Бошланғич математикани чуқур ўрганиш давлат стандарти
dan 1 000000 gacha bo‘lgan sonlar
Download 210.78 Kb.
|
Бошлан ич математикани чу ур ўрганиш давлат стандарти
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘p xonali sonlarni qo‘shish va ayirish (38 soat)
1 dan 1 000000 gacha bo‘lgan sonlar
Nomerlash (28 soat) Yangi sanoq birligi – minglik. Хonalar va sinflar: birlar sinfi, minglar sinfi, millionlar sinfi va h. k. Ko‘p xonali sonlarni o‘qish, yozish va taqqoslash. Ko‘p xonali sonni uning xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash. Sonni 10, 100, 1000 marta orttirish (kamaytirish). Matematika tarixidan ma’lumotlar. Rim raqamlari: I, V, X, L, S, D, M Sanalarni rim raqamlari yordamida yozilishi. Rim raqamlari bilan yozilgan sonlar chetida hisoblashga doir misollar. Тengsizliklarni yechish. Yechimlar to‘plami. «>» va «<» belgilari. Qo‘sh tengsizlik. Yig‘indini baholash. Ayirmani baholash. Ko‘paytmani baholash. Bo‘linmani baholash. Arifmetik amallar natijalarini chamalash. O‘rganilgan ko‘rinishlardagi hamda bilvosita shaklda ifodalangan, to‘rtinchi proporsionalni topishga doir tarkibli masalalarni yechish. Geometrik jismlar: silindr, kub, shar, konus, parallelepiped, piramida. Yassi shakllar: doir, uchburchak, kvadrat, to‘rtburchak, istagan ko‘pburchak; shu shakllar haqidagi bilimlarni umumlashtirish. Ko‘p xonali sonlarni qo‘shish va ayirish (38 soat) Qo‘shish va ayirish (bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish); qo‘shish va ayirish bilan yechiladigan masalalar. 0 soni bilan qo‘shish va ayirish, qo‘shishning o‘rin almashtirish va guruhlash xossalari va hisoblashlarni ratsionallash uchun ulardan foydalanish; qo‘shish va ayirishning komponentlari va natijalari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar; qo‘shish va ayirishni tekshirish usullari; x +312 = 654 + 79, 729 - x = 217 + 163, x - 137 = 500 - 140 ko‘rinishidagi tenglamalarni yechish. Sonlarni og‘zaki qo‘shish va ayirishni 100 ichida amallar bajarishga keltiriladigan hollarda og‘zaki, qolgan xollarda yozma bajarish. Qo‘shish va ayirishni o‘z ichiga olgan 2 — 3 amalli (qavsli va qavssiz) ifodalar, ularning qiymatini hisoblash. O‘rganilgan ko‘rinishdagi 2 — 3 amalli tarkibli masalalar, ularni amallar bo‘yicha ifodalar yoki tenglamalar tuzib yechish. Karrali va ayirmali taqqoslashga doir ikki ko‘paytmani ayirmali taqqoslashga doir tarkibli masalalar. Doira va aylana (umumlashtirish). Aylanalardan naqshlar chizish. Geometrik shakllardan naqshlar chizish. Berilgan perimetrli to‘rtburchak (kvadrat) chizish, mumkin bo‘lgan barcha hollarni ko‘rib chiqish. Berilgan qismlari bo‘yicha kesma chizish. Kesmani teng qismlarga bo‘lish. Sirkuldan foydalanish. Shakllarni yasashga doir geometrik mazmunli masalalar. Kesma uzunliklarini taqqoslash (murakkablashtirilgan topshiriqlar). Download 210.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling