Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


 She’rning shu tarzda nomlanish sababini tushuntiring. 2


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/122
Sana11.08.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1666322
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   122
Bog'liq
Adabiyot 7-sinf

1. She’rning shu tarzda nomlanish sababini tushuntiring.
2. O‘lka tabiatining go‘zalligi va qismatining og‘irligi yor-
qin ifodalangan misralarni toping.
3. She’rning: «Nima uchun yig‘lar kabi ingraylar?» misra-
si dagi ohangdorlikka e’tibor bering va musiqiylikning sa-
babini anglatin g.
4. «Tabiatning o‘tini yo‘q o‘tida, Sharaq-sharaq qaynab 
chiq qan buloqlar» misralaridagi timsol va tashbihlarni 
sharhlang.
1
Qalin tоvshing – yo‘g‘оn, qat’iy tоvushing.
Savol va topshiriqlar:


308
5. «Shifo istab kelmasin der qo‘noqlar» misrasidagi «qo‘-
noqlar» so‘ziga yuklangan ayricha ma’noni izohlang.
6. She’rda «nega», «nima uchun» kabi so‘roqni ifodalov-
chi so‘zlarning qayta-qayta ishlatilish sabablarini tu-
shuntiring.
7. She’rning boshdan oyoq bir xil o‘lchovda yozilmagan-
ligi, she’riy ohangdagi tovlanishlar sababini nimada deb 
o‘ylaysiz?
8. «Qulog‘ingga o‘tganlardan ertak to‘qiy» misrasining 
maz munini va she’riy vazifasini tushuntiring. Shoir qan-
day ertak aytmoqchi deb o‘ylaysiz?
KO‘CHIM
Badiiy ijod talabiga ko‘ra ayrim so‘zlar tashiydigan 
ma’no boshqa so‘zlarga ko‘chirilishini anglamay turib, 
ko‘rkam asarlarni tushunish, undan ta’sirlanish, lazzatla-
nish va tahlil qilish mumkin emas. Ko‘chim eng ko‘p ishla-
tiladigan badiiy vositalardandir.
Nutqni ta’sirchan qilish maqsadida «oltin kuz», «o‘t-
yurak», «olovqalb», «toshbag‘ir» kabi iboralar ishlatiladi. 
Hol buki, kuzning oltin emasligi, yurakning alangalanmas-
ligi, jigarning toshdan bo‘lmasligi yaxshi ma’lum. Ammo 
yuqoridagi iboralar yordamida anglatilgan ma’no boshqa 
so‘zlar orqali ifodalansa, gap cho‘zilib ketadi va ta’sir chan-
ligi yo‘qoladi.
Cho‘lponning «Buzilgan o‘lkaga» she’rida «Tog‘ egasi: 
sor, burgutlar qayerda?» – degan misra bor. Undagi «sor, 
burgut» so‘zlari o‘z ma’nosida emasligi sezilib turibdi. 
Yoki «Binafsha» she’ridagi binafsha timsoli qanday ma’no 
tashiyotgani to‘g‘risida o‘ylab ko‘raylik. She’rda shoir-
ning ichki kechinmalari ko‘klam ko‘katiga qaratilganmi, 
xo‘rlangan qizgami yoki haqoratlangan yurtgami, ezilgan 
millatgami? Agar so‘z ma’nolarining ko‘chishini anglama-
sak, she’rning joziba kuchi yo‘qqa chiqaveradi. Chunki 
anglanmagan go‘zallik go‘zallik bo‘la olmaydi.


309
Yozuvchilar biror so‘zga xos ma’noni boshqasiga yuk-
lar, unga ko‘chirar ekanlar, хayollariga kelganday, tavak-
kaliga ish tutavermaydilar. Agar shunday qilinsa ijod-
korlarni tushunib bo‘lmay qolardi. Ma’no ko‘chirishda 
narsa-hodisalar o‘rtasida yo ichki, yo tashqi, yo mazmun 
o‘xshashligi, aloqadorligi bo‘lishi shartdir. Bu jihatdan 
ko‘chimlar o‘xshatishga yaqin turadi. Lekin asosiy farq 
shundaki, o‘xshatishda o‘xshagan buyum ham, o‘xshatilgan 
narsa ham ifodalangan bo‘ladi. Ko‘chimda esa ba’zan o‘x-
shagan narsa, ba’zan o‘xshatilgan narsa ifodalanib, ikkinchi 
qismdagi ma’no birinchisiga ko‘chirilgan bo‘ladi.
Ko‘chim qudratli ko‘rkam tasvir vositasi bo‘lib, u kitob-
xonning tasavvur olamini kengaytiradi, tasvirlanayotgan 
tuyg‘ularni bevosita his qilishga, asar qahramonlari hola-
tini tuyishga yordam beradi. Shunday qilib, ko‘chim so‘zni 
ko‘chma ma’noda qo‘llash yoki narsa-hodisaga xos sifat-
larni qaysidir jihati bilan shularga o‘xshaydigan boshqa 
narsa-hodisalarga ko‘chirish san’atidir.
Adabiyotshunoslik ilmida ko‘chimning majoz, istiora, 
ramz singari ko‘rinishlari bo‘ladi.
Majoz adabiy asarda o‘quvchiga noaniqroq bo‘lgan 
tushunchani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan narsalarga
xos belgilar bilan ifodalashdir. Gulxaniyning «Tuya bilan 
bo‘taloq», «Maymun bilan najjor», «Toshbaqa bilan cha-
yon» asarlarida insonlarga, ayrim ijtimoiy tabaqalarga xos 
xu susiyatlarning hayvon obrazlariga ko‘chirilishi majoz -
ning yorqin namunasidir.
Ramz ham ko‘chimning keng tarqalgan turlaridan biridir. 
O‘quvchi anglashi murakkabroq bo‘lgan mavhum axloqiy-
ma’naviy sifatning shu sifatlarga ko‘proq ega bo‘l gan nar-
sa va jonivorlar orqali ifodalanishiga ramz deyi ladi. Ramz 
adabiyotshunoslik fanida timsol yoki simvol atamalari bi-
lan ham yuritiladi. O‘zbek mumtoz adabiyotida may – hayot 
ramzi, gul – ma’shuqa ramzi, burgut – mag‘rurlik ramzi, 


310
chumoli – mehnatsevarlik, tirishqoqlik ramzi va h.k. tarzida 
qadimdan qo‘llanib kelinadi.
Ko‘chimning ko‘p ishlatiladigan ko‘rinishlaridan biri 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling