Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/122
Sana11.08.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1666322
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   122
Bog'liq
Adabiyot 7-sinf

diiy obraz deyiladi. Obrazlar bosh va epizodik singari tur-
larga bo‘linadi. Asarning boshidan oxirigacha qatnashib, 
tasvirda muhim o‘rin tutuvchi ishtirokchi bosh qahramon 
de yilsa, asarning bir-ikki o‘rnidagina qatnashib, keyin tu-
shib qoladigan ishtirokchilar epizodik qahramonlar deyila-
di. «Ravshan» dostonidagi Ravshan, Zulxumor, Hasanxon-
lar bosh timsollar bo‘lsa, shirvonlik kampir ena, aka-uka 
kallar, Oqqiz epizodik ob razlardir. 
Badiiy asarlarning ta’sir darajasini oshirish uchun 
unda tasvir etilgan odam, narsa yoki hodisaga xos sifat-
xususiyatlarning orttirib ko‘rsatilishi mubolag‘a deyiladi. 
Mubolag‘a obrazni bo‘rttirish orqali uning ta’sir kuchi-
ni oshirishga qaratilgan bo‘ladi. «Ravshan» dostonida 
Hasanxonning g‘azabi, Jay noqning jismoniy qudrati juda 
oshirib tasvirlangan o‘rinlar ko‘p uchraydi. Mubolag‘a xalq 
dostonlarida juda ko‘p qo‘llaniladigan tasvir vositasidir.
Mumtoz adabiyotda behad orttirilgan mubolag‘a bulug‘ 
yoki ifrot ham deyiladi. Aqlga sig‘maydigan darajadagi 
mubolag‘a esa g‘ulu bo‘ladi.


168
utun umrini turkiy til mavqeyini ko‘tarish, tur-
kiy adabiyot imkoniyatlarini dunyoga tan oldi-
rish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkam-
lash, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini 
qaror toptirishga bag‘ishlagan bobokalonimiz 
hayoti haqi dagi ma’lumotlarning deyarli bar-
chasi saqlanib qolgan. Хalq ichida bu zotning hayoti va 
faoliyati bilan bog‘liq rivoyat va afsonalar ham talaygina. 
Chunki bunday zotlarning yashash tarzi, qilmishlari ibrat
aytmish so‘zlari haqiqatdir. 
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Хuroson o‘lkasining 
poytaхti Hirotda tug‘ildi. Alisher bolalikdan ma’rifatli 
oila muhitida tarbiya topdi. Navoiyning otasi G‘iyosiddin 
Muhammad (uni «G‘iyosiddin kichkina» ham der edi-
lar) temuriy larga yaqin amaldorlardan bo‘lib, o‘z davri-
ning obro‘li va ma’rifatli kishilaridan sanalgan. Adabiyot-
shunos Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, u o‘g‘li 
Alisher ning tarbiyasiga e’tibor bergan va kelajakda fazilatli 
odam bo‘lib yetishmog‘i uchun astoydil harakat qilgan. 
Onasi Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning 
qizi bo‘lgan. Bo‘lajak shoirning tog‘alari Mir Said (Mir-

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling