Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot 7-sinf
Qiblanamo – kompas.
67 xavfl i ekanini bilardik. ...Siz, hali hech narsani ko‘rmagan g‘o‘r go‘daklar, chalg‘ib ajdar komiga lahm etdek kirib ketdingiz! Polapon vaqtingizdayoq yorug‘ dunyodan ket- dingiz! Ana shunga kuyaman! Ba’zan shunday uzundan uzun o‘ylar Me’morni qur- shab olsa, u bir muddat nasha elitgan odamday bir nuqta- ga tikil ganicha xayol surib qolardi. Bunday chog‘larda yonida o‘tirgan xotini-yu qizini ham ko‘rmasdi, u tamo- man uzoq-uzoqlar da yurardi. Otasining bunday tushkun paytlarida Badia unga xalal bermas, otajon, hadeb bun- day uh tortaverish kishini ichdan yemiradi, deya olmasdi. ...Uch arava yonidagi otlar bilan Jayhunning chap yonida qumliklar ichida borardi. Karkidan chiqqandan so‘ng oqshomga qolmay yetib borishlari mumkin bo‘lgan Xalach negadir juda olis bo‘lib ketdi. Olisdagi sarg‘ish chang va girdibodlar karvonga yaqinlashib kela boshla- di... Ko‘p o‘tmay, arava g‘ildiraklari tagidagi qumni uchi- rayotgan shamol endi g‘uvullab bo‘ronga aylanib, arava- larni sariq chang o‘ray boshladi. Otlar ham pishqirib, be- toqat bo‘lar, tuyoqlari qumga botib ketardi. Arava soya- bonlariga shitirlab urilayotgan qum ichkaridan yomg‘irni eslatardi; qani endi qum bo‘roni emas, shovullab yomg‘ir yog‘sa, deb o‘ylardi Badia. Horunbek otning jilovini tortib aravani to‘xtatdi, sal ishoraga mahtal bo‘lib turgan ot jonivorlar ham dar- hol joyida to‘xtadi. Oldingi ot qattiq pishqirdi. Boshqa aravalar ham odatdagidek oldingi aravaga yaqin kelib to‘xtashdi. Yigitlar aravalardan tappa-tappa sakrab tu- shishdi. Ular g‘uvullab uchayotgan bo‘ron ichida bir-bir- larini arang ko‘rishardi. Avvaliga, cholga bir nima bo‘ldi, deb xayol qilgan Zulfi qor bilan Zavrak yugurib kelib us- todga qarashdi, yo‘q, ustod ham, Badia ham, Ma’suma beka ham yaxshi o‘tirishardi. Shogirdlarining bezovta bo‘lganini sezgan Me’mor... yo‘lning eng mashaqqat- 68 li joyi shu, daryodan o‘tgandan keyin, undan u yog‘i – Movarounnahr, «dunyodagi eng go‘zal mamlakat» ekanini aytib, ularga taskin berdi. Shogirdlar cholning dalda be- rayotganini sezib, ichdan kulib qo‘yishar, chalg‘itayotgan bo‘lsa ham ustozning o‘zi bardam ekanidan mamnun edi- lar. G‘avvos Muhammad ham ulardan bir qadamcha narida ustodiga javdirab qarab turardi. – Nima qilaylik? Shu yerda to‘xtaymizmi yoki yuravera- mizmi? – Me’mor yo‘ldoshlariga murojaat etdi. – Yurib bo‘lmaydi! – dedi bir damlik sukutni buzib Horunb ek. – Daryoga yaqinroq boramizmi? – so‘radi Badia qum kirgan ko‘zlarini uqalab. – Bu juda xavfl i, – dedi Horunbek. − Bo‘lmasa joyimizda turaveraylik, – dedi Me’mor. – Otlarni chiqarib, arava g‘ildiraklariga mahkam bog‘- lash kerak. Bo‘ronning tezda o‘tib ketishiga ko‘zim yet- maydi, – dedi Horunbek, – uch-to‘rt kunlab bo‘lganini ham bilaman! Ishqilib, tez o‘tib ketsin. – Horunbek, girdibodlar uzoqda edi, mana bu tomonga yaqinlashyapti, – dedi Me’mor. – Bu yerdan ham tez o‘tib ketadi. Qo‘rqmaslik kerak. Lekin otlarning xashaklarini arava tagiga olib kirish lozim! Bo‘ron uchirib ketishi tur- gan gap. – Oxirgi aravadagi namatlarni olib, g‘ildiraklarga yo- ping lar, – dedi Horunbek, – hammamiz aravalarning ta- giga kirishimiz kerak! G‘uvullab uchayotgan bo‘ron ichida yigitlar naridan beri xashag-u bedalarni arava tagiga olib kirib, g‘ildiraklarga namat yopishdi. Badia bilan Ma’suma beka arava tagiga kirib yashirinishdi. Bir muddatdan keyin Me’mor ham arava tagiga kirdi. Bo‘ron g‘uvullab esar, namat-u chodirlarni pirpirak qilib uchirib ketmoqchi bo‘lar, aravalarni silkitar, g‘ildiraklarga bog‘log‘lik otlar oyoqlarini kerib, qimir etmay turishardi. 69 Xalach bo‘roni!.. Xurosondan Samarqand-u Buxoroga qatnaydiganlar- ga bu yerning fe’li juda ma’lum, ammo eng yaqin yo‘l shu bo‘l ganligi tufayli yo Karki, yo Xalachga bormaslik va Jayhun dan o‘tmaslikning iloji yo‘q. Aravalar tagiga kirib, qum bo‘ronidan jon saqlagan Me’mor va Horun- beklar xayolida uch-to‘rtga bo‘linib, limillab oqayotgan daryoning narigi tomonidagi Xo‘jaabbos shaharchasi va undan Tollimarjonga chiqib olish tashvishi turardi. Lekin kutilmaganda boshlanib qolgan Xalach bo‘roni ularni daryo bo‘yiga ham yetkazmay, qum ostida taqqa to‘xtatdi. Me’mor g‘ildirakka yopil gan namat orasidan uzoq-uzoqlarga boqardi; hamma yoq sariq chang, ammo g‘arb tomonda falakka ustun bo‘lib turgan girdibod- lar ancha yaqin kelib qolgan edi. Uning ko‘zlariga bu «ustun»lar orasidan moviy gumbazlar ko‘rinib ketganday bo‘ldi. Falakka bo‘y cho‘zgan allaqanday buyuk qasr ro‘parada namoyon bo‘lib, Me’morning xayolini olib qochdi. U xayol ichida aravalarni, namatlarni tortqilab, g‘uvullayotgan Xalach bo‘ronini sezmas, uning ko‘z oldi- da girvat-u 1 bo‘ron kashf etgan mislsiz bir qasr turardi. Bu qasr o‘zining ulkan ravoq-u «guldasta»lari, gumbaz-u darvozalari bilan Oqsaroydan ham, Bog‘i Jahonoro qas- ridan ham buyuk edi. Badia chidab turolmay, otasini turtdi: – Suv beraymi, ota? – Chol o‘ziga keldi. – Yo‘q, suv ichmayman! – dedi Me’mor, – buni qara, qizim, meni xayol olibdi; mana shu tomonda bir kat ta qasr solingan emish... Me’mor so‘zini davom ettirdi: – Qum tepaliklarini ham tamoman unutibman. Mana shu tomonda juda katta qasr turibdi. Xudoyi taolo me- ning dilimga yana bir katta qasr bino etishni solyapti. Men bu qasrni aniq ko‘rdim. Ha, bu tush emas, shundoq 1 Girvat – quyun, o‘rama. 70 kuppa-kunduzi, uyg‘oq turganimda ko‘rdim. Bo‘lmasa, kelib-kelib shu sahroda qasr ko‘ramanmi! Yo tavba! Badia ham, Ma’suma beka ham, Horunbek ham yarim qorong‘i arava tagida Me’morga jim qarashdi. – Badia qizim, shogirdlarimdan birini chaqirib berol- maysanmi? Daftarini, toshqalam bilan jozvarini 1 ham ola kelsin. – Men chaqiraman, – dedi darhol o‘rnidan qo‘zg‘alib Horunbek. – Sizga nima bo‘ldi, otasi, – dedi Ma’suma beka, – shundoq paytda daftar-qalam nimasi?! – Xudo dilimga soldi, o‘sha buyuk qasrni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, onasi, bir amallab chizib olamiz. Yodingda bo‘lsa kerak, «Mirzo» madrasasi ham shundoq bo‘lgan edi. Yoddan ko‘tarilmasligi uchun ba’zi yerlarini qayd qilib qo‘yamiz. Bo‘ron tinimsiz guvullab turganida yonginadagi arava tagidan chiqib, otlarning tagidan o‘tib, Zulfi qor bilan Zav - rak emaklab kirib kelishdi. Ularning orqasidan G‘avvos Muhammad ham kirmoqchi edi, ichkariga sig‘madi. Horunbek bilan G‘avvos aravaning sirtida cho‘kka tu- shib o‘tirib, boshlarini ichkariga tiqishgan edi. Bu holat Badiada kulgi qo‘zg‘adi: u onasi pinjiga suqilib Zul- fi qordan nigoh uzmay, tikilardi. Zulfi qor ustodga yaqin o‘tirib, qo‘ynidan keng va qalingina daftarini olib, tiz- zasiga qo‘ydi. Toshqalamni Me’morga uzatdi. Zavrak Me’morning daftar sahifalariga tortayotgan chiziqlaridan, handasaviy 2 o‘lchovlaridan ko‘z uzmasdi. – Sizlarni bezovta qildim-a? – Bemalol, ustod. – Xudo dilimga shu’la soldi, buni qaranglar, bir yax- 1 Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling