Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov
She’rning shu tarzda nomlanish sababini tushuntiring. 2
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot 7-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Tabiatning o‘tini yo‘q o‘tida, Sharaq-sharaq qaynab chiq qan buloqlar»
- «qo‘- noqlar»
- «Qulog‘ingga o‘tganlardan ertak to‘qiy»
1. She’rning shu tarzda nomlanish sababini tushuntiring.
2. O‘lka tabiatining go‘zalligi va qismatining og‘irligi yor- qin ifodalangan misralarni toping. 3. She’rning: «Nima uchun yig‘lar kabi ingraylar?» misra- si dagi ohangdorlikka e’tibor bering va musiqiylikning sa- babini anglatin g. 4. «Tabiatning o‘tini yo‘q o‘tida, Sharaq-sharaq qaynab chiq qan buloqlar» misralaridagi timsol va tashbihlarni sharhlang. 1 Qalin tоvshing – yo‘g‘оn, qat’iy tоvushing. Savol va topshiriqlar: 308 5. «Shifo istab kelmasin der qo‘noqlar» misrasidagi «qo‘- noqlar» so‘ziga yuklangan ayricha ma’noni izohlang. 6. She’rda «nega», «nima uchun» kabi so‘roqni ifodalov- chi so‘zlarning qayta-qayta ishlatilish sabablarini tu- shuntiring. 7. She’rning boshdan oyoq bir xil o‘lchovda yozilmagan- ligi, she’riy ohangdagi tovlanishlar sababini nimada deb o‘ylaysiz? 8. «Qulog‘ingga o‘tganlardan ertak to‘qiy» misrasining maz munini va she’riy vazifasini tushuntiring. Shoir qan- day ertak aytmoqchi deb o‘ylaysiz? KO‘CHIM Badiiy ijod talabiga ko‘ra ayrim so‘zlar tashiydigan ma’no boshqa so‘zlarga ko‘chirilishini anglamay turib, ko‘rkam asarlarni tushunish, undan ta’sirlanish, lazzatla- nish va tahlil qilish mumkin emas. Ko‘chim eng ko‘p ishla- tiladigan badiiy vositalardandir. Nutqni ta’sirchan qilish maqsadida «oltin kuz», «o‘t- yurak», «olovqalb», «toshbag‘ir» kabi iboralar ishlatiladi. Hol buki, kuzning oltin emasligi, yurakning alangalanmas- ligi, jigarning toshdan bo‘lmasligi yaxshi ma’lum. Ammo yuqoridagi iboralar yordamida anglatilgan ma’no boshqa so‘zlar orqali ifodalansa, gap cho‘zilib ketadi va ta’sir chan- ligi yo‘qoladi. Cho‘lponning «Buzilgan o‘lkaga» she’rida «Tog‘ egasi: sor, burgutlar qayerda?» – degan misra bor. Undagi «sor, burgut» so‘zlari o‘z ma’nosida emasligi sezilib turibdi. Yoki «Binafsha» she’ridagi binafsha timsoli qanday ma’no tashiyotgani to‘g‘risida o‘ylab ko‘raylik. She’rda shoir- ning ichki kechinmalari ko‘klam ko‘katiga qaratilganmi, xo‘rlangan qizgami yoki haqoratlangan yurtgami, ezilgan millatgami? Agar so‘z ma’nolarining ko‘chishini anglama- sak, she’rning joziba kuchi yo‘qqa chiqaveradi. Chunki anglanmagan go‘zallik go‘zallik bo‘la olmaydi. 309 Yozuvchilar biror so‘zga xos ma’noni boshqasiga yuk- lar, unga ko‘chirar ekanlar, хayollariga kelganday, tavak- kaliga ish tutavermaydilar. Agar shunday qilinsa ijod- korlarni tushunib bo‘lmay qolardi. Ma’no ko‘chirishda narsa-hodisalar o‘rtasida yo ichki, yo tashqi, yo mazmun o‘xshashligi, aloqadorligi bo‘lishi shartdir. Bu jihatdan ko‘chimlar o‘xshatishga yaqin turadi. Lekin asosiy farq shundaki, o‘xshatishda o‘xshagan buyum ham, o‘xshatilgan narsa ham ifodalangan bo‘ladi. Ko‘chimda esa ba’zan o‘x- shagan narsa, ba’zan o‘xshatilgan narsa ifodalanib, ikkinchi qismdagi ma’no birinchisiga ko‘chirilgan bo‘ladi. Ko‘chim qudratli ko‘rkam tasvir vositasi bo‘lib, u kitob- xonning tasavvur olamini kengaytiradi, tasvirlanayotgan tuyg‘ularni bevosita his qilishga, asar qahramonlari hola- tini tuyishga yordam beradi. Shunday qilib, ko‘chim so‘zni ko‘chma ma’noda qo‘llash yoki narsa-hodisaga xos sifat- larni qaysidir jihati bilan shularga o‘xshaydigan boshqa narsa-hodisalarga ko‘chirish san’atidir. Adabiyotshunoslik ilmida ko‘chimning majoz, istiora, ramz singari ko‘rinishlari bo‘ladi. Majoz adabiy asarda o‘quvchiga noaniqroq bo‘lgan tushunchani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalashdir. Gulxaniyning «Tuya bilan bo‘taloq», «Maymun bilan najjor», «Toshbaqa bilan cha- yon» asarlarida insonlarga, ayrim ijtimoiy tabaqalarga xos xu susiyatlarning hayvon obrazlariga ko‘chirilishi majoz - ning yorqin namunasidir. Ramz ham ko‘chimning keng tarqalgan turlaridan biridir. O‘quvchi anglashi murakkabroq bo‘lgan mavhum axloqiy- ma’naviy sifatning shu sifatlarga ko‘proq ega bo‘l gan nar- sa va jonivorlar orqali ifodalanishiga ramz deyi ladi. Ramz adabiyotshunoslik fanida timsol yoki simvol atamalari bi- lan ham yuritiladi. O‘zbek mumtoz adabiyotida may – hayot ramzi, gul – ma’shuqa ramzi, burgut – mag‘rurlik ramzi, 310 chumoli – mehnatsevarlik, tirishqoqlik ramzi va h.k. tarzida qadimdan qo‘llanib kelinadi. Ko‘chimning ko‘p ishlatiladigan ko‘rinishlaridan biri Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling