Boshlang‘ich sinf ona tili, matematika,Oʻqish darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish ashirova Dilnura Rustamjon qizi, chdpu 3-bosqich talabasi Annotatsiya


Didaktik o’yinlarni tanlashda o’quvchilarga bilim va tarbiya berishning quyidagi tartib qoidalariga rioya qilinadi


Download 14.45 Kb.
bet2/5
Sana26.03.2023
Hajmi14.45 Kb.
#1298060
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tezis

Didaktik o’yinlarni tanlashda o’quvchilarga bilim va tarbiya berishning quyidagi tartib qoidalariga rioya qilinadi:

  • Didaktik o’yinlar tanlash va ulardan foydalanishda o’quvchilarning yosh xususiyatlari pedagogik jihatdan tayyorgarligi va bilim saviyasi hisobga olinadi;

  • Tanlangan har bir o’yin o’quvchilarga sistemali bilim berish, malaka va ko’nikmalar hosil qilish bilan birga ularning barkamol bo’lib yetishishiga va ruhan tetik o’sishiga qaratilgan bo’ladi;

O‘yin elementlari didaktik vazifalarni bolalardan yashirishga xizmat qiladi, shu tariqa ular uchun qiyin bo‘lgan mavzuni tushunish jarayonini yengillashtiradi. Ta’limiy mazmunga ega bo‘lgan o‘yinlardan,avvalo, mavzuga oid oddiy qiziqarli savol-javoblardan darsning ma’lum qismida foydalanish kerak. Shu tarzda boshqotirma, tez aytish kabi o‘yinlar muntazam o‘tkazib turilsa, o‘quvchilarda ma’lum bir ko‘nikmalar to‘planib boradi. Shunga ko‘ra o‘quvchilar egallashi shart bo‘lgan ko‘nikma va malakalar: tasvirlay olish, tushuntira olish va bashorat qila olish qobiliyatini hosil qiladi.
Didaktik o’yin turlarini tanlash mezonlar:
- ishtirokchilar tarkibi bo’yicha - o’g’il bolalar, qiz bolalar, o’smirlar, katta yoshdagilar uchun o’yinlar;
- ishtirokchilar soni bo’yicha - yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, raqobatdosh komandalar, sinflar aro va ommaviy o’yinlar;
- o’yin jarayoni bo’yicha - fikrlash, o’ylash, topag’onlik, harakatlar, musoboqa va boshqalarga yo’naltirilgan o’yinlar;
- vaqt meyori bo’yicha - dars, mashg’ulot vaqtining reja bo’yicha ajratilgan qismi, o’yin maqsadiga erishguncha, g’olib yoki g’oliblar aniqlanguncha davom etadigan va boshqa o’yinlar.
Dars jarayonida o‘yinlarni to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazishda vazifalar, qoidalar va ularning natijalarini tahlil qilish bosqichlarini aniq belgilab olish lozim. Quyida ona tili, matematika, oʻqish darslarida qo‘llanilayotgan bir necha didaktik o‘yinlardan namunalar keltiramiz.

Download 14.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling