Boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish


Masalani turli usullar bilan yechish


Download 191.88 Kb.
bet10/16
Sana18.06.2023
Hajmi191.88 Kb.
#1568334
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
akmal rustamov

Masalani turli usullar bilan yechish. 3-sinf o’quvchilariga to’rtinchi proporsionalni topishga doir shunday masalani ko’ramiz.
Opasi 15 ta katta daftar sotib oldi unga 7500 so’m to’ladi. Singlisi esa 3 ta shunday daftar sotib oldi. Singlisi qancha pul to’ladi?
Tenglama tuzib yechamiz. X singlisi to’ladi:
X: 3 =7500:15 X:3=500 X= 1500 so’m
Tekshirish:
7500:15-3=500-3=1500
Masalalarni yechishda faqat amallarning bajarilish tartibi bilan farq qiladigan 2 usulni turli usul deb bo’lmaydi.
4.Izlanayotgan sonning chegarasini belgilash.
Bu usulning qullanilishi shundan iboratki bunda masalani yechishdan oldin izlanayotgan son berilgan sonlarning qaysinisidan katta yoki kichikligini aniqlaydi. Yechishdan kiyin hosil qilingan natija berilgan sonlardan biri bilan taqqoslanadi, agar u aniqlangan chegaraga mos kelmasa, masala noto’g’ri yechilgan bo’ladi. Bunday masalalarni yechimini chamalash usuli bilan tekshiramiz.
Oralaridagi masofa 750 km bo’lgan ikki shahardan bir vaqtning o’zida bir biriga qarab 2 mashina yo’lga chiqdi. 1-mashinaning tezligi soatiga 45 km, ikkinchi mashinaniki soatiga 30 km tezlik. Har bir mashina uchrashguncha nyecha km yo’l yurgan? Bu masalani yechishda har bir mashina uchrashguncha 750 km dan kam yo’l yurgan. YAna birinchi mashina ikkinchi mashina qaraganda ko’p yo’l yurgan. Agar o’quvchilar bu masalani yechishda birinchi mashina 890 km, ikkinchi mashina 850 km yo’l yurgan desalar masala xato yechilgan bo’ladi, bu sonlar shaharlar orasidagi masofadan katta chiqayapti. Bunday masalalarni yechishda ham soda, ham murakkab masalalarni yechishni tushunishlari kerak. Masalaning yechimi:
45+30=75 km /soat; 750:75=10 soat;
45*10=450 km; 30-10=300 km
Birinchi mashinani yurgan yo’li Bu ikkinchi mashina uchrashguncha yo’l. Bir manzildan bir vaqtda ikki poezd qarama-qarshi yo’lga chiqdi. Agar poezdning tezligi 55 km /soat bo’lsa, 4 soatdan keyin ular orasidagi masofa
qancha bo’ladi.
v-tezlik; S=vt -masofa; t= - vaqtlarni topish formulalari Yechish: 55·4=220km 60·4=240 km
220+240=460 km
Javob: 4 soatdan so’ng poezdlar bir birida 460 km uzoqlashgan bo’ladi.

Download 191.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling