“Бошқарув қарорлари” мавзуси юзасидан кейслар тўплами, амалий топшириқлар, ишланмалар, амалий масалалар ва кейслар
Download 309.5 Kb.
|
Keys study Korxonani boshqarish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- VAZIYaT: “Kamfort lider kapital
KIRISh
Keysning dolzarbligi. Xo‘jalik faoliyatida boshqaruv qarorlar odatda iqtisodiy tabiati bilan ajralib turadi. Buning sababi ishlab chiqarishning tub mohiyatidan kelib chiqadi, chunki har bir ishlab chiqarish foyda olishni ko‘zda tutadi. Samarasiz qarorlar birinchi o‘rinda foydani kamayishiga olib keladi. Ayniqsa muqobil ishlab chiqarish qarorlari iqtisodiy hisoblarni bajarilishini talab qiladi. Marketing nuqtai nazaridan talabga mos hajmdagina mahsulot ishlab chiqish zarur. Kapitalning samaradorligini ta’minlash ishlab chiqarishning mumkin bo‘lgan eng katta hajmi va zarur bo‘lgan eng kichik hajmi to‘g‘risidagi aniq ma’lumotga ega bo‘lishni talab qiladi. Bunday bilimlar foydaning muqobil hajmini aniqlashga ham yordam beradi. Yuqoridagi muammoni qisman hal qilish uchun zararsizlik nuqtasini aniqlovchi kritik nisbatlar kartasi usuli qo‘llanildi. Ushbu usulning asosida tushum va xarajat nisbatini aniqlash yetadi. Ushbu usulning qo‘llanishi menejerlarga qaror qabul qilishga iqtisodiy yondashishni o‘rgatadi, tavakkalni hisobga olish yo‘llarini ko‘rsatadi va muqobillik tamoyillarini tushuntiradi. VAZIYaT: “Kamfort lider kapital” masuliyati cheklangan jamiyati raisi Uktamov Jusur Anvarovich o‘zining o‘rtog‘i bilan choyxonada uchrashib qolishdi. Bir-birlari bilan o‘zaro hol-ahvol so‘rashib, Uktamov Jusur Anvarovich kayfiyati yo‘qligini o‘rtog‘i darhol sezib, qadrdon do‘stidan oilasini tinchligini, sog‘lig‘ini yaxshiligini bilib olganidan keyin, nima uchun kayfiyati yomon ekanligini quyidagi do‘stining bildirgan fikrlaridan tushunib oldi. Keyingi yillarda men boshqarayotgan korxonada foyda kamayib, xarajatlar oshib bormoqda. Ayniqsa, olgan ishlarim samaradorligi kamaydi sifati ham yaxshi emas va xodimlar ishga nisbatan lokayd bulib koldi. Korxonada xodimlar ishga uz vaktida kelmayapti. Joriy yilda 10 ga yaqin ishchi-xodimlarni o‘z ishiga ma’suliyatsizligi tufayli mehnat shartnomasini bekor qildim. Korxonadagi ishlovchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha qaror qabul qila olmayapman. Umuman, korxona faoliyatidan qoniqish hosil qila olmayapman. Download 309.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling