173
«SAB’AI SAYYOR» DOSTONI
Beshinchi iqlim yo‘lidan kelgan musofi rning
dostonorolig‘i
1
Aziz o‘quvchi! Endi e’tiboringizga «Хamsa» ning to‘r-
tinchi dostoni bo‘lmish «Sab’ai sayyor» dan olingan par-
cha
ni havola qilamiz. Agar «Hayrat ul-abror» da yaхlit
bir voqea hikoya qilinmay, u fi kr-mulohaza, mushohada va
tahlillardan iborat maqolatlardan, kichik hajmli hikoyat-
lardan tuzilgan bo‘lsa, bu doston keng qamrovli voqealarni
o‘z ichiga olgan murakkab sujetli yirik epik asardir. Bun-
day asarlarda tasvirlar o‘zgarishi, voqealar almashinu-
vi o‘ziga хos tarzda bo‘ladi. Ya’ni voqealar bir makon-
dan boshqasiga o‘tganda, lavhalarning biri ikkinchisiga
ko‘chganda zamonaviy epik asarlarda bo‘lganidek bob-
lar, bo‘limlar yoki sarlavhalar bilan ajratilmaydi. Shuning
uchun mutolaa davomida Sizdan diqqat va sinchkovlik ta-
lab qilinadi. Garchi dostonning o‘zida bo‘lmasa-da, Sizga
tushu nishni yengillatish uchun voqealar almashinuviga qa-
rab, biz ushbu parchani shartli ravishda olti qismga ajratib
taqdim etdik. Avvalgi uch qismda har bir bayt ning satrma-
satr ma’nosini bermoqdamiz. Bundan maqsad: Sizda ol-
dingi mashg‘ulotlar orqali baytlarni tushunish va tah
lil
qilish ko‘nikmasini shakllantirish. Siz avval baytni diqqat
bilan o‘qing, keyin uni satrlar ostida bugungi tilda beril-
gan mazmuni bilan misrama-misra solishtiring. E’tibor be-
ring: tushunilishi qiyin so‘zlar ma’nosi chiziq (defi s) yoki
«ya’ni» so‘zidan keyin kiritildi. Agar bunday so‘zlar bir
necha marta takrorlansa, ma’nosi izohlanmay o‘z holicha
qoldirildi. Qavs ichida esa misralarda bevosita bo‘lmasa-
da, bayt mazmunidan kelib chiqib qo‘yib olinishi kerak
bo‘lgan so‘zlar kiritildi. Agar shu uch qism orqali bayt
mazmunini chiqarishni puхta o‘zlashtirib olsangiz, keltiril-
gan parchaning qolgan qismini o‘zingiz mustaqil tushunib,
tahlil qila olasiz.
1
Dоstоnоrоlig‘ – dоstоnchilik, dоstоn aytuvchilik.