Бошқарув қобилиятини шакллантириш
«lider» va «rahbar» tushunchalari
Download 0.49 Mb.
|
BKSH javoblar hammasi
«lider» va «rahbar» tushunchalari o`rtasidagi farqlar haqida gapirish mumkin. B.D. Parigin bu ikki tushunchani farqlab shunday yozadi:
lider - guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar - shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi; liderlik kichik guruhlardagina xos bo`lgan hodisa bo`lsa, rahbarlikning haq-huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo`lishi, amalga oshirilishi mumkni; agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo`lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqarilgan normalar, tartiblar asosida saylov oqibatida sodir bo`ladigan hodisadir; liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo`lib, guruh a’zolarining kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo`nalishiga qarab uzoqroq muddatda yoki qisqa muddatda ro`y beradi; rahbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo`q bo`lgan jazolash va rag`batlantirish tizimiga ega bo`lib, shu asosda o`z xodimlariga ta’sirini o`tkazishi mumkin. Bu psixologik ta’sir shundayki, biron-bir manfaatni ko`zlab qilingan ishda erishilgan yutuqlar uchun boshliq xodimlarini ko`tarinki ruh bilan rag`batlantirib mukofatlab tursa, o`sha yerda xodimlar o`zlari bilmagan holda boshliqqa nisbatan ijobiy munosabatda bo`lishada; lider guruhda u yoki bu qarorlar, ko`rsatmalar, tashabbuslarni o`z ixtiyoricha, bevosita chiqarish mumkin. Rahbarda esa bu yo`nalishda ko`plab rasmiy ko`rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, rahbar - bular doirasidan chiqib ketishi qiyin. Ko`p hollarda rahbar lider uslubini qo`llasa, bu jamiyat tamonidan «o`zboshimchalik», «qonunga bo`ysunmaslik» deb qoralanadi; liderning faoliyati faqat kichik guruhlar doirasida amalga oshiriladi, rahbar shu guruhdagi, kengroq ijtimoiy doiradagi, jamiyatdagi vakil bo`lgani uchun vakolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortiqdir. Лидерликнинг ўзига хос услублари Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling