311
zbek adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘ sh-
gan adib Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentabr-
da Qo‘qonda dunyoga keldi.
Otasi Abduqah-
hor temirchi tirikchilik o‘tkazish uchun Qo‘qon
atrofi dagi Buvayda, Yaypan, Oqqo‘rg‘on, Qu-
dash, Olqor qishloqlarining
biridan ikkinchisi-
ga ko‘chib yurar, oila
biror qishloqda uzoqroq
qo‘nim topmasdi. Bo‘lajak yozuvchi dastlabki ma’lumotni
Buvayda dagi eski maktabda oldi. So‘ng Oqqo‘rg‘on qish-
lo g‘idagi jadid maktabida tahsil ko‘rdi. Sal keyin roq Qo‘-
qon dagi yotoq maktabda o‘qidi. 1922–1924-yillarda Qo‘-
qondagi o‘qituv chilar tayyorlash teхnikumida tahsil ko‘rdi.
Abdulla Qahhor 1925-yili
Toshkentga kelib,
kechasi
o‘qib, kunduzlari «Qizil O‘zbekiston» gazetasida ishladi. U
1930-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)
ning pedagogika fakultetini tugatdi.
A.Qahhor ijodi 1924-yilda boshlangan. Dastlab «Mush-
tum» jurnali, «Yangi Farg‘ona» va «Qizil O‘zbekiston»
gazetalarida
uning hikoya, felyeton va хabarlari bosildi.
Abdulla Qahhorga katta shuhrat keltirgan «Sarob»
romani
1934-yilda yozildi.
Do'stlaringiz bilan baham: