Bosh miya jaroxati eng kup tarkalgan shikastlanishlar katoriga kirib, xamma shikastlanishlarning 40%ga yakinini tashkil kiladi


Download 203.49 Kb.
bet1/10
Sana19.06.2023
Hajmi203.49 Kb.
#1604237
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bosh miya jaroxati eng kup tarkalgan shikastlanishlar


Bosh miya jaroxati eng kup tarkalgan shikastlanishlar katoriga kirib, xamma shikastlanishlarning 40%ga yakinini tashkil kiladi. Butun dunyo sog'liqni saqlash statistikasiga kura, u yiliga urtacha 2% usish qobiliyatiga ega. Bunda 20 yoshdan 60 yoshgacha bulgan shikastlanganlar, ya'ni eng kup mexnatga yaroqli yoshdagilar, ustun turadi. Buyuk Britaniyada yiliga 1 mln axoli bosh miya jaroxatining u yoki bu turi bilan tibbiy yordamga murojaat qilsa, ulardan 150 mingtasi kasalxonalarga yotqiziladi, 5%ga yaqini esa malakali neyroxirurg yordamiga muxtoj buladi.
XX asrning oxiriga kelib, bosh miya jaroxati faqat sogliqni saqlashdagina emas, balki turli jamoat tizimlarida xam dolzarb muammo bulib qolmoqda. Bosh miya jaroxati kup uchrar edi, degan ibora xozirgi davrga tugri kelmaydi. Biz xozir bosh miya jaroxatining uchrash darajasini, uning tarqalganligini, tarkibini, sabablarini va xokazolarni aniq bilishimiz kerak.
80-90 yillarda, 80ta ilgor Tibbiyet institutlarining neyroxirurgiya kafedralari, ilmiy-tekshirish institutlari klinikalari va 11 respublika turli tashkilotlari, xamda Leningrad va Kiyev neyroxirurgiya institutlari, shular qatorida I Toshkent davlat tibbiyot institutining neyroxirurgiya kafedrasi akad. N.N.Burdenko nomidagi neyroxirurgiya instituti boshchiligida, ilgarigi Sovet Ittifoqi respublikalarida bosh miya jaroxati epidemiologiyasini urganishdi. Natijada xar yili 1 mln 200 ming kishi jaroxat olishi, ulardan 100 000 dan oshigi olamdan utishi va shunchasi nogiron bulishi aniqlandi.
Uzbekistonda xar yili 120 000 atrofida bosh miya jaroxati xodisasi ruyxatga olinadi, ulardan 6-9%ga bosh miya siqilishi buyicha turli operatsiyalar amalga oshiriladi. Bosh miya jaroxati natijasida xar yili 10 000 gacha odam olamdan utadi va shunchasi nogiron buladi.
Jaxonda bosh miya jaroxatidan xar yili 1,5 mln. axoli olamdan utadi, 2,4 mln. bulsa, nogiron buladi. XX asr oxiriga kelib, bosh miya jaroxati natijasida nogiron bulganlar Rossiyada 2 mln, AQSHda 3 mln, butun dunyoda esa 150 mln axolini tashkil qildi.
Bosh miya jaroxati urtacha xisobda 1000 axoliga 33,4 ni tashkil qiladi. Kasalxonaga yotish kursatkichi - 1000 axoliga 2tani tashkil qiladi. Bosh miya jaroxatining sabablari turli mamlakat va xududlarda turlichadir, ular ijtimoiy, geografik, obi-xavo, demografik va boshqa omillarga bogliqdir. Masalan, AQSHda yul-transport xodisalari natijasida olingan shikastlar- 80% kup bulsa, Rossiyada turmushda olingan shikastlar - 75%, ular orasida 30-40% kriminal, Tayvanda - motoroller va Shotlandiyada - yiqilishlar kup uchraydi va x.k.
Bosh miya jaroxati bosh miya va uning qavatlariga infeksiya tushishiga kura yopiq va ochiq turlarga bulinadi. Yopiq bosh miya jaroxatida yumshoq qatlamlarning butunligi buzilmaydi, yoki aponevroz shikastlanmagan yuzaki yaralar buladi.



Download 203.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling