uddalay olishlari:
— 1000 ichida sonlarni o‘qish, yozish, taqqoslash;
— to‘rt arifmetik amalni 100 ichida va ayrim hollarda 100 ichidagi omillarga keltiriladigan 1000 ichida to‘g‘ri og‘zaki bajarish; hisoblashlarni tekshirish;
— 1000 ichida sonlarni qo‘shish va ayirishni yozma bajarish, uch xonali sonni bir xonali va ikki xonali sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish; hisoblashlarni tekshirish;
— 2-3 amalli (qavsli va qavssiz) ifodalarda amallarni bajarish tartibi qoidalarini qo‘llash;
— qo‘shish va ko‘paytirishning o‘rin almashtirish, taqsimot va guruhlash xossalarini harfli ko‘rinishda yozish;
— yig‘indi, ayirma, ko‘paytma, bo‘linma atamalaridan foydalanib, 1-2 amalli sonli va harfiy ifodalarni o‘qish; amallar komponentlarining nomlarini bilish;
— 2-3 amalli masalalarni reja, amallar va ifodalar tuzish yordamida yechish;
— a + x= b, a - x= b, x - a= b, a ∙ x = b, a : x = b ko‘rinishidagi asosiy tenglamalarni sharhlash bilan yechish;
— to‘plamga o‘zining elementlarining tegishliligini aniqlash; Venn diagrammasida to‘plamning elementlarini belgilash; to‘plamlarning kesishmasini va birlashmasini topish;
— uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak (kvadrat)ning perimetrini hisoblash;
— uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchakning ma’lum tomoni va perimetri bo‘yicha noma’lum tomonining uzunligini topish;
— geometrik shakllarni harflar bilan belgilash;
— kattaliklar o‘lchov birliklarini biridan ikkinchisiga o‘tkazish;
atrofdagi narsalarda, modellarda, chizmalarda har xil kombinatsiyalarda tasvirlangan o‘rganilgan geometrik shakllarni qiyinchiliksiz topish.
4-sinf (238 soat)
Minglik
3-sinfda o‘tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish ( 10 soat)
Тo‘rt arifmetik amal. Ularning 2-4 amalli ifodalarda bajarish tartibi. Uch xonali sonlarni qo‘shish va ayirishning yozma usullari. Bir xonali va ikki xonali sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish.
Formulalar. Qoldiqli bo‘lishning formulasi. O‘rganilgan turdagi masalalarni yechish.
Do'stlaringiz bilan baham: |