Boshlang‘ich sinf ona tili, matematika,Oʻqish darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish ashirova Dilnura Rustamjon qizi, chdpu 3-bosqich talabasi Annotatsiya


Download 14.45 Kb.
bet4/5
Sana26.03.2023
Hajmi14.45 Kb.
#1298060
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tezis

O’yinning borishi: O’qtuvchi masalani o’qiydi o’quvchilar masalani qaysi amal bilan yechish kerak bo’lsa o’sha “ishora” ni ko’rsatadilar. Masalan:
1. Salimaning 2 ta qora va 4 ta qizil qalami bor. Hammasi bo’lib nechta qalami borligini qaysi amaldan foydalanib topamiz? O’quvchilar”+”ni ko’rsatadilar. Masala og’zaki yechiladi.
2. Nigorada 6 ta daftar bor edi. 3 tasini ukasiga berdi. Nigorada nechta daftar qoldi? Mustahkamlash o’quvchilar”-“,”+” qo’shish ayrish belgilari qochon qo’shilishini so’rab, ularning bilimini mustahkamlaydi.
Oʻqish fanidan qoʻllaniladigan didaktik oʻyinlar:
«Kim tez topadi?» o‘yini.
O‘quvchilar guruhlarga ajratiladi. O‘yinning sharti: shunday so‘zlar topingki, ularning bosh yoki oxirgi harflari olib tashlansa ham, ma’lum ma’no bildirsin. Masalan: «Soy suvi haqidagi ertak» (Zohir A’lam) ertagida soy – oy, yo‘q – o‘q, boy – oy, odam – dam, qish – ish, yoz – oz so‘zlarini tez topadilar.
«Multfilm chizamiz» o‘yini.
O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadilar. Kartochkalarda yozilgan topshiriqlarni oladilar, ularni bajaradilar va fikr almashadilar. Masalan, Aziza Ahmedovaning «Qish ertagi» mavzusini o‘tishda foydalanish mumkin. Topshiriq:
– «Qish ertagi» matnini o‘qimagan bolalar ertak mazmunini tushunishlari uchun qanday suratlar chizish maqsadga muvofiq?
– Chizilgan suratlar orasidan ertak mazmunini tushunish uchun yordam beradigan eng asosiylarini tanlab oling.
– Suratlarning tagiga asardan tanlab olib yoki o‘zingiz o‘ylab topib ularga mos yozuvlarni yozing
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki bugungi dunyo miqiyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta’lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganligi ehtiyojidan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi texnika va texnologiyani chuqur bilishi, tahlil qila olishi va yangilik yaratilish darajasida bilimli va mahoratli bo‘lishi juda muhim. Buning uchun darsni tashkil etish jarayonida barcha o‘quvchilarga tushunarli, oson, qiziq bo‘lgan usullarni tanlashi va qo‘llay olishi, ko‘rgazmali qurollardan foydalanishi, yangi ishlab chiqarilayotgan texnik vositalarni tadbiq qilishi, ta'lim oluvchilarni ijodiy, mustaqil ishlashga undashi, didaktik o‘yinlardan to‘g‘ri va unumli foydalanishi maqsadga muvofiqdir

Download 14.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling