Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


 «Ravshan» dostonidagi badiiy tasvir vositalari haqidagi  mulohazalaringizni aytib bering. 2


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/122
Sana11.08.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1666322
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   122
Bog'liq
Adabiyot 7-sinf

1. «Ravshan» dostonidagi badiiy tasvir vositalari haqidagi 
mulohazalaringizni aytib bering.
2. Dostonda qo‘llanilgan she’riy vaznlar rang-barangligi sa-
babini misollar asosida tushuntiring. 
BADIIY OBRAZ VA MUBOLAG‘ALI TASVIR
Badiiy adabiyot hayotni, undagi insonlarning ruhiy ho-
lati, o‘y-fi krlarini aks ettiradi. Hayot insonlarning tirik-
chiligi, mehnat faoliyati, kurashi, kechinmalaridan iborat. 
Adabiyotning tasvir mavzusi, avvalambor, insondir. In-
son tasviri ko‘zda tutilmagan joyda badiiy adabiyot ham 
bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra adabiyotshunoslik ilmida marka-
ziy o‘rinni egallovchi tushuncha ham obraz, qahramon 
yoki personaj tushunchasidir. 
Savol va topshiriqlar:


166
Obraz – timsol tushunchasining keng va tor ma’nolari 
mavjud. Keng ma’nodagi timsol tushunchasi ijodkorning 
fi kr-tuyg‘ulari singdirilgan hayot manzarasini anglatsa, tor 
ma’noda badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini ifoda-
laydi. 
Yozuvchi hayotni badiiy timsollar orqali tasvirlaydi. 
Shu ning uchun ham biror badiiy asar o‘qiganimizda unda 
aks ettiri lgan voqelik ongimizda shu asarda tasvirlangan 
kishilar ning obrazlari orqali muhrlanib qoladi. Mana, siz 
«Ravshan» dostonini o‘qib chiqdingiz. Buning natijasi 
o‘laroq, Ravshan, Zulxumor, Hasanxon, Aynoq, Jaynoq, 
Ersak, Tersaklarning mahorat bilan chizilgan timsollari,
xotirangizda mahkam o‘rnashib qoladi.
Badiiy adabiyotda inson timsoli u yashayotgan jamiyat va 
undagi jarayonlar uni o‘rab olgan tabiat, ijtimoiy muhit, nar-
sa-hodisalar bilan birgalikda, chambarchas aloqada tasvirla-
nadi. Chunki inson hamisha shular qurshovida bo‘ladi. Biroq 
bular inson timsolining yo o‘ziga хosligini ko‘rsatishga, yoki 
uning boshqalarga o‘хshash tomonlari borligini ta’kidlashga, 
хizmat qiladi. Demak, ular yordamchi vositalardir. Inson 
yolg‘iz o‘zi mavjud bo‘la olmaydi. Odam odamday yashashi 
va o‘z insonligini namoyon etishi uchun juda ko‘p narsa-
lar kerak. Badiiy ada biyotda inson bilan bir qatorda, narsa-
hodisalar tasviri ham zarurdir.
Insonni tasvirlash, avvalo, uning ichki dunyosini, ke-
chinmalarini tasvirlash demakdir. Odam odamlar orasida, 
ya’ni jamiyatda yasha ydi. Insonning kechinmalari jami-
yatga oid turli-tuman masalalar bilan chambarchas aloqa-
dor bo‘ladi. Shunday ekan, badiiy adabiyot inson kechin-
malarini barcha murakkabliklari bilan aks ettirishi kerak. 
Bu esa ijodkordan yuksak iste’dod va badiiy mahorat talab 
qiladi. U hayot va odamlarni yaxshi bilishi, insonning ho-
latini, haqqoniy aks ettirishi kerak. Shundagina badiiy asar 
odamlar qalbiga kuchli ta’sir etib, zavq-shavq uyg‘otishi, 
kishilarni ezgulikka muhabbat ruhida tarbiyalashi mumkin.


167
Demak, badiiy adabiyotda insonning alohida shaxs 
qiyofasida yaratilgan, ayni paytda badiiy umumlashma 
xususiya ti va hissiy ta’sir kuchiga ega bo‘lgan surati ba-

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling