kallaning sanoatda shikastlanishi kuprok ogir sanoatda (kon sanoati, shaxtalar va boshkalar) va kurilishlarda uchraydi.
Kalla suyaklarining sinishi ularning miyaga yakin joylashgani uchun aloxida axamiyatga ega. Kalla suyaklari sinishining bir necha turi farklanadi: 1) yorik va darz shaklidagi sinishlar; 2) parchalanib sinishlar, bunda xar xil kattalikka ega suyak parchalari xosil bulib, ular miya kattik pardasiga va miyaga kirib ketishi mumkin; bunda ichga botgan va botmagan sinishlar farklanadi; 3) teshik va kovakli sinishlar; bular yumalokrok shaklga ega bulib, bunda suyak moddasi yukotilgan buladi; bunday sinishlarga kallaga uk tegib sinishlar, utkir narsalardan - mixlar, ilmokli narsalardan sinishlar kiradi; bunday sinishlar miya moddasining majaklanishi bilan kechishi mumkin.
Kalla suyaklari sinishining yopik va ochik turlari, yoki asoratlangan kalla suyagi sinishlari farklanadi. Asoratlangan sinishlarda infeksiyaning katta xavfi bor, bunda infeksiya singan joyga va miyaga kirishi mumkin.
Kalla suyaklarning yopik sinishlari. Kalla suyaklarining yopik sinishlarida uning tashkari koplamlari butun koladi.
Bosh gumbazining yopik sinishlaridagi belgilar ba'zida unchalik anik ifodalangan bulmaydi. Singan joyni, uning chetlarini yoki botib ketgan yerdagi chukurlikni aniklashni singan joyning ustida paydo yuulgan kon (gematoma) kiyinlashtiradi. Lekin shunga karamasdan, ba'zi xollarda ushlab kurilganda chukurlikni (ichga botib kolgan yerni) va xatto singan parchalarning xarakatchanligini aniklash mumkin. Boshning sinishlari miya chaykalishining xar xil ifodalangan xolatlari bilan birga yuz beradi, bu tugrida pastrokda aytiladi.
Bosh suyaklarining singanligini aniklashda falajlik, parezlar (bular uchokli siptomlardir), bosh ichi bosimining oshishi xolatlari v rentgenografiya yordamlashadi. Peshona kislarining shikastlanishi uchokli belgilar bermaydi. Bolalarda bosh gumbazining suyaklari aloxida elastik bulganligi sababli kupincha cheklangan botik joylar paydo buladi.

Kalla suyaklarining ochik sinishlari. Boshning ochik sinishlari ochik yara bilan xarakterlanadi. Bosh gumbazining ochik sinishini aniklash kiyin emas. Buning uchun sochni kirib olib tashlab, teriga va yaraning chetlariga yod eritmasi surkalgandan keyin yaraning chetlarini extiyotlik blan ochish kerak. Yaraning ichiga infeksiyaning kirib ketish xavfi bulganligidan diagnoz kuyish maksadida yaraga zond tikib kurishga mutlako yul kuyilmaydi. Kallaning singanligini aniklashda rentgenografiya yordam beradi. U sinishning xarakterini, yunalishini, darz ketishini, sinib, ichiga botib ketish va shunga uxshashlarni aniklashga imkoniyat beradi.


Kalla suyagining ochik sinishlari fakat kattik miya pardasinigina shikastlashi, ba'zan esa shu parda va miyani zararlashi bilan kechishi mumkin.
Birinchi yordvam. Boshning sinishlarida birinchi yordam berish va miyaning chaykalishiga, xamda boshlangich shokka karshi kurashish katta axamiyatga egadir. Bemorni gorizontal xolatda yotkizib, boshiga muz kuyish kerak. Nafas tuxtab kolgan xolatda, sun'iy yul bilan nafas oldirish va lobeli ukolini kilish kerak (1% eritmadan 1 ml). Bemor xushiga kelib, boshlangich shok xolatlari utgandan sung uni davoalsh muassasiga yuborish lozim.
D a v o l a sh. Bosh ichidagi bosimning kutarilganligini kursatadigan (pulsning sekin urishi) miya xolatlari yuk bulgandagi yopik sinishlar konservativ yul bilan davolanadi, lekin bemorlar vrach tomonidan kuzatilib turiladi. Bemorga tulik tinchlik kerak. Bosh ichidagi bosim yukori bulganda, sinib, parchalar ichiga botib ketgan choglarda bosimni yukotish va ichiga botib ketgan parchalarni olib tashlash uchun bosh trepanatsiya kilinadi (teshiladi).

Download 203.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling