1. Nima sababdan yulduz bilan oy go‘zalni o‘nglarida emas,
tushlarida ko‘rishdi deb o‘ylaysiz?
2. Go‘zalni Shamol bilan Kun qay holatda uchratganliklarini
tasvirlab berishga urining.
3. «Ul ketgach, kun chiqar yorug‘lik sochib, Undan-da
so‘raymen sening to‘g‘ringda. Ul-da o‘z o‘tidan beki-
nib, qochib, Aytadir: bir ko‘rdim, tushdamas, o‘ngda»
satrlari ning mazmunini izohlang. Uchinchi misradagi ob-
razli ifodaning badiiy vazifasini tushunti ring.
4. Shamolning «yo‘lidan ozganligi» sababini izohlang.
5. «Men suyib... men suyib, kimni suyibmen?» misrasidagi
takrorning badiiy vazifasini tushuntiring.
6. She’r Sizda qanday tuyg‘ular uyg‘otdi? Ko‘nglingizdan
o‘t gan sezimlar haqida so‘ylang.
7. She’rdagi Go‘zal obrazini kim deb o‘ylaysiz? Odam tim-
solimi, ozodlik ramzimi, baxtmi yoki taqdir ifodasimi?
8. She’rni yod oling.
ХALQ
Хalq dengizdir, хalq to‘lqindir, хalq kuchdir,
Хalq isyondir, хalq olovdir, хalq o‘chdir...
Хalq qo‘zg‘alsa, kuch yo‘qdirkim, to‘хtatsin,
Quvvat yo‘qkim, хalq istagin yo‘q etsin.
Хalq isyoni saltanatni yo‘q qildi,
Хalq istadi, toj va taхtlar yiqildi...
Хalq istagi – ozod bo‘lsin bu o‘lka,
Ketsin uning boshidagi ko‘lanka.
Bir qo‘zg‘alur, bir ko‘pirar, bir qaynar,
Bir intilur, bir hovliqar, bir o‘ynar.
Yo‘qlikni-da, ochlikni-da yo‘q etar,
O‘z yurtini har narsaga to‘q etar...
Butun kuchni хalq ichidan olaylik,
Quchoq ochib хalq ichiga boraylik!
1921
Savol va topshiriqlar:
304
1. She’rning birinchi bandini diqqat bilan o‘qing va хalqqa
хos хususiyatlar badiiy jihatdan qanday aks etganligini
ang lating.
2. She’rdagi: «Bir qo‘zg‘alur, bir ko‘pirar, bir qaynar, Bir
Do'stlaringiz bilan baham: |