Boshlangʻich maktablarda geografiya fanining mazmuni, oʻquv dasturining tahlili Reja


Maktabda geografiya ta’limini 2 qismga bo’lib o’rganiladi


Download 44 Kb.
bet2/2
Sana01.05.2023
Hajmi44 Kb.
#1417984
1   2
Bog'liq
Boshlangʻich maktablarda geografiya fanining mazmuni, oʻquv dasturining tahlili

Maktabda geografiya ta’limini 2 qismga bo’lib o’rganiladi:
1. Bevosita geografiya fanida shakllantiriladigan bilimlar.
2. Geografiyaga yaqin va aloqador bo’lgan fanlardagi umumgeografik bilimlar.
Geografiya fanida shakllantiriladigan bilimlar o’z mazmuniga ko’ra xilma-xil bo’lib, bunday bilimlarning aksariyati kuzatuvlar natijasida shakllanadi, ularni kuzatuvchilar dala sharoitida , xarita yordamida , rasmlar yordamida ham to’plashi va amalga oshirish mumkin.Shu tufayli bu bilimlarni o’rganish ma’lumotlarni fakt va tahlil qilih bilan bog’liq. Geografik bilimlarni bevosita o’quvchini o’rab turgan muhit misolida o’rganishni tahlil qilish ham mumkin.
Masalan: shaharni o’rganishni iqtisodchi, tarixchi, o’z qarashlari va rejasi asosida amalga oshirsa, geograf boshqacha metodda o’rganadi.Shaharni o’rganishdagi bunday yondashishlik bitta ob’yektni turli xil yo’llar bilan o’rganish mumkinligini, ulrni o’rganishda albatta geografik bilimlar har qanday kasbdagi kishilar uchun zarurligini o’quvchilar anglab yetadilar.
Aero va kosmik suratlar yordamida yer sharining turli qismlaridagi landshaftlarini tahlil qilish orqali faqat insonlargina bunday mo’jizalarni yaratishi mumkinligini anglab yetdilar. Janubiy sharqiy Osiyo tog’laridagi terrasalarda bepoyon sholizorlarning mavjudligini nima bilan isbot qilish mumkin?
Shimoliy Amerika preriyalaridagi bepoyon g’allazorlar, Yaponiya, Amerika, G’arbiy Yevropa , Sharqiy Xitoyda aholi zich joylashgan rayonlardagi urbanizatsiya ahvoli va hokazolarning barchasini inson faoliyatining natijasi deb qarash mumkin.
U yoki bu hududda yashayotgan , ishlayotgan insonlar faoliyatini geografik jihatdan tahlil qilmasdan, xususan , ularning resurslarga va oziq-ovqatlarga ehtiyojini aniqlamasdan turib, biror joyni o’zlashtirib bo’lmaydi. Insonlar ehtiyojini quyidagi yo’nalishlarda o’rgatish yaxshi natija beradi:
1. Iqtisodiy ehtiyoj, rayonning mineral, qishloq xo’jalik, sanoat, rekratsion resurslarini o’rganish. Ularni o’rganishda kam harajat qilib, ko’proq foyda olish nazarda tutiladi.
2. Ijtimoiy ehtiyojlar hududda kapitalni taqsimlashda tenglik asosid rivojlantirish.Hududning bir qismi rivojlanmasdan qolmasligiga erishish.
3. Ekologik ehtiyojlar. Insonlik tabiatiga noto’g’ri ta’sir ko’rsatish oqibatlarining oldini olish, yoshlarda doimiy ravishda ekologik madaniyat elementlarini shakllantirib borishdan iborat.
4. Fazoviy ehtiyojlar. Insonninng tabiat uni ajablantirgan voqea va hodisalarning qisqacha mohiyatini anglash: yer qimirlashlar, shamollar, yog’inlar va boshqa xodisalarning bo’lish sabablarini bilishi kerak.
Inson bilan atrof-muhitning o’zaro bog’liqligi ming yillardan buyon davom qilmoqda. Bu bog’liqlikni oqilona yuritish faqat geografik bilimlar puxta egallangandagina amalga oshiriladi. Demak, yuqoridagilarning aksariyati, geografiya ta’limi maqsadlarida aks etishi davr talabidir.
Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling