Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov
«Ravshan» dostonidagi badiiy tasvir vositalari haqidagi mulohazalaringizni aytib bering. 2
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot 7-sinf
1. «Ravshan» dostonidagi badiiy tasvir vositalari haqidagi
mulohazalaringizni aytib bering. 2. Dostonda qo‘llanilgan she’riy vaznlar rang-barangligi sa- babini misollar asosida tushuntiring. BADIIY OBRAZ VA MUBOLAG‘ALI TASVIR Badiiy adabiyot hayotni, undagi insonlarning ruhiy ho- lati, o‘y-fi krlarini aks ettiradi. Hayot insonlarning tirik- chiligi, mehnat faoliyati, kurashi, kechinmalaridan iborat. Adabiyotning tasvir mavzusi, avvalambor, insondir. In- son tasviri ko‘zda tutilmagan joyda badiiy adabiyot ham bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra adabiyotshunoslik ilmida marka- ziy o‘rinni egallovchi tushuncha ham obraz, qahramon yoki personaj tushunchasidir. Savol va topshiriqlar: 166 Obraz – timsol tushunchasining keng va tor ma’nolari mavjud. Keng ma’nodagi timsol tushunchasi ijodkorning fi kr-tuyg‘ulari singdirilgan hayot manzarasini anglatsa, tor ma’noda badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini ifoda- laydi. Yozuvchi hayotni badiiy timsollar orqali tasvirlaydi. Shu ning uchun ham biror badiiy asar o‘qiganimizda unda aks ettiri lgan voqelik ongimizda shu asarda tasvirlangan kishilar ning obrazlari orqali muhrlanib qoladi. Mana, siz «Ravshan» dostonini o‘qib chiqdingiz. Buning natijasi o‘laroq, Ravshan, Zulxumor, Hasanxon, Aynoq, Jaynoq, Ersak, Tersaklarning mahorat bilan chizilgan timsollari, xotirangizda mahkam o‘rnashib qoladi. Badiiy adabiyotda inson timsoli u yashayotgan jamiyat va undagi jarayonlar uni o‘rab olgan tabiat, ijtimoiy muhit, nar- sa-hodisalar bilan birgalikda, chambarchas aloqada tasvirla- nadi. Chunki inson hamisha shular qurshovida bo‘ladi. Biroq bular inson timsolining yo o‘ziga хosligini ko‘rsatishga, yoki uning boshqalarga o‘хshash tomonlari borligini ta’kidlashga, хizmat qiladi. Demak, ular yordamchi vositalardir. Inson yolg‘iz o‘zi mavjud bo‘la olmaydi. Odam odamday yashashi va o‘z insonligini namoyon etishi uchun juda ko‘p narsa- lar kerak. Badiiy ada biyotda inson bilan bir qatorda, narsa- hodisalar tasviri ham zarurdir. Insonni tasvirlash, avvalo, uning ichki dunyosini, ke- chinmalarini tasvirlash demakdir. Odam odamlar orasida, ya’ni jamiyatda yasha ydi. Insonning kechinmalari jami- yatga oid turli-tuman masalalar bilan chambarchas aloqa- dor bo‘ladi. Shunday ekan, badiiy adabiyot inson kechin- malarini barcha murakkabliklari bilan aks ettirishi kerak. Bu esa ijodkordan yuksak iste’dod va badiiy mahorat talab qiladi. U hayot va odamlarni yaxshi bilishi, insonning ho- latini, haqqoniy aks ettirishi kerak. Shundagina badiiy asar odamlar qalbiga kuchli ta’sir etib, zavq-shavq uyg‘otishi, kishilarni ezgulikka muhabbat ruhida tarbiyalashi mumkin. 167 Demak, badiiy adabiyotda insonning alohida shaxs qiyofasida yaratilgan, ayni paytda badiiy umumlashma xususiya ti va hissiy ta’sir kuchiga ega bo‘lgan surati ba- Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling