“Бошқарув қарорлари” мавзуси юзасидан кейслар тўплами, амалий топшириқлар, ишланмалар, амалий масалалар ва кейслар


Download 309.5 Kb.
bet4/4
Sana23.02.2023
Hajmi309.5 Kb.
#1225182
1   2   3   4
Bog'liq
Keys study Korxonani boshqarish usullari

Noaniq qarorlar-bu tavakkalchilik bilan to‘liq bo‘lmagan axborotga asoslanib qabul qilinadigan qarorlardir.
Tezkor qaror-kechiktirmay ijro etish uchun chiqariladigan qaror.
Muntazam qarorlar-belgilangan muddatlarda chiqariladigan qaror.
Vaqti-vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar-har zamonda biron sababga ko‘ra qabul qilinadi.
Konsenцus-bu qarorlarni ishlab.
Stereotip qarorlar-odatda hayotiy yo‘riqnomalar, me’yoriy hujjatlar doirasida qabul qilinadi.
Tashabbusli qarorlar-o‘z tavsifiga ko‘ra novatorlik, mazmuniga ko‘ra esa istiqbolni nazarda tutadigan qarorlardir.
An’anaviy qarorlar-bu odatiy vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlardir.
Tavsiyali qarorlar-o‘z mohiyatiga ko‘ra tashabbusli qarorlarga yaqin bo‘lib, korxona faoliyatini yaxshilash borasidagi tavsiyalar aksini topadi.
Aniq qarorlar-to‘la-to‘kis axborot mavjud bo‘lgan holdagina qabul qilinadigan qaror.
Pedagogkeysolog varianti
Birinchi vazifa bo‘yicha berilgan 1-jadval ma’lumotlaridan foydalanib, korxonaning 2018 yildagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarini 2017 yildagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar nisbati aniqlanib, 100 % ga ko‘paytirilib oxirgi ustunga mos ravishda to‘ldiriladi. Masalan, 2018 yildagi xizmat ko‘rsatish hajmi solishtirma baholardagi 279256,3 mln.so‘mni 2017 yildagi xizmat ko‘rsatish hajmi solishtirma baholardagi 225265,3 mln.so‘mga nisbati aniqlanib, 100%ga ko‘paytiriladi. Barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlar ushbu tartibda bo‘sh ustunlarga hisoblanib to‘ldiriladi, jadvalga tayangan holda xulosalar beriladi.
3-jadval.
Korxonaning asosiy texnik -iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili.



Ko‘rsatkichlar nomi

O‘lchov birligi

2020 yil

2021 yil

2021 yilda 2020 yilga nisbatan farki

Mutlok (+;-)

Nisbiy % (marta)

1

Xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushum

ming so‘m

234737

267327







2

Xizmatlar tannarxi

ming so‘m

144135

130020







3

YAlpi daromad

ming so‘m













4

Umumxujalik faoliyatining moliyaviy natijasi

ming so‘m

1257

2344







5

Ishlovchilarni o‘rtacha yillik ish xaqi fondi

ming so‘m

16431,59

18712,89







Jumladan:





A) ishchilar













B) xizmatchilar













6

Ishlovchilar o‘rtacha yillik soni shundan:

kishi

65

67







A) ishchilar

kishi













B) xizmatchilar

kishi

7

7







7

Bir ishlovchining o‘rtacha yillik ish unumi

ming so‘m













8

Bir ishchining o‘rtacha yillik ish unumi

ming so‘m













9

Asosiy vositalarni o‘rtacha yillik qiymati

ming so‘m

69072

88862







10

Aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik qiymati

ming so‘m

3919

6761







11

Soliqlar

ming so‘m

116

1420







12

Sof foyda

ming so‘m













13

Rentabellik

%













14

Debitorlik qarzlar

ming so‘m

65810

159081







15

Kreditorlik qarzlar

ming so‘m

42394

48515







Xulosalar:
Ma’lumki, korxonalarning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan biri xizmat ko‘rsatish hajmidir. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, korxonada xizmat ko‘rsatish hajmi solishtirma baholarda yildan yilga ko‘payib bormoqda. Ya’ni, ya’ni xizmat ko‘rsatish hajmi solishtirma baholarda 2018 yili 2017 yilga nisbatan esa 53991 mln. so‘mga yoki 24 % ga ko‘paydi.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, korxonada xizmat ko‘rsatish hajmi harakatdagi baholarda yildan yilga ko‘payib bormoqda. Ya’ni, xizmat ko‘rsatish hajmi harakatdagi baholarda 2018 yili 2017 yilga nisbatan 22085 mln. so‘mga yoki 8,6 % ga ko‘paydi.
Ma’lumki, korxonaning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlariga foyda kiradi. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, korxonada balans foyda 2018 yil 2017 yilga nisbatan 54,4 foizga kamaydi. Tahlil qilinayotgan yillarda sof foyda kamayganligini ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni, sof foyda 2018 yili 2017 yilga nisbatan 36565 ming so‘mga kamaydi.
Tahlil qilinayotgan yillarda korxona mulkidan samarali foydalanilmadi. Kapital rentabelligi 2018 yilda 2017 yilga nisbatan esa 0,26 punktga kamaydi. Salbiy holatlarning sabablarini aniqlash esa o‘z navbatida korxona boshqaruv va moliyaviy faoliyatini chuqurroq tahlil qilishni talab qiladi.

  • Ikkinchi vazifa bo‘yicha topshiriqni bajarish uchun, 2-jadval ma’lumotlaridan foydalanib, 2018 yildagi har bir iqtisodiy ko‘rsatkichlardan 2017 yildagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar farqi aniqlanib,bo‘sh ustunlar mos holda to‘ldirilib xulosalar berishadi hamda korxonada mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha samarali qarorlar qabul qilib, fikrlarini bayon qilishadi.



4-jadval.
Korxonaning mehnat resurslari samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar taxlili



Ko‘rsatgichlar
nomi

Ulchovbirligi

2020
yil

2021
yil

2021 yilda 2020 yilga nisbatan

Farqi (+, -)

Uzgar%

1

2

3

5

6

7

8

1

Xizmat kursatishdan tushgan tushum

M so‘m













2

Xizmat ko‘rsatish tannarxi



Ming
so‘m













3

Yalpi daromad

M.so‘m













4

Sof foyda

M.so‘m













5

Ishlovchilarning ruyxatdagi o‘rtacha yillik soni

Kishi













6

Mehnat potenцialini natijaviyligi, ya’ni mehnat unumdorligi,
(1q /5q)

Ming
so‘m













7

Mehnat potenцialini daromadliligi,
( 3q / 5q )

Ming
so‘m















Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, korxonada xizmat ko‘rsatish va sotish xarajatlari 2018 yil 2017 yilga nisbatan 47874,64 mln. so‘mga ko‘paydi. Uning ko‘payishi birinchi navbatda xizmat ko‘rsatish tannarxi ko‘payishiga ta’sir qildi.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, xizmat ko‘rsatish tannarxi tahlil qilinayotgan yillarda 41374,47 mln. so‘mga ko‘paydi. Xizmat ko‘rsatish tannarxi tarkibida moddiy xarajatlardan o‘tgan yilga nisbatan samarali foydalanilmagan.
Korxona moddiy xarajatlar o‘tgan yilga nisbat 40330 mln. so‘mga ko‘paygan bo‘lsa, ularning solishtirma vazni esa 3,1 punktga ko‘paydi, shuningdek, korxonada xizmat ko‘rsatish jarayoni bilan bog‘liq boshqa xarajatlar o‘tgan yilga nisbatan 117,75 mln. so‘mga ko‘paydi, uning solishtirma vazni o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarmadi.
Korxonada ish xaqi fondidan samarali foydalanganligini ko‘rishimiz mumkin, ya’ni ushbu xarajatlar o‘tgan yilga nisbatan 652,5 mln. so‘mga ko‘paygan bo‘lsada, ularning solishtirma vazni 0,8 punktga kamaydi. Davr xarajatlari tarkibida madmuriy xarajatlarning o‘tgan yilga nisbatan deyarli o‘zgarmaganligini ko‘rishimiz mumkin, ya’ni ushbu xarajatlar o‘tgan yilga nisbatan qariyib 88,84 mln. so‘mga ko‘paydi.
Korxonada sotish xarajatlarining juda katta hajmda ko‘payganligi ko‘rishimiz mumkin. ya’ni, ularning hajmi 2017 yilga nisbatan 6013,78 mln. so‘mga, ularning solishtirma vazni esa 0,1 punktga ko‘paydi.
Korxonada mahsulot tannarxi kamaytirish uchun birinchi navbatda madmuriy xarajatlarni, moddiy xarajatlarni kamaytirish lozim. Bundan tashqari moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlarni ko‘payishi salbiy holatdir. Ya’ni ushbu xarajatlar o‘tgan yilga nisbatan qariyib 397,55 mln. so‘mni tashkil qilishi salbiy holatdir.
Uchinchi vazifa bo‘yicha topshiriqni bajarish uchun qarorlarni ishlab chiqish va uni qabul qilish yo‘llarini bilishi shart.
Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tanlash emas, balki boshqaruv oldida qo‘yilgan maqsadning oqilona yechimini topishdan iborat. Shu sababli, qaror ishlab chiqish jarayoni ayrim unsurlar mazmuni va ko‘lamiga ko‘ra xilma-xil va ancha murakkabdir. Qarorni ishlab chiqish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Umuman qarorni ishlab chiqish jarayonida quyidagi savollarga javob topish lozim bo‘ladi:

  • Nima qilish kerak (obekt miqdori va sifati)?

  • Qanday xarajat (resurslar) evaziga?

  • Qanday tarzda (texnologiyada) bajarish kerak?

  • Kim uchun bajarish kerak?

  • Qanday muddatda bajarish lozim?

  • Kim tomonidan bajarilishi kerak?

  • Qaysi joyda bajarilishi lozim?

  • Qanday (iqtisodiy, ijtimoiy) samara beradi?

Agar shu savollarga miqdor nuqtai nazardan to‘g‘ri javob topib, ularni makon va zamonda, shuningdek, resurs va bajaruvchilar bilan bog‘lay olmasangiz, bilingki siz qarorni ishlab chiqish texnologiyasini to‘liq uddalay olmagan bo‘lasiz.
Qarorlarni bajarish-bu oqibat natijasida yuqori bo‘g‘inda qabul qilingan rejalarni, shuningdek shu rejalar asosida quyi bo‘g‘inlar (цex, uchastka, brigada, smena, qar bir xodim) uchun tuzilgan reja yoki topshiriqlarni bajarish demakdir. Qaror eng avvalo buyruq yoki farmoyish tarzida rasmiylashtiriladi, so‘ngra u madmuriy hujjat tusini oladi. Unda aniq ijrochilar, bajarish muddatlari, nazorat qilish usullari ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Bu korxona rahbarining asosiy vazifasi boshqaruv tizimini maqsadga muvofiq uyushtirishdan va o‘zi uchun xizmat ko‘rsatishning tub masalalari bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratishdan iboratdir. Qarorlarni bajarilishiga rahbarlik qilish jarayonida rahbarning vazifasi xodimlarning shaxsiy manfaatlarini umummanfaatlar bilan muvofiqlashtirishga erishishdan iboratdir. Jamoaga muvaffaqiyatli rahbarlik qilish farmoyish berish va nazorat kilish usullari, shakllari va texnikasini bilishigina emas, balki topshiriqlarni bajarishga xodimlarni safarbar eta olish qobiliyatini ham talab qiladi.
Korxonada qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish bajarilmagan.
Nazorat-bu qayta (javob) aloqa shakli hisoblanib, yuqori boshqaruv organi tomonidan chiqarilgan buyruq, farmoyish va belgilangan rejalarning joylarida bajarilish darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotni aniqlash usulidir. Haqiqiy holatni bilmasdan va dalillarni tekshirmasdan turib, to‘g‘ri va oqilona rahbarlik qilib bo‘lmaydi. Quyi bo‘g‘inlarni boshqarishda asosan hisobga olishning tezkor va buxgalteriya hisobi turlaridan foydalaniladi.
Yaxshi yo‘lga qo‘yilgan hisobga olish samarali qarorlar ishlab chiqish, ularning bajarilishini kuzatib borish imkonini beradi. Hisobga olishdagi chalkashlik, odatda xizmat ko‘rsatishni boshqarish ahvolining yomonligidan va katta kamchiliklar mavjudligidan dalolat beradi.
Nazorat funkцiyasi rahbarning eng muhim vazifasidir. Rahbar qabul qilinadigan qarorlarning tashabbuskori bo‘lganligi sababli ushbu qarorlarni bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilishning ham tashabbuskori bo‘lishi kerak. Qarorlarning ijro etilishini nazorat qilmaydigan rahbar o‘zi ishlayotgan ishlab chiqarishga emas, balki boshqa korxonalarga ham zarar yetkazishi, ya’ni ularning ishida kechikishlar, uzilishlar paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lishi mumkin.


Asosiy adabiyotlar
1. Zaynutdinov SH.N. “Menejment asoslari”.- Toshkent, 2014
2. Nurinbetov R.I “Menejment” amaliy mashqlar,o‘quv qullanma.-T.: Musiqa, 2007
3.Karimova O.U. Menejmentasoslari, o‘quv qullanma.-T.: O‘zbekiston,2010.
4. Qosimova D.S., “Menejment nazariyasi”. Darslik.-T.: Tafakkur-Bo‘stoni, 2011.
Internet saytlari

1. www. ziyonet.uz


2. www. lex.uz
3. www.gov.uz
4. www. davarx.uz.
5. www. stat.uz
Download 309.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling