Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/122
Sana11.08.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1666322
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   122
Bog'liq
Adabiyot 7-sinf

Savol va topshiriqlar:


54
ti, ya’ni qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziqligi ham muhim 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Hozirgi o‘zbek she’riyatiga xos 
vaznlardan yana biri erki n she’r tizimi deb ataladi. Er-
kin vaznda bir o‘lchamdan boshqasiga erkin o‘tib keti-
laveradi. Unda na bo‘g‘inlar va na turoqlar sonining bir 
xilligiga rioya qilinadi.
Barmoq she’r tizimida ikki xil vazn bor: sodda vazn, 
qo‘shma vazn. Agar she’rning boshidan oxirigacha mis-
ralardagi bo‘g‘inlar miqdori bir xil bo‘lsa, sodda vazn de-
yiladi. Masalan:
Qani, ayt, maqsading nimadir sening? 
– 11 bo‘g‘in
Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang? 
– 11 bo‘g‘in
Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim, 
– 11 bo‘g‘in
Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am? – 11 bo‘g‘in
Misralardagi bo‘g‘inlar miqdori ikki xil ko‘rinishda 
bo‘lsa, qo‘shma vazn deb ataladi. Qo‘shma vaznda 
bo‘g‘inlar miqdori bir xil bo‘lmagan misralarning muay-
yan tartibi she’r oxirigacha qat’iy saqlanadi. Masalan, Mir-
temirning
Alisherga alla aytib uxlatgan 
– 11 bo‘g‘in
Sen – ona. 
– 3 bo‘g‘in
Og‘ushida Bobur kamolga yetgan 
– 11 bo‘g‘in
Sen – ona, 
– 3 bo‘g‘in
misralari bilan boshlanuvchi she’rida barcha toq misra-
lardagi bo‘g‘inlar miqdori bir xil va barcha juft misra-
lardagi bo‘g‘inlar miqdori boshqacha xil ko‘rinishga ega. 
E.Vohidovning «Majnuntol» she’rini ham qo‘shma vaznga 
misol qilish mumkin: 
Qubbon
1
sohilida qomating bukib, 
– 11 bo‘g‘in
Oltin barglaringni ko‘l uzra to‘kib, 
– 11 bo‘g‘in
1
 Qubbon – ko‘l nomi.


55
Nimalar haqida surasan xayol, 
– 11 bo‘g‘in
So‘yla, majnuntol? 
– 5 bo‘g‘in
Barmoq she’r tizimida misralardagi bo‘g‘inlarning 
muayyan guruhlarga bo‘linishi turoq deb ataladi. Bo‘g‘in-
larning qanday ko‘rinishda turoqlarga bo‘linishi esa 
she’rning o‘ziga xos ohangini keltirib chiqaradi.
Solishtiring:

5
Garchi shuncha/ mag‘rur tursa ham 
4+5=9
Piyolaga/ egilar choynak. 
4+5=9
Shunday ekan/ manmanlik nechun, 
4+5=9
Kibr-u havo/ nimaga kerak? 
4+5=9
yoki
6

Tuproq ko‘chalardan/ chopgan bolalik 
6+5=11
Yillar changi ichra/ asta yo‘qoldi. 
6+5=11
Bolalik ketdi-yu/ sho‘x suhbatlarda 
6+5=11
Uni kula-kula/ eslamoq qoldi. 
6+5=11
She’r vaznlari haqida tushunchaga ega bo‘lish she’r 
o‘qish va uni tushunishga yordam beradi.


56
oir va yozuvchi Mirmuhsin Mirsaidov 1921-yil-
ning 3-mayida Toshkent shahrining Qo‘rg‘on-
tegi mahallasida kulol oilasida tug‘il di. O‘rta 
maktabni bitirgach, Toshkent davlat pedago-
gika institutiga kirib, uni 1942-yilda tugatdi. 
Bo‘lajak yozuvchi 1944–1946-yillarda Res pub-
lika radio qo‘mitasida muharrir, 1947–1961-yillar orali -
g‘i da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi, 1950- yil -
dan 1960-yilgacha «Sharq yulduzi» jurnali bosh muha rriri, 
1961–1963-yillarda «Qizil O‘zbekiston» gazetasida bo‘lim 
mudiri, 1963–1971-yillarda «Mushtum» jurnali bosh mu-
harriri, 1972-yildan 1981-yilga qadar yana «Sharq yulduzi» 
jurnali bosh muharriri, 1982–1994-yillarda «Guliston» jur-
nali bosh muharriri vazifalarida ishlagan.
Badiiy ijodni shoir sifatida boshlagan Mirmuhsin 1936-yil-
da «Sheralining mardligi» va «Ovchi bolalar» nomlari bilan 
she’r va hikoyalar to‘plamlarini chiqargan. 1938-yilda «Qa-
mar» nomli ilk dostoni bosilib chiqdi. 1948-yilda «Vafo»,
«Qadrdon do‘stlar», 1951-yilda «Farg‘ona», 1952-yilda 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling