“Бошқарув қарорлари” мавзуси юзасидан кейслар тўплами, амалий топшириқлар, ишланмалар, амалий масалалар ва кейслар


TOPShIRIQ: Yuqoridagi bildirilgan fikrlarga tayanib


Download 309.5 Kb.
bet3/4
Sana23.02.2023
Hajmi309.5 Kb.
#1225182
1   2   3   4
Bog'liq
Keys study Korxonani boshqarish usullari

TOPShIRIQ: Yuqoridagi bildirilgan fikrlarga tayanib, hamda “Jizzax Kurilish Loyixa” masuliyati cheklangan jamiyatini xizmat ko‘rsatish va sotish xarajatlari holatini, tuzilishini tahlil qilish asosida, korxonaning xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha boshqaruv qarorlardan samarali foydalanib, korxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha maqsadli tadbirlar tizimini ishlab chiqish va asoslash.
« Jizzax Kurilish Loyixa » MChJ haqida ma’lumot.
« Jizzax Kurilish Loyixa» korxonasi 2013 yil 7 yanvarda tashkil kilindi. 2013-yildan boshlab korxona uz ish samaradorligi tufayli viloyatda yetakchi bulib keldi.Kurilish soxasida barcha turdagi binolarning loyixalarini uz mutaxassislari bilan birgalikda uz vaktida va yukori darajada bajarib keldi.
2017 yilga kelib tashkilot uz ish samaradorligi natijasida respublika mikyosida tanildi.Shundan sung respublikada barcha kurilish tendirlarida katnashib olgan ishlarini belgilangan vaktda topshirdi.
2020-yilda korxona ish samaradorligini usishi natijasida korxonada ishchi xodimlarga bulgan talab oshdi.Shundan sung korxona kurilish soxasida tamomlagan yosh mutaxassislardan 15 kishini ish bilan taminladi.
Keys vazifasi:
Korxona xarajatlarini samarali boshqarish korxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini muntazam ravishda o‘rganishni taqozo qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona faoliyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish jarayonida iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rganilib, qarorlar chiqariladi. Quyida korxonaning asosiy iqtisodiy ko‘rstkichlari 1, 2 -jadvallarda berilgan.
Birinchi vazifa, berilgan 1-jadval ma’lumotlaridan foydalanib, korxonaning 2020 yil 2019 ga nisbatan iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilib, solishtirib, xulosalar chiqaring.
1-jadval.
Korxonaning asosiy texnik -iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili.



Ko‘rsatkichlar nomi

O‘lchov birligi

2020 yil

2021 yil

2021 yilda 2020 yilga nisbatan farki

Mutlok (+;-)

Nisbiy % (marta)

1

Xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushum

ming so‘m

234737

267327







2

Xizmatlar tannarxi

ming so‘m

144135

130020







3

YAlpi daromad

ming so‘m













4

Umumxujalik faoliyatining moliyaviy natijasi

ming so‘m

1257

2344







5

Ishlovchilarni o‘rtacha yillik ish xaqi fondi

ming so‘m

16431,59

18712,89







Jumladan:





A) ishchilar













B) xizmatchilar













6

Ishlovchilar o‘rtacha yillik soni shundan:

kishi

65

67







A) ishchilar

kishi













B) xizmatchilar

kishi

7

7







7

Bir ishlovchining o‘rtacha yillik ish unumi

ming so‘m













8

Bir ishchining o‘rtacha yillik ish unumi

ming so‘m













9

Asosiy vositalarni o‘rtacha yillik qiymati

ming so‘m

69072

88862







10

Aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik qiymati

ming so‘m

3919

6761







11

Soliqlar

ming so‘m

116

1420







12

Sof foyda

ming so‘m













13

Rentabellik

%













14

Debitorlik qarzlar

ming so‘m

65810

159081







15

Kreditorlik qarzlar

ming so‘m

42394

48515








Ikkinchi vazifa, berilgan jadval ma’lumotlaridan foydalanib, korxonada mehnat resurslari samaradorligi tahlilini bajarib taqqoslang, xulosalar bering.
2-jadval.
Korxonaning mehnat resurslari samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar taxlili



Ko‘rsatgichlar
nomi

O‘lchov birligi

2020
yil

2021
yil

2021 yilda 2020 yilga nisbatan

Farqi (+, -)

Uzgar%

1

2

3

5

6

7

8

1

Xizmаt kursаtishdаn tushgаn tushum

M so‘m













2

Xizmаt ko‘rsаtish tаnnаrxi



Ming
so‘m













3

Yalpi dаromаd

M.so‘m













4

Sof foydа

M.so‘m













5

Ishlovchilаrning ruyxаtdаgi o‘rtаchа yillik soni

Kishi













6

Mеhnаt potеnsialini natijaviyligi, ya’ni mehnat unumdorligi,
(1q /5q)

Ming
so‘m













7

Mehnat potensialini daromadliligi,
( 3q / 5q )

Ming
so‘m













8

Mehnat potensialini foydaliligi,
( 4q / 5q )

Ming
so‘m


















  • Uchinchi vazifa, korxonada boshqaruv jarayonida nizoli vaziyatlardan chiqish uchun raxbarning uslubi, vaziyatdan kelib chiqib, asoslab bering. Korxona uchun samarali qarorlarni ishlab chiqing.



Boshqaruv_qarori_deganda_nimani_tushunish_kerak_Qaror'>O‘QUV MATERIALLARI
Boshqaruv qarori deganda nimani tushunish kerak? Qaror – bu boshqaruv faoliyatini oxirgi natijasidir. Agar boshqaruvda mehnat predmeti axborot bo‘lsa, uning mehnat (natijasi) mahsuloti-boshqaruv qaroridir. Qarorni ishlab chiqish va qabul qilish-bu shunday boshqaruv faoliyatining asosiy shakliki, unda rahbar mehnatining mazmuni, uning jamoaga maqsad sari yo‘naltirilgan xarakat jarayonidir.
Boshqaruv qarori ikki holatda ishlatiladi: birinchi xolatda-kimningdir yoki nimaningdir tomonidan o‘rnatilgan boshqaruv hujjati, qabul qilingan harakat rejasi, qaror qilish va boshqalar. Boshqa holatlarda-bu bir necha variantlardan bitta ma’qul variantni tanlash qaror pishib yetilgan muammo mavjud bo‘lganda qabul kilinadi.
Muammo deb-har qanday tizimni mavjud va zarur bo‘lgan ahvolini tavsiflovchi vaziyat qabul qilinadi. Asoslangan qaror boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlarni xukm suruvchi va taraqqiyoti uchun zarur obektiv konuniyatlar bilimiga va aniq vaziyatlar xususiyatlariga asoslanadi.
Boshqaruv qarorlari bir qator talablarga javob berishi kerak:
1. Har qanday boshqaruv qarorlari jiddiy maqsad yo‘nalishiga ega bo‘lishi, paydo bo‘layotgan muammolarni yechmog‘i kerak.
2. Boshqaruv qarorlari huqukga ega bo‘lishi kerak. U rahbar ega bo‘lgan huquk doirasida qabul qilinishi zarur.
3. Boshqaruv qarorlari zamonaviy bo‘lishi kerak. Qabul qilingan vaqt muammoni taraqqiy topish bosqichiga to‘g‘ri kelishi lozim. Qaror qabul qilishda shoshma-shosharlik va kechikib qolishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
4. Qaror qarama-qarshi bo‘lmasligi kerak, boshqa qarorlar bilan kelishilgan bo‘lishi, shakli bo‘yicha tushunarli, aniq ifodalangan va ixcham bo‘lishi kerak.
5. To‘g‘ri boshqaruv qarori aniq vaziyatni barcha xususiyatlarini hisobga olgan va ilmiy yondashuv asosida tuzilgan bo‘lishi, ijtimoiy-iqtisodiy qonunlarni ta’sirini hisobga olgan holda va ishlab chiqarish ahvolini tahlili asosida qabul qilinishi kerak.
6. Qaror tejamli bo‘lishi, ya’ni maqsadga erishishni eng kam xarajatlari evaziga ta’minlashi kerak.
7. Qaror real amalga oshuvchi bo‘lishi kerak. Uni qabul qila turib, barcha obektiv va shaxsiy cheklanishlarni boshqariluvchi tizimni aniq imkoniyatlarini, mavjud resurslarni va ularni ishlatilishini real sharoitlarini hisobga olish kerak.
8. Qaror samarali bo‘lishi kerak, bu yerda samara deganda qo‘yilgan maqsadga erishishni tushunish zarur.
Xarajat-bu mahsulotni ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) va uni sotish hamda ish haqi to‘lashga sarflanadigan mablag‘lar yig‘indisidir.
Naf-bu mahsulot (xizmat)ning ya’ni iste’molchilarga qanchalik ijobiy natija keltirishidir.
Baho-bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir.
Ob’ekt-bu bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot, kishi faoliyati va diqqat-e’tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs va h.k.z.
Boshqaruv-bu tartibsiz ommani (olomonni) samarali maqsadga yo‘naltirilgan va unumdor guruhga aylantiruvchi mahsus faoliyat ko‘rinishi.
Maqsad-bu muddao, murod, biror niyatga erishish uchun ko‘zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan shu maqsad kishi faoliyatini, o‘z orzularini ushalishiga yo‘naltiradi.
Rahbar-bu professional bilimlarga ega bo‘lgan, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, boshqarishning sir-asrorlarini biladigan, boshqaruv qonun-qoidalarini puxta egallagan va ularga amal qiladigan malakali mutaxasisdir.
Rahbarning ish uslubi-bu boshqaruv jarayonida ma’lum masalani hal qilishda uning o‘ziga xos yondashuvidir.
Qaror-bu bajarilishi lozim bo‘lgan ishning aniq bir yo‘lini tanlab olishdir.
Qaror qabul qilish-bu tashkilot rahbarining tashkilot oldidagi maqsadga erishish uchun o‘z vakolati va omilkorligi doirasida qarorning mavjud variantlaridan eng maqbulini tanlash jarayonidir.
Umumiy qarorlar-bir xil muammoga daxldor bo‘lib, barcha bo‘g‘inlar uchun birdek amal qiladi.
Maxsus qarorlar-tor doiradagi muammoga ta’luqli bo‘lib, korxona muayyan bir bo‘limi yoki bir guruh xodimlari yuzasidan qabul qilinadi.

Download 309.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling