Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot 7-sinf
Jozvar, jazval – chizg‘ich, lineyka.
2 Handasaviy – geometrik. 71 shi bino ko‘zimga ko‘rindi. Anavi girvatlar minoralarga o‘xshaydi, uchib borayotgan sariq qum devor-u ravoqlar- ning o‘zginasi. Keksalik, yana yodimdan ko‘tarilib ketma- sin, deb daftarga chiziqlar tortib, belgilab qo‘yishni lozim topdim. Yarim qorong‘i arava tagida Me’mor qo‘lidagi toshqa- lam bilan daftar sahifalariga chiziqlar tortar, yozar va yana yangi sahifalarni ochib, chiziqlar chizardi. Shogirdlarning ko‘zi daf tarda. Horunbekning nigohi Me’morda, Badia bo‘lsa Zulfi qorga tikilardi. Ma’suma beka aravaning ich-u tashida o‘tirgan larga javdirab, hammaning xatti-harakatini kuzatib o‘tirardi. Mushfi q ona uchun bunda hamma qadr- don edi. U hammadan ko‘ra ham G‘avvos Muhammad- ning ko‘nglini o‘ksitmaslik maqsadida unga mehribonlik ko‘rsatmoqchi bo‘lardi. Me’mor daftarga handasaviy chiziqlar chizib, shogird- lariga nimalarnidir tushuntirardi. Uchburchaklar va uni kesib o‘tuvchi to‘g‘ri chiziqlar burchagiga raqamlar qo‘yib ko‘rsatardi. Me’morning hayajonlanib aytayotgan, «mislsiz qasr» tasviri va handasaviy hisoblari shogirdlar nazdida afsonaga o‘xshardi. Ustodning ko‘p gaplariga ishongilari kelmasa-da, unga itoat va e’tiqod yuzasidan hamma gapla- rini ma’qullashardi. Tashqarida kuchli shamol namat-u chodirlarni tortqilar, G‘avvos bilan Horunbek bo‘lsa damo-dam uzoqdagi «fa- lak ustunlari»ga qarab qo‘yishardi. – Hay, usta, – dedi Ma’suma beka, – shu paytda bu chiziqla ringiz kimning qulog‘iga kiradi-a?! Halizamon ustimizdan qum bosib ketadimi... Shogirdlaringizni o‘z ho- liga qo‘ying, otlarga qarashsin. Laa havla va laa quvvata! – Sen duoyingni o‘qib, dam solib o‘tiraver! – dedi il- jayib Me’mor, shogirdlariga ko‘z qisib. – Qo‘limiz bo‘sh, baribir bekor o‘tiribmiz. Bu bizning kasbimiz. – Axir qo‘rqib ketyapmiz! 72 – Kim? Sen o‘zingmi yoki Badia hammi? – Men o‘zim, – dedi Ma’suma beka bo‘ron tortqilayot- gan chodirni mahkam ushlab. – Qo‘rqma! Hammamiz shu yerdamiz. Bo‘ron tezda o‘tib ketadi, biz Jayhunning narigi tomoniga o‘tganimizdan keyin bunaqangi yomon ofatlar bo‘lmaydi. U tomon − Movarounnahr. Badia, sen qo‘rqmayapsanmi? – Yo‘q, otajon. – Ana, eshitdingmi, onasi. – Eshitdim, – dedi Ma’suma beka, – ammo sizlar shat- ranj o‘ynayotgan odamlardek o‘zlaringiz bilan o‘zla ringiz gap lashib o‘tiraverasiz, biz bu gaplaringizga tushun maymiz. Mundoq tushunadigan gaplardan ham gaplashinglar. Oradan ko‘p o‘tmay, allaqanday qudratli bir kuch aravalarga kelib urildi. Otlar kishnadi. Hamma yoqni qorong‘ilik bosib, yuzlarga qum urildi. Aravalar ham borib kela boshladi. Birinchi arava tagida o‘tirganlar beixtiyor g‘ildiraklarga yopishishdi. Qandaydir dahshatli bir qo‘l qorong‘ilik ichida hamma narsani tortib, osmonga otardi. Bu bir daqiqa ichida paydo bo‘lgan yovuz kuch zilzilaga ham o‘xshardi, yer ostin-ustun bo‘lib ketayotganday, hech narsani ko‘rib bo‘lmasdi. – Bu girdibod! – dedi og‘zi-burniga qum kirgan Me’mor, bir daqiqadan keyin jonholatda. – Bir-birlaringizni mahkam ushlanglar! Me’mor beixtiyor qizi bilan xotinini ushladi. Zulfi qor bir qo‘li bilan borib-kelib turgan arava g‘ildiragini, bir qo‘li bilan Badiani mahkam ushladi. Zavrak ustodining oyog‘iga yopishdi. Horunbek bilan G‘avvos arava g‘ildiraklariga mahkam yopishgancha ko‘zlarini yumib turaverishdi. Qorong‘ilik bir necha daqiqa davom etdi. Yuzlarga urilayotgan beto‘xtov qum bo‘roni ko‘z ochirgani qo‘y- masdi. G‘ujanak bo‘lib bir-birlariga yopishib olgan yo‘- lov chilar «girdibod» degan gapni eshitishdi-yu, ammo nima bo‘layot ganini bosh ko‘tarib ko‘ra olishmadi. Ot- 73 larning kishnashi ham to‘xtadi. Ko‘p o‘tmay qorong‘ilik ketib, kun yorishayotganga o‘xshadi. G‘uvullab esayotgan bo‘ronga qaramay, Me’mor sekin boshini ko‘tardi, girdi- bod o‘tib ketgan edi. Hamma sekin bosh ko‘tarib u yoq-bu yoqqa qaradi. Darhaqiqat, chang-to‘zon ancha narilab, Karki tomonga ke tardi. Osmon-u falakka bo‘y cho‘zgan girdibod ichi- da namat-u chodir-u xashaklar uchib yurardi. Girdibod qayer larnidir yalab, qayerlargadir qum tepaliklari uyib ketibdi. Ikkinchi arava to‘nkarilib, uchinchi aravani an- cha nariga olib bo rib, g‘ildiraklarining yarmigacha qum- ga ko‘mib qo‘yibdi. Uning ustida na xashak va na yuk- lar bor. Birinchi arava g‘ildiraklariga bog‘langan uch ot bor-u, qolgan otlardan darak yo‘q. Yuz qadamcha narida qumga botib yotgan uchinchi aravaning o‘ng tomonida saman yo‘rg‘a qumga botib, chiqa olmay unnalardi. Ara- vaga qo‘shib bo‘lmaydigan ikki begona otdan tamoman darak yo‘q. Qum bo‘ronining ancha pasaygani, girdibod- ning bu yerdan o‘tib ketganini ko‘rgan Me’mor arava tagidan chiqib, atrofga qaradi. Aravalar qup-quruq. Gi - la m-u sholchalar, qotgan non-u tolqon solingan xaltacha- lar, kiyim-kechaklargacha olib ketibdi. Olis qum tepa lik- lari ustida xashak qoldiqlari sochilib yotardi. Qiyshayib yotgan uchinchi aravada faqat dekcha-yu belkurag-u ket- monlar qolibdi... Me’mor arava tagidan chiqib, qumda cho‘qqayib o‘tirgan Ma’suma bekaga yalt etib qaradi: – Katcha 1 bormi? – Bor, – dedi xotini, – biri menda. – Menda ham bor, – dedi Badia. – Xayriyat, – dedi Me’mor... Bu ham Xudoning xohishi. Zulfi qor Shoshiy bilan Zavrak Nishopuriy shu lahza 1 Katcha – hamyoncha, yonchiq. 74 yugurgancha otni qumdan qutqarib olish uchun narida qiy shayib yotgan uchinchi arava yoniga kelishdi. G‘avvos orqama-orqa belkurak olib chopib, ot tepasiga bordi. – Jonimiz omon qoldi, – dedi Me’mor, – bo‘lmasa, bu girdibod yomon narsa. U qaroqchilardan ham badtar. Jonimiz omon qolganiga shukur qilaylik! – Girdibodni ko‘rar edim-u, ammo mundoq ichiga tush magan edim, – dedi tepalikdan tushib, ustod yoniga yaqinlash gan Horunbek. – Bizni dabdala qilib ketdi-ya! Endi qolgan otlar bilan tezda Xalachga yetib olmasak, otlar xo‘raksiz 1 , suvsiz halok bo‘ladi. – Shunday qilaylik, birodar, – dedi Me’mor, – bu ko‘rgulik ham bor ekan. Lekin bu ziyonni qoplaydigan aqchalarimiz bor, biz hammasini to‘laymiz. – Bu Xudodan kelgan narsa, ustod, men bu ofat yet- kazgan ziyon uchun haq olmayman. – Hozir mol-jon o‘rtada, inim, Buxoroga yetib olay- lik, u yog‘i bir gap bo‘lar. Uch yigit saman yo‘rg‘ani qutqarib olib kelishdi. Shundan so‘ng atrofga sochilib, biron narsa ko‘rinarmikan, deb qum tepaliklarni, pastliklarni izlashdi. Hech vaqo yo‘q. Girdibod qiladigan ishni qilib, oladiga- nini olib, yana qumliklarga kirib ketgan edi. – Yigitlar, uzoq-uzoqlarga qaranglar, otlar ko‘rinmay- dimi? – dedi Horunbek. – Jonivorlar qayoqda qolgan ekan? – Hech narsa ko‘rinmaydi, – dedi Zavrak. Qumda talanib, bor-yo‘g‘idan ajragan kichik karvon sochilgan narsalarini yig‘ib, otlarni aravalarga qo‘shishga hozirlik ko‘rdi. Tomog‘i qaqragan Badia qumlarning qayeri gadir ko‘milib ketgan mesh-u xumchani qidirardi. Otlar tashna ... Lablari lablariga yopishib qolgan Me’mor ham o‘z tashnaligini bildirmay, tupuk yutar, ochlikka chi- 1 Xo‘rak – yegulik, yemish. 75 dash mumkin, ammo tashnalikka bardosh berish g‘oyatda mashaqqat ekanligini dilidan o‘tkazardi. Bu holatni sezib turgan G‘avvos bi rinchi arava shotisiga bog‘log‘lik katta- gina chelakni va qumda to‘nkarilib yotgan xumchani olib, kun chiqish tomonga jo‘nadi. – Daryo ancha olisda. Topa olarmikansiz? – so‘radi Horunbek. – Qiblanamoga qarang, to‘g‘ri ketyapmanmi? – To‘g‘ri ketyapsiz, – Horunbek kaftidagi qiblanamo- ga qaradi. – Unda topaman. – Kechikmang, o‘g‘lim, biz bunda uzoq turolmaymiz, – dedi Me’mor. G‘avvos Muhammad bir qo‘lida chelak, xumchani qo‘l tiqlab olganicha qumlar osha yugurib ketdi. U fursat- ni qo‘ldan bermaslik uchun kuchining boricha yugurar- di. Hozir yugurish kerakligini, chunki suv bilan yugurib bo‘lmasligini bilardi. – Harqalay u G‘avvos! – dedi Zavrak, – suv topib keli- shiga ishonaman. Lekin bu boyvachchaning ro‘parasidan biron ilon chiqib qolsa, paqir bilan xumchani tashlab, dod solib qochib kelmog‘i ham mumkin. Badia kulimsiradi: – Unda o‘zingizga navbat keladi! – Men hoziroq zing‘illab ketardim, idish yo‘q, bekam. – Sabr qilib turinglar, – dedi Ma’suma beka, – lekin G‘av vos Muhammadni o‘ksitadigan gaplarni aytmanglar... Barcha tayyorgarlik ishlariga kirishib, otlarni qo‘ shib, aravalarga chiqib, G‘avvosni kutardi. G‘avvos dan esa da- rak yo‘q. Bir damdan so‘ng Me’mor ning to qati toq bo‘la boshladi. Bir mahalda uzoqda qora nuqta ko‘rindi. Arava ustida o‘tirgan Zavrak o‘rnidan tik turib G‘avvos kelayotganini aytd i. Xonumoni talanib, qilichi sinib, qalqoni teshilib, yen- 76 gilgan sarbozdek xomush tortib o‘tirgan Me’mor bilan Horunbek jonlandi. Ular miq etishmay, uzoqda terlab- pishib suv olib kelayotgan G‘avvosdan ko‘z uzishmasdi. Hatto aravaga qo‘shilgan otlar ham G‘avvosga tikilishar- di. U yetib kelmasdanoq, Horunbek pastga tu shib kutib turdi. Terga botib hal loslab kelayotgan G‘avvos chelak- dagi suvni Horunbekka uzatdi. U halloslaganidan tili gapga kelmasdi. – Suv loyqaroq. – E, uka, loyqaroq bo‘lsa ham suv-ku! Omon bo‘l! – Baraka toping! – dedi Ma’suma beka. – Ustod, nima deysiz?– Horunbek Me’morga qaradi. – Xumchadagidan hammamiz ichaylik. Paqirdagi suv- ni otlarga oz-oz ichiring, – dedi Me’mor. – Ustod, men yana zing‘illab borib kelaveraman! Daryo uzoq emas ekan, ammo yurish qiyin. Daryo nega- dir loyqa oqyapti... – Jayhun doimo loyqa oqadi – dedi Me’mor, – biz shu suv bilan Xalachga yetib olamiz, o‘g‘lim. G‘avvos ustozini andak bo‘lsa ham mamnun qilolgani- dan quvondi. Aravalar birin-ketin yurib ketgach, Zavrak yoniga o‘tirgan G‘avvos yonidan bir ilon chiqarib, bilin- tirmay unin g tizzasiga qo‘ydi. Tizzasi ustida buralayot- gan chipor ilonga ko‘zi tushgan Zavrak kapalagi uchib, dod deb sakrab yerga tushdi. – Ha, nima gap? – deb Horunbek otning boshini tortdi. – Nima qildi? – Zulfi qor bilan Badia ham Zavrakka qarashdi. – Hali bu ishni siz qildingizmi?! – dedi boshi yan- chilgan ilonni ko‘rib Zavrak zaharxanda bilan G‘avvos Muham madga. – Sizni ilon-u ajdarlardan qo‘rqmaydi, deb eshitgan edim, bahodir Nishopuriy! – Haligi gapimni eshitgan ekansiz-da. Qanday qilib eshit dingiz? Ancha narilab ketgan edingiz-ku? – Har kim o‘ziga taalluqli gapni narilasa ham eshitadi. 77 Agar mening ustimdan qo‘rqoq deb yana kulsangiz, endi ajdarni tutib kelaman. – Ofarin, G‘avvos! – dedi Zavrak yana sakrab aravaga chiqib. Keyin uning yelkasiga qo‘l tashladi. – Qani, menga ayting-chi, qanday qilib bu yaramasni tutib o‘ldirdingiz? – Ketayotsam, ro‘paramda turgan ekan, bosh ko‘tarib tilini chiqaraverdi. Yaqinroq borib, xumchaning qorni bi- lan boshini ezdim-qo‘ydim. Vassalom! Sizning gapingizni eshitganim yo‘q, lekin orqamdan, albatta, bir nima de- yishingizni ko‘nglimdan o‘tkazib qo‘ygan edim. Chunki siz gapirmay turolmaydigan odamsiz! – Zehningizga qoyilman, G‘avvos! – O‘sha ilonni men ham ko‘ray, – dedi Badia. – E, qo‘ysang-chi! – dedi Ma’suma beka e’tiroz bildirib. – Ilonni ham o‘ynaydimi odam! Turqi qursin! ...Suv ichgan otlar ancha o‘zlariga kelib, pishqirib yo‘lga tushishdi. Shu tunda ular Xalachga kirib borishdi. Kar- vonsaroyga tushib, otlarga ham hordiq berib, o‘zlari ham dam olishdi. Ertasiga erta bilan ot-aravalarni sol 1 usti- ga chiqarib, daryodan o‘tkazish mashaqqati boshlandi. Ulkan yog‘och sol har arava-otni alohida-alohida qilib, uch bor daryoni kechdi. To‘rtinchi o‘tishda solga Badia, Ma’suma beka, Me’mor va Zulfi qor tushishdi. Daryo ning narigi tomoniga o‘tgan ot-ara valar, Xo‘jaabbos manzil - go hida to‘xtamay, to‘g‘ri Tollimarjon yoki Fayz obod sha - har lariga qarab yurishni ko‘zlab shay tu rishardi. Jayhundan o‘tib, Xo‘jaabbos yo‘liga tushgan uch arava Tollimarjon shahri, qaydasan, deb ketaverdi. Ular endi, garchi yana qumliklar aro borayotgan bo‘lsalar ham, asli- da, Movarounnahr tuprog‘ida edilar. 1 Sol – yog‘ochlar arqon bilan bir-biriga matashtirib bog‘lanib, suv ga cho‘k maydigan qilingan moslama. Daryolardan odam va narsalarni o‘tkazishda foydalanilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling