Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot 7-sinf
O‘lmas
Umarbekov (1934 –1994) aniqli o‘zbek yozuvchisi O‘lmas Umarbekov 1934-yilning 25-yanvarida Toshkent shah- rida tug‘ilgan. Millatimiz hayotida chuqur iz qoldirgan jadid Abdulla Avloniy asos solgan 40-maktabda o‘qigan. Maktabni oltin medal bi- lan bitirgan O‘lmas o‘sha vaqtdagi O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) ning fi lologiya fakultetiga o‘qishga kirgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1992), XX asr o‘zbek ada biyoti taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shgan adib O‘lmas Umarbekov serqirra iste’dod sohibi edi. Talaba- lik yillarida yoq xabar, maqola, lavha va ocherklar yoz- gan bo‘lajak adib nafaqat badiiy asarlari, balki ijtimoiy- siyosiy faoliyati bilan ham xalqimiz hayotida muhim iz qoldirgan. Oliy o‘quv yurtini tugatmay turib, 1956-yil- da Respublika radiosida muharrir sifatida ish boshlagan O‘. Umarbe kov 1971-yilgacha bosh muharrir lavozimiga- cha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. 1971–1974-yillarda O‘z- be kiston kompartiyasi Markaziy qo‘mitasida sektor mu- 81 diri, 1974–1981-yillarda «O‘z bekfi lm» kinostudiyasi di- rek tori, 1982–1986-yillarda Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, 1987–1989-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyush masi raisi, 1989–1991-yillarda Respublika Bosh va- ziri ning o‘rinbosari kabi o‘ta mas’ul lavo zimlarda mehnat qildi. Taniqli yozuvchi, davlat va jamoat arbobi O‘lmas Umar bekov uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng 1994-yilning 10-noyabrida vafot etdi. O‘lmas Umarbekov badiiy ijodni hikoyachilikdan boshla gan. Yosh yozuvchining «Xatingni kutaman» (1956) nomli birinchi asariyoq «Yilning eng yaxshi hikoyasi» deb tan olinib, maxsus mukofot bilan siylandi. «Hikoya- lar» (1959), «Qishlog‘imiz kishilari» (1960), «Yulduzlar» (1962), «Charos» (1962), «Bolgar qo‘shiqlari» (1966), «Ko‘prik» (1968), «Oltin yaproqlar» (1970), «Qiyomat qarz» (1976), «Yer yonganda» (1993) singari o‘ndan ortiq to‘plamda uning yuz lab hikoyalari bosildi. O‘. Umarbekov insonni anglashga, uning ruhiy dunyosi- ga kirishga va odamning o‘y-tuyg‘ularini ichdan turib tas- virlashga intilgani bois uning hikoyalarida samimiyat kuch- li. U odam, uning o‘ylari, kechinmalari, orzu va armonlari ha qida qalam suradi. O‘lmas Umarbekov hikoyalarining qahramonlari − oddiy odamlar. Hikoyalarda yozuvchi ning sinchkov nigohi, tasvirlana yotgan narsa-yu hodisalarni miridan sirigacha bilishi, kerakli bayon maromi va ifoda ohangini yanglishmay topa olishi sezilib turadi. O‘lmas Umarbekov mohir qissanavis sifatida ham e’tibor qozongan. Adibning: «Sevgim, sevgilim» (1963), «Kimning tashvishi yo‘q» (1965), «Urush farzandi» (1972), «Damir Usmonovning ikki bahori» (1978), «Cho‘li Iroq» (1971), «Yoz yomg‘iri» (1973), «Oq qaldirg‘och» (1974) kabi qissalari milliy nasr rivojida salmoqli o‘rin tut- gan asarlardir. 82 Adibning «Sevgim, sevgilim» qissasi ko‘p bahslarga sabab bo‘lgan. Adolatsiz tuzum mamlakatning eng chek- kasida yashayotgan siyosatdan yiroq oddiy kishilar taqdiri- da ham fojiali iz qoldirishi mumkinligi asarda ta’sirli aks ettiriladi. Siyosiy vaziyat qanday bo‘lsa-da, odam inson- larga bo‘lgan ishon chini yo‘qotmasligi lozimligi, olomon- ning qutqusiga uchgan, odamga emas, to‘daga xos tarzda o‘ylay boshlagan kishi o‘ziga ham, o‘zgalarga ham falokat- lar yog‘dirishi qissada ta’sirchan aks ettirilgan. Shu asar- dan boshlab milliy adabiyo timizga fojia tasviri qayta kirib keldi. O‘lmas Umarbekov qissa janrining yangi qirralarini kashf etdi. Jumladan, o‘sha paytga qadar o‘zbek adabiyo- tida deyarli qo‘l urilmagan detektiv yo‘nalishidagi «Yoz yomg‘iri» qissasi sujet to‘qimasining murakkabligi, vo- qealar ta’sirining favqulodda keskinligi, ifoda maromi- ning shiddatkorligi bilan e’tiborni tortadi. Yoshgina go‘zal ayolning sirli o‘limi sabab larini ochish, fojia manbalarini o‘rganish, qotillarni aniq lash barobarida asar qahramonlari- ning ma’naviy qiyofa lari oydinlasha boradi. Adibning «Urush farzandi» qissasi ham voqealar rivoji- ning sirliligi, personajlar xatti-harakatlarining kutilmaganli- gi, ayni vaqtda, chuqur hayotiy asoslarga egaligi, tasvirning samimiyligi bilan e’tibor tortadi. O‘lmas Umarbekov «Odam bo‘lish qiyin» hamda «Foti- ma va Zuhra» nomli ikki roman ham yaratgan. «Odam bo‘lish qiyin» romanida Gulchehra va Abdulla singari yosh - larning tuyg‘ulari dastlab g‘uborsizligi bilan kishini rom etadi. Ammo hayot shu qadar murakkabki, bir qarashda g‘uborsizday tuyulgan tuyg‘ularni namoyon etgan odam- lar tabiati zamirida no poklik dog‘lari yashiringan bo‘ladi. Tajri basiz va g‘o‘r ikki yoshning pokiza tuyg‘ulari hayot tash vishlariga qorishib qahramonlarni tanazzulga tortib, se- vishgan qalblarni fojia sari yetaklaydi. Manfaatni insoniy- 83 likdan yuqori qo‘yish odamni ma’naviy qabohat sari yetak- lashi fojiaviy timsollar misolida yorqin ko‘rsatib beriladi. Adibning ikkinchi romani «Fotima va Zuhra»da mil- liy ma’naviyatimizdagi bir kemtiklik sarguzasht yo‘sinida aks ettiril adi. Asarda obro‘-e’tiborli, halol o‘qituvchi Abdul- lajonning oilasi taqdiri misolida ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi omonsiz kurash ko‘rsatib beriladi. Erka o‘g‘il Hamidulla ning jino yatchilar to‘dasiga qo‘shilib qolishi, ko‘knori iste’mol qilishi, qimor o‘yini oqibatida singlisi Fotimani boy berishi ketma-ket fojialarga yo‘l ochadi. «Sud» (1970), «Komissiya» (1971), «Qiyomat qarz» (1974), «Shoshma, quyosh» (1978), «Kuzning birin- chi kuni» (1979), «Arizasiga ko‘ra» (1981), «Oqar suv» (1982), «Kurort» (1984), «Yer yonganda» (1993) singari asarlari adib O‘lmas Umarbekov ijodining yana bir qirra- sini namoyon etadi. Shuningdek, O‘. Umarbekov «Sevgi afso nasi» (1972), «Changalzor qonuni» (1973), «Ikki sol- dat haqida qissa» (1973), «Yigit va qiz» (1974), «Yuksak qorliklardagi uchrashuv» (1975), «O‘zgalar uchun» (1977) va boshqa bir qator kinosenariylari bilan milliy kinomato- grafi ya taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan ijodkor hamdir. Adib kinofi lmlari hamda «Komissiya», «Qiyomat qarz», «Kuzning birinchi kuni», «Arizasiga ko‘ra» kabi sahna asarlari tomoshabinlar e’tiborini qozondi va bir qator chet tillarga tarjima qilinib, jahonga yuz tutdi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling