Бошланғич математикани чуқур ўрганиш давлат стандарти


O‘tilgan materiallarni umumlashtiirish va sistemaga solish (10 soat)


Download 210.78 Kb.
bet12/15
Sana20.06.2023
Hajmi210.78 Kb.
#1631929
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Бошлан ич математикани чу ур ўрганиш давлат стандарти

O‘tilgan materiallarni umumlashtiirish va sistemaga solish (10 soat)
4-sinfni bitiruvchi o‘quvchilarning matematik tayyorgarligiga qo‘ilgan asosiy talablar


1-variant (tayyorgarlikning noto‘liq darajasi)
Yillning oxirida to‘rtinchi sinf o‘quvchilari quyidagi
tasavvurlarga ega bo‘lishlari kerak:
— million ichida istalgan natural son haqida, natural sonlar to‘plamining cheksizligi haqida;
— o‘nlik sanoq sistemasi misolida sonlarning har xil yozilishi haqida;
— rimcha raqamlash misolida sonlarning pozitsion va nopozitsion yozilishi haqida tasavvurlarga ega bo‘lish;
— tevarak-atrofdagi har xil geometrik jismlar (shar, kub, silindr, to‘g‘ri burchakli parallelepiped, piramida va ularning ba’zi xossalari haqida;
— hajm; uning o‘lchov birliklari (kub santimetr, kub detsimetr, kub metr) haqida;
bilishlari kerak:
— bir xonali sonlarni qo‘shish va ko‘paytirish jadvalini hamda, ayirish va bo‘lishning mos hollarini (avtomatizm malakasi darajasida);
— kattaliklarning o‘lchov birliklari jadvalini (uzunlik, yuz, massa, vaqt) va ularni o‘lchashga doir amaliy ishlarda va masalalar yechishda qo‘llashni;
— tezlik, vaqt, masofa; bahosi, miqdori, qiymati kabi kattaliklar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni va bu bilimlarni matnli masalalarni yechishda qo‘llashni;
uddalay olishlari kerak:

  • million ichida sonlarni o‘qish va yozishni;

— 100 ichida tez va to‘g‘ri og‘zaki hisoblash malakalarini katta sonlar bilan esa 100 ichidagi amallarga keltiriladigan hollarda;
— ko‘p xonali sonlar bilan yozma qo‘shish va ayirish, hisoblashlarning to‘g‘riligini tekshirish;
— ko‘p xonali sonlarni bir xonali va ikki xonali sonlarga yozma ko‘paytirish va bo‘lishni, xisoblashlarning to‘g‘riligini tekshirish;
— 2-3 amalli sonli ifodaning (qavsli va qavssiz) qiymatini hisoblash; sodda harfiy ifodaning sonli qiymatini unga kirgan harflarning berilgan qiymatlarida topish; uncha qiyin bo‘lmagan tenglamalarni yechish;
— qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lishga doir 1-3 amalli masalalarni yechish;
— atrofdagi narsalardan, chizmalardan, modellardan, sxema va rasmlardan shar, kub, piramida, silindr, to‘g‘ri burchakli parallelepipedni faqat ajratilgan holdagana emas, balki boshqa jismlar bilan kombinatsiyalab berilgan hollarda qiyinchiliksiz topish;
— masalalar yechish jarayonida o‘rganilgan geometrik jismlaring hajmini xisoblash;
— bir xil mahrajli oddiy kasrlarni qo‘shish va ayirish va bu bilimlarni masalalar yechishda qo‘llash.

Download 210.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling