Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida o’zbek bolalar she’riyatining o’qilishi
Darslikning 10-bo’limi “9-may Xotira va qadrlash kuni”
Download 209 Kb.
|
O‘QISH DARSLARIDA SHE’R O‘QISH USLUBIYATI (3-SINF)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darslikning 11-bo’limi “Yoz fasli – soz fasl”
Darslikning 10-bo’limi “9-may Xotira va qadrlash kuni” deb nomlanib, unda M.Yusufning “Yurtim, ado bo’lmas armonlaring bor” she’ri o’rin olgan. Istiqlol davrida yurtimizda qanchalar yo’l-u ko’priklar solingani yanglig’, necha aziz-u avliyolarning yotar makonlari obod etilib, yana qanchalar muhtasham, muazzam binolar tiklangani, misol adabiyotimizda ham, she’riyatimizda ham bu yillar nurli izlar qoldirdi. M.Yusuf she’rlarida buyuklar, mutafakkirlar, vatan uchun jon bergan mard, jasur yigitlarning shonli yo’li yosh qalblarga ezgulik urug’ini sochadi, ularda faxr tuyg’usini o’stiradi:
Yurtim, ado bo’lmas armonlaring bor, Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor. O’tmishingni o’ylab og’ribdi jonim, Ko’ksing to’la shahid o’g’lonlaring bor. Yurtim, ko’nglingdek keng osmonlaring bor, Yulduzni yig’latgan dostonlaring bor. Osmonlaringdan ham diydoringga zor, Jayrondek termulgan Cho’lponlaring bor. Qo’ling qadog’iga bosay yuzimni, Onamsan-ku, og’ir olma so’zimni. Qayinbarglar yopib qaro ko’zini, Olislarda qolgan Usmonlaring bor. Qurboning bo’layin, ey onajonim, Sening faryodlarin – mening fig’onim. O’tmishingni o’ylab, o’rtanar jonim, Aytsam ado bo’lmas armonlaring bor (202-bet). Ustozlar izidan ular bilan yonma-yon Muhammad Yusuf ham ta’bir joiz bo’lsa agar o’z she’rlari bilan nurli ko’priklar solib, yorug’ yo’llar ochdi. U o’z diyorini o’zgacha bir zavq-u shavq bilan kuyladi. Darslikning 11-bo’limi “Yoz fasli – soz fasl” deb nomlanib, unda O.Rasulning “Yoz”, H.Yoqubovning “Inson insonga o’rtoq”, I.Muslimning “Quvnoq o’tsin ta’tilimiz” she’rlari o’rin olgan. O.Rasulning “Yoz” she’rida yoz faslining darakchisi laylakning uchib kelishi, faslning o’zgacha tarovati rang-barang buyoqlarda tasvirlanadi. Yoz keldi-yu, yoz keldi, Ko’lga o’rdak, g’oz keldi, To’kinchilik soz keldi. Quyosh bobom-sahiy qo’l, Rang-bisoti juda mo’l, Ko’zlagani -to’g’ri yo’l. Shuningdek, bolalarning sevimli shoiri Ilyos Muslim maktabda tinim bilmay kecha-yu kunduz bilim egallashga harakat qilib a’lo va yaxshi baholarda o’qib, toliqqan bolajonlarimizning yozgi ta’tilno orziqib kutayotganliklarini, ta’tilda miriqib dam olishlarini badiiy umumlashmalarda yorqin ifodalaydi: Ko’m-ko’k baxmal tog’lardan oshib, O’quvchilar o’ynab kulingiz! O’lkamizda go’zal yoz chog’i, Sizni kutar lola-gulingiz. Bel baravar barra o’tlarni Kurt-kurt yeydi qo’y-qo’zichoqlar. -Biz ham shodmiz siz kabi,- deya, Qirga kishnar toy-qulunchoqlar. Ta’tilga chiqqan bolajonlarimiz dam olish bilan birga uy yumushlariga ham qarashishlari lozimligi, qo’y-qo’zichoqlarni dala-qirda aylantirib shodon kunlarini o’tkazishlari tasvirlangan. Umuman olganda, 3- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlar 11 bo’limda mavzuga mos holda tanlangan bo’lib, she’rlar boshlang’ich sinf o’quvchilarining yosh xususiyatiga mos, sodda, ravon, badiiy pishiq, mazmun- mohiyati keng. Har bir bo’lim o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasida katta ahamiyatga ega. O’zbek bolalar adabiyoti she’riyatining eng sara namunalari shu ma’noda yosh avlod qalbida istiqlol tuyg’ularining chechak ochishida, haqiqiy, tom ma’nodagi ona-Vatan-kindik qoni to’kilgan muqaddas zaminga mehr-muhabbat, ona-Zaminni, uning betakror tabiati-qir adirlarini, tog’u-o’rmonlarini, bog’-rog’larini, daryoyu ko’llarini avaylab asrashga, kun sayin ko’z o’ngimizda qurib, yo’qolib borayotgan yakkash, yagona dengizi-Orolni saqlab qolish uchun kurashish tuyg’ularini shakllantirishga, “O’zbekiston” deb atalmish ana shu muqaddas Vatanga, uning nomini olamga taratgan buyuk farzandlari-mutafakkir olimu shoirlari, Mustaqil O’zbekiston yagonaligi uchun kurashgan sohibqiron tojdorlari sha’niga munosib farzand bo’lish ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi Zero, she’riyat-Ona qadar beg’ubor go’zallik, Ona qadar mehribon va talabchan murabbiydir. Sevimli shoirimiz Abdulla Oripovning dil qa’ridan otilib chiqqan “Onajonim, she’riyat” degan nidosi shu bois ham she’riyatda oshno qalblarga go’zallikni his qiladi, go’zallikdan zavq oladi, bunday qalbning o’zi ham go’zal bo’ladi. Ana shu ma’noda “O’qish kitobi”dagi o’zbek bolalar adabiyoti she’riyatning eng yaxshi namunalari hayotga endigina qadam qo’yib kelayotgan yosh avlodning pok qalbini go’zallik nuri bilan munavvar qiladi, bu beg’ubor qalblarga ezgulik urug’ini sochadi, ularni go’zal Ona-vatanimizning porloq kelajagini yaratuvchi tom ma’nodagi go’zal insonlar qilib tarbiyalashdek mas’uliyatli ishga o’zining holis hissasini qo’shadi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, she’rni o’qiganda kichik yoshdagi o’quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. She’riy hikoya, she’riy ertaklarda syujet, ya`ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. Lirik she’r “biror hayotiy voqea-hodisa ta`sirida insonda tug`ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg`ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning xususiyati “kishining his-tuyg`uga to’la hayajonli nutqini ta`sirliroq ifodalashda qo’l keladi”.Lirik she’rni o’qish va tahlil qilish o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Holbuki, ko’p hollarda she’rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunday holda she’riy san`at hissiyot bilan bog`liq ekanligi unutiladi, she’r ma`nosining satrlar, so’zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida o’quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag`zini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar zaminidagi yashirin ma`noni o’qish mehnattalab ishdir.She’r ohang jihatidan ma`lum bir tartibga solingan, his-tuyg`u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She’riy nutqni ohang jihatidan ma`lum bir tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik bo’laklarning izchil va birmeoyorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh so’zlar) hisoblanadi.She’rni o’qiganda kichik yoshdagi o’quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega.Boshlang`ich sinflarda she’r tarzida yozilgan hikoyalar, ertaklar, lirik va epik she’rlar o’qitiladi.She’riy hikoya, she’riy ertaklarda syujet, ya`ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. Lirik she’r “biror hayotiy voqea-hodisa ta`sirida insonda tug`ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg`ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning xususiyati “kishining his-tuyg`uga to’la hayajonli nutqini ta`sirliroq ifodalashda qo’l keladi”.Lirik she’rni o’qish va tahlil qilish o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Download 209 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling