Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov
Nima uchun yozuvchi «Otning o‘limi – itning bayrami»
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot 7-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- «dag‘-dag‘ titraydi » 4.
1. Nima uchun yozuvchi «Otning o‘limi – itning bayrami»
maqolini epigraf qilib olgan deb o‘ylaysiz? 2. Hikoyada «Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qol- masin» jumlasining ishlatilish sababini aniqlang, jumla- ning mazmunini izohlang. 3. Qobil boboning holati tasvirlangan o‘rinlarga e’tibor qi- ling. Nega u «dag‘-dag‘ titraydi?» 4. Ellikboshining o‘zini tutishiga diqqat qiling. Og‘ilni taf- tish qilishdan uning maqsadi nima edi? 5. Hikoya boshida Qobil boboni sensiragan ellikboshi hi- koya yakunida nima sababdan unga «siz»lab gapirdi deb o‘ylaysiz? Savol va topshiriqlar: 316 6. Cholning ellikboshiga pul berganligi sababini tushun ti - ring. U so‘ramagandi-ku? 7. Hikoyadagi asosiy qahramonning Qobil bobo deb atali- shiga e’tibor qildingizmi? Bu nomda biror yashirin ma’no bormi? 8. Hikoya nima uchun «O‘g‘ri» deb nomlangan? O‘g‘ri de- ganda muallif kimlarni ko‘zda tutgan deb o‘ylaysiz? DAHSHAT Yaqin ikki haftadan beri ko‘z ochirmayotgan kuzak shamo - li yaydoq daraxtlar shoxida chiyillaydi, g‘uvullaydi; tomlarda vishillaydi, yopiq eshik va darchalarga bosh urib uf tortadi. Bunday kechalarda odamzod qo‘ymijoz, g‘uj bo‘lib va nimanidir kutib jimgina o‘tirishni xohlab qoladi. Olimbek dodxoning 1 sakkiz xotini katta kundosh Nodir- mohbegimning uyiga yig‘ilib, sandal atrofi da o‘tirishar edi. Dodxo har kecha tarovih namozidan keyin halqaga 2 qolar edi, bu kecha erta qaytdi. Hamma to‘zidi: xotinlardan biri salla- sini oldi, biri chakmoniga qo‘l uzatdi, biri mahsisini tortgani chog‘landi... Kundoshlarning eng kichigi – bu dargohga tush- ganiga besh oygina bo‘lgan kelinchak – ganjiravonlik Unsinoy chilim solib tutdi. Dodxo chilimni bir marta, lekin juda qattiq tortdi-yu, yasov tortib turgan xotinlariga e’tibor qilmay, to‘rga o‘tdi va darchani jindakkina qiya qilib, bir ko‘zi bilan tashqa- riga qaradi. Shamol goh och bo‘riday uvullar, goh o‘lim chan- galiga tushgan mushukday pixillar, vag‘illar, hech narsa-hech narsa ko‘rinmas edi. Dodxo darchani zichlab yopdi, joyiga borib tasbeh o‘girishga kirishdi. Uning barmoqlari tasbeh donalarini tez-tez o‘girayotgan bo‘lsa ham, qulog‘i guvullayotgan sha molda, xayoli go‘ristonda edi: «Hozir go‘riston qanaqa vahimali bo‘lsa ekan...» 1 Dоdxо – ariza qabul qiluvchi amaldоr, mingbоshi. 2 Halqa – tarоvih namоzi qatnashchilarining оmmaviy qur’оn- xоnlik marоsimi. 317 O‘zbek go‘ristoni o‘zi xunuk, buning ustiga, go‘riston haqi- da aytilmagan xunuk gap, to‘qilmagan vahimali mish-mish gap qolgan emas. Haqiqatan, bunday kechalarda go‘ris ton esiga tushgan har qanday odam, ayniqsa, dodxo singari payg‘ambar yoshidan oshib, kafanligini sandiqqa solib qo‘ygan kishi o‘lishdan ham ko‘ra go‘ristonda yotishni o‘ylaganida tiligacha sovuq ter chiqaradi. Dodxo go‘riston xayolini boshidan chiqarish uchun tas- behni qo‘yib, undan bundan gapirgan bo‘ldi, lekin hech kim bu gaplarga gap ulamadi. Shamol bir xuruj qilganida nimanidir keltirib darchaga urdi. U narsa darchani tirmalaganicha sidirilib pastga tushib ketdi. Hamma o‘tirgan yerida go‘yo bir qarich cho‘kkanday bo‘ldi va tin olmay bir-biriga qaradi. Dodxo xotinlariga, ulardan ham ko‘ra o‘ziga taskin berish uchun o‘rnidan turib, darchaning bir tomonini ochdi. Darchadan kirgan shamol osma chiroqni lipil- latdi, tebratdi. Dodxo pastga qaradi va suyunib ketganday: – Bo‘yra, bo‘yra ekan! – dedi va darchani zich yopib, yana joyiga o‘tirdi. Bo‘yra odatda tobutga solinadigan bo‘lganidan, dodxo ning ko‘z oldiga odamlarning yelkasida lapanglab ketayotgan tobut- ni keltirdi. Tobut esa yana go‘ristonni eslatdi, go‘riston haqida bolaligidan qulog‘ida qolib kelgan vahimali gaplarni, hodisa- larni jonlantirib yubordi. Dodxo bu xayollarni yengish uchun go‘riston vahimalaridan o‘zi so‘z ochdi va ikki og‘iz gap- ning birida o‘zining dovyurakligini xotinlariga, ulardan ham ko‘ra o‘ziga pisanda qila ketdi. Gapdan gap chiqib Nodirmohbegim bir voqeani aytib berd i. – Bola edim. Rahmatli dadam gap yer edilar. Bir meh - monxona yigit... Mana shunaqa shamol kechasi ekan. «Hozir kim go‘ristonga borib, Asqar ponsotning 1 go‘riga pichoq sanchib keladi?» – degan gap bo‘lipti. Shunda bir kishi pichog‘ini qinidan sug‘urib: «Men sanchib kelaman», – depti. Bitta qo‘ydan garov bog‘lashib yo‘lga tushipti. Jo‘- 1 Pоnsоt – askarbоshi, qo‘rbоshi. 318 ralari hali kutishar emish – yo‘q, hali kutishar emish – yo‘q; tong otipti, uyida ham yo‘q emish; go‘ristonga borib qarashsa, Asqar ponsotning go‘ri oldida o‘lib yotgan emish! Bechora go‘rga pichoq sanchganida etagini qo‘shib sanchgan ekan, qaytay desa etagidan birov tortganday bo‘lgan-da... Hammaning eti jivillashib ketdi. Uzoq jimlikdan ke - yin Unsin yonida o‘tirgan kundoshiga shivirlab: – O‘lsin, nokas odam ekan, bitta qo‘yni deb... Koshki ar ziydigan narsa bo‘lsa!.. – dedi. Bu gapni dodxo eshitib qoldi. Uning nafsoniyati qo‘zg‘adi. Dodxoday odam go‘riston deganda tizzasi qal- tirasa, birov «olamga podsho qilaman» degan taqdirda ham bormasa, borolmasa-yu, bu qiz mushtday boshi bilan «arziy digan narsa bo‘lsa, men boraman», – desa! Dodxo g‘ashi kelib Unsinni masxara qildi: – Obbo, tegirmonchining qizi!.. Bitta qo‘yni nazarlari il- maydi! Nechta qo‘y bo‘lsa, arzir edi? Sen o‘zing o‘nta qo‘y bersam, pichoq sanchib kelasanmi? Yuzta qo‘y, davlatim - ning yarmini bersam borasanmi? Unsinoy bozvantidagi 1 tangalarni o‘ynab: – Menga davlat kerak emas, davlat kerak bo‘lsa, borar edim, – dedi. Bu gap dodxoga tegib ketdi. – Nima kerak? Unsin indamadi. Dodxoning savoli javobsiz qolishi mumkin emas edi. Shuning uchun bittasi gunoh qilsa, hamma- si baravar kaltak yeydigan kundoshlar Unsinni turtkilash di. – Javob bersang-chi! – Tildan qoldingmi?! Yonida o‘tirgan kundoshi biqiniga ikki-uch marta turtgan- dan keyin Unsin boshini ko‘tarib, balo-qazoday tikilib turgan dodxoga bir ko‘z tashladi-yu, yana boshini egib, lekin dadil javob berdi: 1 Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling