Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot 7-sinf
Bulg‘ab – silkitmоq, imlamоq, undamоq.
2 Bоtamiz – tamizli, mazali. 3 Mеhr-u mоh – quyosh-u оy. 4 Pilla – palla, vaqt. 146 yoq-bu yoqqa qarab, qizlarning qayoq qa ketganini bilmay, bir dardi ming bo‘lib, ichi g‘amga to‘lib... ne pillalarda uyga keldi... Enasi Ravshanbekning joyini solib berib, uxlagali jo- yiga o‘tib yotdi. Bolaning uyqusi qayoqdan kelsin, ilon, chayon chaqqanday Zulxumorning ishqi kuydirib bo- rayotipti. Uh deydi bo‘lmaydi, uyqu kelmaydi... Bolaning ko‘ziga dalaning shu’lasi baland ko‘rindi. Tomga chiqib qarasa, katta yo‘l bilan boyagi ko‘shkda ko‘ringan qizlar, qancha kanizlar kelayotir... Bularning orqasidan boyagi ko‘shkda ko‘ringan xossaki 1 ka nizlar bilan Zulxumoroyim o‘tib borayotipti. ...Ravshanbek tomdan o‘zini tashlab ketdi. Kampir: «Ha, bolasi tushmagur, qayt-chi-qayt!» – deb qichqira- qichqira qoldi. Ravshanbek piyoda yo‘rtib 2 , ko‘chaning yuzi bilan, qizlar ning izi bilan urib yugurib, qizlarni izlab keta berdi... Bir qancha yo‘l yurib edi, oldidan chiqdi katta bir bog‘, bir yog‘i chorbog‘, juda katta-kalondimog‘, ko‘rganlar farog‘, shunday joyga borib qoldi. Qarasa, ko‘p qizlar, an- cha sarvinozlar, beadad kanizlar, hayhaylashib, o‘n – bir, besh – bir, to‘p-to‘p bo‘lib, bir xili oz, bir xili ko‘p bo‘lib, yuribdi sayilbog‘ qilib. Ravshanbek bildi, kechagi qizlar shu yerga kelgan ekan... Ravshanbek astagina pisib borib, gulning ichiga yashirindi... Bog‘da bitta ham erkak yo‘q. Qizlar o‘ynashib, qizg‘aldoqday yashnashib... bir xillari bir-birlarining bo‘yniga qo‘lini tashlashib yuribdi... Qizlar bir bazmlar, ta- pir-tupur o‘yinlar qi layotir, qizig‘i keyin bo‘layotir... * * * Shu asnoda bir to‘p qizlar o‘ynashib-kulishib, gul te- rishib-talashib, yashirinib yotgan Ravshanning ustidan 1 Хоssaki – maxsus, alоhida, xоs. 2 Yo‘rtib – lo‘killab. 147 chiqib qolishadi. Begona yigitni ko‘rgan qizlar dod-voy so- lib, Zulxumorga xabar berishadi. Zulxumor yigitning kim, qayerlik ekani, nimaga kelganini so‘rab, ko‘rmanasini olib kelishga Oqqiz degan kanizini jo‘natadi. Ravshan tillasi yo‘qligi uchun momosi Yunus pari bergan sehrli uzukni ko‘rmana sifatida Zulxumorga yuboradi. Qiz uzuk- ni tomosha qilayotib, unda o‘z ismi va suratini ko‘radi. Uzuk sehrli ekanini bilgach, bunday uzuk har kimda ham bo‘lavermasligini o‘ylab, yigitni huzuriga olib kelishlarini buyuradi. Qizlar Ravshanni olib kelishgach, Zulxumor, avvalo, uzuk ko‘zidagi yozuvni taqdirning bitigi deb bilganidan, ikkinchidan, yigitning chin oshiq ekanini sezib, yoqtirib qolganidan uni qabul qiladi. Bir necha kunni Ravshanbek Zulxumor bilan shod-xurram o‘tkazdi. Ravshanga ko‘ngli ketgan, lekin e’tiborini qozona olmagan hasadgo‘y Oqqiz Zulxumorning Ravshan bilan yashayotganini onasiga ay- tib beradi. Onasi bu gapni Qoraxonga yetkazadi. Ravshan- ni bandi qiladilar. Podsho uni osishga buyuradi. Shunda Shirvon kattalari: «Yigitni o‘ldirishga shoshmaslik kerak, yosh, aqlli va botir yigit ekan, uni qirq kun zindonga tash- lasak, so‘ng chiqarib dinimizga kirishini so‘rasak, ko‘nsa, sizga kuyov qilsak, ko‘nmasa, osaverasiz», – deb maslahat berishadi. Bu gap podshoga ma’qul kelib, Ravshan zindon- ga tashlanadi. Zulxumor kanizlari bilan bir hovliga qama- Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling