Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot 7-sinf
diiy obraz deyiladi. Obrazlar bosh va epizodik singari tur-
larga bo‘linadi. Asarning boshidan oxirigacha qatnashib, tasvirda muhim o‘rin tutuvchi ishtirokchi bosh qahramon de yilsa, asarning bir-ikki o‘rnidagina qatnashib, keyin tu- shib qoladigan ishtirokchilar epizodik qahramonlar deyila- di. «Ravshan» dostonidagi Ravshan, Zulxumor, Hasanxon- lar bosh timsollar bo‘lsa, shirvonlik kampir ena, aka-uka kallar, Oqqiz epizodik ob razlardir. Badiiy asarlarning ta’sir darajasini oshirish uchun unda tasvir etilgan odam, narsa yoki hodisaga xos sifat- xususiyatlarning orttirib ko‘rsatilishi mubolag‘a deyiladi. Mubolag‘a obrazni bo‘rttirish orqali uning ta’sir kuchi- ni oshirishga qaratilgan bo‘ladi. «Ravshan» dostonida Hasanxonning g‘azabi, Jay noqning jismoniy qudrati juda oshirib tasvirlangan o‘rinlar ko‘p uchraydi. Mubolag‘a xalq dostonlarida juda ko‘p qo‘llaniladigan tasvir vositasidir. Mumtoz adabiyotda behad orttirilgan mubolag‘a bulug‘ yoki ifrot ham deyiladi. Aqlga sig‘maydigan darajadagi mubolag‘a esa g‘ulu bo‘ladi. 168 utun umrini turkiy til mavqeyini ko‘tarish, tur- kiy adabiyot imkoniyatlarini dunyoga tan oldi- rish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkam- lash, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini qaror toptirishga bag‘ishlagan bobokalonimiz hayoti haqi dagi ma’lumotlarning deyarli bar- chasi saqlanib qolgan. Хalq ichida bu zotning hayoti va faoliyati bilan bog‘liq rivoyat va afsonalar ham talaygina. Chunki bunday zotlarning yashash tarzi, qilmishlari ibrat, aytmish so‘zlari haqiqatdir. Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Хuroson o‘lkasining poytaхti Hirotda tug‘ildi. Alisher bolalikdan ma’rifatli oila muhitida tarbiya topdi. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Muhammad (uni «G‘iyosiddin kichkina» ham der edi- lar) temuriy larga yaqin amaldorlardan bo‘lib, o‘z davri- ning obro‘li va ma’rifatli kishilaridan sanalgan. Adabiyot- shunos Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, u o‘g‘li Alisher ning tarbiyasiga e’tibor bergan va kelajakda fazilatli odam bo‘lib yetishmog‘i uchun astoydil harakat qilgan. Onasi Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi bo‘lgan. Bo‘lajak shoirning tog‘alari Mir Said (Mir- Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling