Bosh va tanlanma to’plam


Download 33.95 Kb.
bet1/4
Sana14.02.2023
Hajmi33.95 Kb.
#1198137
  1   2   3   4
Bog'liq
Reja — копия




BOSH VA TANLANMA TO’PLAM
Aytaylik, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning katta to`piga tegishli biron-bir xususiyat (masalan, mahsulotning o'lchami, og’irligi, narxi va hokazo)o’rganilayotgan bo’lsin. To`pga tegishli barcha mahsulotlar bosh to`plamni tashkil qiladi deyiladi. Ko’p hollarda, bosh to'plamga mahsulotlar juda ko’p miqdorda bo’lib, ularning barchasini uzluksiz o'lchash amaliyotda mumkin bo'lmaydi. Ba'zi hollarda bu umuman mumkin bo'lmasa, ayrim hollarda juda katta xarajatlarni talab qiladi. Bunday hollarda bosh to`plamdan tasodifiy ravishda chekli sondagi mahsulot ajratib olinadi va ularning xususiyatlari o'rganiladi. Bu jarayon tanlanmalarga olib keladi. Demak, tanlanma bosh to'plamdan tasodifiy ravishda olingan elementlar. Tanlanmalar usuli deganda biz bosh to`plamdan tasodifiy ravishda olingan elementlarga xos bo`lgan qaralayotgan xususiyatlarni statistik tahlil qilib, shular asosida bosh to'plam elementlariga xos bo’lgan xususiyatlar haqida umumiy xulosalar chiqarishni tushunamiz.
Matematik statistikada har qanday mulohaza va xulosalar statistik ma'lumotlarga yoki boshqacha qilib aytganda tajriba natijalariga tayanadi. Odatda tajriba natijalari taqsimoti F(x) bo'lgan X tanlanmaning kuzatilmalaridan iborat bo’ladi. Demak, kuzatilmalar bog`liqsiz va X tanlanma bilan bir xil taqsimlangan tanlanmalar ekan.
✓ Kuzatilmalardan tuzilgan ( vektor hajmi n ga teng bo'Igan tanlanma deyiladi.
Endi X bilan X tanlanma qabul qiladigan qiyrnatlar to`plami bo’lsin. X to'plam bosh to'plamdan iborat bo`ladi. X to`plam chekli yoki cheksiz bo'lishi mumkin. Barcha mahsulotlaring xususiyatlaridan iborat to'plam-bosh to'plam va shu xususiyatlaming sonli ifodasi esa X tanlanma qiymatlaridan iborat bo’ladi. Bosh to’plam X dan qiymatlar qabul qiluvchl X tanlanmaning taqsimot funksiyasini va sonli xarakteristikalarini (masalan, matematik kutilma, dispersiya, o’rtacha kvadratik chetlaniush va hokazo) mos ravishda nazariy taqsimot va nazariy sonli xarakteristikalar deyiladi.
Tanlanmaning har bir elementi varianta deb ataladi. Tartiblangan tanlanma variatsion qator deb ataladi.
Tanlanmaning sonli xarakteristikalari


  1. Download 33.95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling