Boshlang‘ich sinf ona tili, matematika,Oʻqish darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish ashirova Dilnura Rustamjon qizi, chdpu 3-bosqich talabasi Annotatsiya


Download 14.45 Kb.
bet3/5
Sana26.03.2023
Hajmi14.45 Kb.
#1298060
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tezis

«Jonli hikoya». O‘qituvchi so‘zlar yozilgan qog`ozlarni o‘quvchilarga tarqatib, hikoya o‘qib beradi (Qog`ozlarda yozilgan so‘zlar birgalikda shu hikoyani hosil qiladi). O‘qituvchi hikoyani ikkinchi marta o‘qib berganda
o‘quvchilar qo‘llaridagi qog`ozlarni shunday ketma-ketlikda joylashtirishlari
kerakki, qog`ozlardagi yozilgan so‘zlar bir butun gapni, gaplar esa hikoyani hosil qilsin. Bu o‘yinni o‘tkazishda darslikdagi hikoyalar yoki darslikdan tashqari hikoya va ertaklardan foydalanish mumkin.
«Quruvchi». Bu o‘yindan o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, o‘tgan mavzuni yoki yangi mavzuni mustahkamlash qismida yoki darsdan tashqari mashg`ulotlarda foydalanish mumkin. O‘qituvchi avvaldan darsga tayyorgarlik ko‘rib, qog`ozdan yoki penoplast bo‘lakchalaridan «g`isht»chalar yasaydi va bu «g`isht»chalarga savol yozilgan qog`ozchalarni yopishtirib chiqadi. «g`isht»chalar soni o‘quvchilar soniga teng yoki ko‘p bo‘lishi kerak. Guruhlarga «minora» yoki «devor» qurish uchun joy ajratiladi. har bir guruxdan bittadan bola chiqadi va «g`isht»chani olib savolni o‘qiydi. Agar savolga to‘g`ri javob topsa o‘zlarining «maydon»chalariga teradilar. Agar noto‘g`ri javob bersalar o‘qituvchi «g`isht»chani olib qo‘yadi.
O‘yin shu taxlitda barcha o‘quvchilar savollarga javob berib bo‘lgunlariga qadar davom etadi. «Qurilish maydonchasi»da eng ko‘p gisht tergan o‘quvchilar guruhi gʻolib sanaladi.
Boshlang`ich sinf o‘quvchilarini kreativ fikrlashga o‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan ta'limiy o‘yinlarni boshlang`ich sinf ona tili dasturi bo‘yicha tahlil qilamiz. 1-sinf «Ona tili» darsligi 1-bo‘limi «Tovushlar va harflar» bo‘limidir. Bu bo‘limda «O’zim tekshiraman», «Harflarni top», «Sirli so‘z», «Bu meniki», «Iztopar» o‘yinlaridan foydalanish mumkin.4-sinf «Ona tili» darsligi 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash va «So‘z turkumlari» bo‘limlaridan iborat. 4-sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, yuqorida keltirilgan didaktik o‘yinlardan foydalanishda imkoniyatlar katta ekanligini ko‘ramiz. Masalan, «Takrorlash» bo‘limida «oʻzim tekshiraman», «Topag`on», «Noto‘g`ri jumla»,
«Davom ettir», «Safar», «Zanjir», «g`yin-topishmoq», «Rebus», «Krossvord», «Quruvchi» o‘yinlaridan foydalanish o‘quvchilar uchun ma'lum bo‘lgan bilimlarni takrorlash jarayonini zerikarli bo‘lmasligini ta'minlaydi va kreativ fikrlashga o‘rgatadi.
Boshlang’ich ta’lim davrida o’quvchilarning aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil qilishda didaktik o’yinlar alohida o’rin tutadi. Matematika darslarida didaktik o’yinlardan foydalanish o’quvchilar zehnini o’stirish, tez hisoblash ko’nikmalarini oshirishda muhim ahamiyatga. Didaktik o’yinlar jarayonida o’quvchilar o’yin qoidalariga rioya qilishga o’rganadilar, inoqlik hissi, dunyoqarashlari shakillanib boradi. Matematika darslarida boshlang'ich sinflarda didaktik o'yinlar kamroq qo'llaniladi. Shunga qaramay, bu asrdagi o'yin texnologiyalari bilimlarni olish va mustahkamlashning eng samarali usuli hisoblanadi. O'yinlar kuzatuvni, o'xshashlik va farqlarni aniqlash qobiliyatini rivojlantiradi, fikrlashni, e'tiborni va tasavvurni yaxshilaydi. Bundan tashqari, o'yin faoliyatini tashkil etish, nisbatan murakkab bir mavzu sifatida matematikaga qiziqishni rivojlantirishning juda samarali usuli hisoblanadi.Quyida matematika fanida qoʻllaniladigan didaktik oʻyinlardan namunalar keltirilgan;
Ishoralar” o’yini.
O’yinning maqsadi: bir amali masalani og’zaki yechish ko’nikmalarini rivojlantirish. “-“,”+” belgilari.

Download 14.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling