Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida o’zbek bolalar she’riyatining o’qilishi


II BOB. 3 - 4 - SINF “O‘QISH KITOBI”DAGI SHE’RIY ASARLARNING BADIIY TASVIRIY IFODAVIYLIGI VALEKSIK-SEMANTIK TAHLILI


Download 209 Kb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi209 Kb.
#1569579
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O‘QISH DARSLARIDA SHE’R O‘QISH USLUBIYATI (3-SINF)

II BOB. 3 - 4 - SINF “O‘QISH KITOBI”DAGI SHE’RIY ASARLARNING BADIIY TASVIRIY IFODAVIYLIGI VALEKSIK-SEMANTIK TAHLILI
2.1. 3- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarda qo’llanilgan badiiy tasviriy
vositalar va poetik figural
San’at va adabiyotda obraz deyilganda inson nazarda tutilar ekan, demak u ijodkorning maqsad, muddaosini ifoda etuvchi kishi tasviri bo‘ladi. V. Belinskiy san’at va adabiyotda obraz deyilganda inson e’tiborga olinishini ta’kidlar ekan, «Tabiat san’atning timsolidir, lekin undagi eng oliy predmet esa albatta inson hisoblanmog‘i kerak», deydi. Chunki inson san’at va adabiyotning asosiy ta’sir vositasi ekanligi haqiqatdir. Jumladan, asosiy qahramonlari hayvonlar bo‘lgan masallarda ham odamlarning harakat - holatlari ramz (simiol)lantiriladi.
Shuningdek, badiiy obraz deyilganda inson bilan birgalikda ijodkor qo‘llagan ifodalar, ko‘chma ma’no beruvchi so‘z, iboralar ham tushuniladi.
Badiiy obraz terminini asarda qo‘llangan badiiy vositalar (o‘xshatish, sifatlash, mubolag‘a kabi)ga nisbatan ham ishlatish mumkin. Shuningdek, muayyan davrga xos manzaralarni qabariq, ta’sir­chan holda gavdalantirishga nisbatan ham «bu asarda davrning o‘ziga xos obrazi gavdalantirilgan» deyish ham mumkin.
Badiiy asarlarda antonim, sinonimlardan tashqari, ko‘chimlardan ham foydalaniladi. Ko‘chim so‘z yoki so‘z birikmasining o‘z ma’nosidan boshqa ma’noda qo‘llanishidir. Ko‘chim trop deb ham yuritiladi. Ko‘chimlar ham nutq ta’sirchanligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Ko‘chimlar bir necha turlarga bo‘linadi: metafora (istiora), metoni­miya, sinekdoxa, allegoriya (majoz) va boshqalar.
3- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarda badiiy tasviriy vositalar va poetik figuralar qo’llanganki, har biri alohida tahlil talab etadi. Biz BMIda ba’zi she’riy asarlarda qo’llanilgan badiiy tasviriy vositalar va poetik figuralar tahliliga to’xtaldik.
Safo Ochil she’rlari ramziy ifodalar orqali o’zining falsafiy fikrlarini bolalar tilidan jonlantirishga harakat qiladi. Bu o’rinda “Kungaboqar” she’ri diqqatga loyiq.
Kungaboqar muloyimdir
Uyati bor.
O’ziga xos, qiziq, ajib,
Odati bor-
Tunda yerga, kunduz esa
Kunga boqar.
Shu boisdan yeru-kunga
Birday yoqar.
Qorni to’ygach, “yig’ib olar”
U esini
Quyoshga ham ko’rsatadi
Yelkasini … .
Bu she’rda o’zbek xalq og’zaki ijodiga xos botiniy parallelism uslubi gavdalanadi. Kungaboqarning o’ziga xos xususiyatlari, o’sish, “yashash” tarsi yashirin tarzda insonga qiyoslanadi. Darhaqiqat, ayrim laganbardor odamlarning rahbaru-amaldorlarga yaltoqlanishi, ularning og’ziga qarab turishi va ularga egilib-bukilib turish manzaralari barchaga ma’lum. Qolaversa, hayotda ba’zi bir kishilar borki, ular ishi bitgach yaxshilikni tez unutadilar, ezgulik qilgan insonga hatto “yelkasini ko’rsatadi”lar.
Parallelizm ikki yoki undan ortiq narsa-hodisani yonma-yon qo‘yish orqali mazmunni yorqinlashtirish uslubi sanaladi. Unda narsa-hodisalar bir-biri bilan muqoyasa qilinadi yoki zidlashtiriladi. Ushbu yo‘l bilan fikr aniqlashtiriladi, uning ta’sirchanligi kuchaytiriladi. Parallelizm yunoncha so‘z bo‘lib, «yonma - yon boruvchi» degan ma’noni bildiradi. Parallelizmlar mazmunan teng yoki bir-biriga yaqin hodisalarning qiyoslanishi, o‘xshatilishi, qarama - qarshi qo‘yilishi, talaffuzda bir xil ohangdorlikqa asoslangan bo‘lishi (intonatsion parallelizmlar) va boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Radiflar ham parallelizmning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin, Albatta, bunda misralarda fikr mazmuni o‘xshash yoki bir-biriga yaqin hodisalarni ifoda qilish lozim.
A.Obidjonning “So’nggi axborot” she’rida kuz faslida g’arq pishadigan bog’ va poliz mahsulotlarini jonlantirib inson kabi harakatga keltiradi. Uzilgan uzumning tezda ezilib qolishi, daraxt shoxidan uzilib tushgan olma bir joyda turishi, oshqovoqning lo’ndaligi qorindor kishilarning ko’rinishiga o’xshashi kurashda lat yegan kishining holati baqlajon ko’rinishida tasvirlanishi jonlantirish va o’xshatish usulining mohirona qo’llanganligini guvohi bo’lamiz.
Uzum boshi aylanib
Bo’p qoldi kasal.
Shoxdan yiqilib olma
Yotibdi o’sal.

Shamollatdi qornini


Oshqovoq polvon
Pachoq qildi burnini,
Mulla baqlajon.
Jonlantirish ham badiiy asarlarda keng qo‘llanadigan badiiy tasvir vositalari sirasiga kiradi. Jonlantirish kishilarga xos xususiyatlarni jonsiz va mavxum narsa - hodisalarga kuchirishdir. Masalan, xo‘mraygan bulutlar deyiladi. Bunda kishilarga xos xo‘mrayish jonsiz bulutga kuchirilgan bo‘ladi. Asarlarda tog‘-tosh, shamol, daraxt, mevalar xuddi odamlarga o‘xshatib gapirtiriladi.
Poetik figuralarning kuchaytiruvchi tasvir usuli ahafora M.A’zamning “Vatan” she’rida tasvir ob’ektini ta’kidlab ko’rsatadi.
Vatan bizning uyimiz,
Vatan bizning ko’chamiz.
Vatan bizning tog’imiz
Olma, anor bog’imiz.
Shoir “Vatan”, “bizning” so’zlari orqali kitobxonlar diqqatini qayta-qayta tortadi ( badiiy ta’kid sifatida) va har safar go’zal diyorimiz xislatlarinining u yoki bu qirrasini badiiy kashf etadi, ohangning o’ta jo’shqinligiga erishadi. Shuningdek, she’rda sintaktik parallelizm ham o’rinli qo’llangan.
Badiiy asar tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri uning o‘ziga xos qurilishidir. U oddiy so‘zlashuvdagi nutqdan gap tuzilishiga ko‘ra jiddiy farq qiladi. Badiiy asar tili ba’zi o‘rinlarda, hatto, grammatika qoidalariga ham mos kelmaydi. Ilmiy asarlar tilida esa grammatika qoidalariga to‘la rioy qilingan bo‘ladi. Badiiy asar tilida fikrning ta’sirchan bo‘lishi asosiy maqsad qilib qo‘yilsa, ilmiy asarlarda fikrning mantiqan ishonchli bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. She’riy, nasriy asarlarda fikrning hissiy ta’sirchan bo‘lishiga erishish uchun gap qurilishining intonatsiya, parallelizm, takror, anafora, inversiya, antiteza, ritorik murojaat, ritorik so‘roq kabi ifoda usullari qo‘llaniladi.
Badiiy asarlarda tasvir vositalari ayrim holda ham, bir nechasi birgalikda, o‘zaro botiq holda ham ishlatiladi. Masalan, ayrim she’rlarning bir bandida o‘xshatish ham, sifatlash ham, mubolag‘a, jonlantirish ham qo‘llangan bo‘ladi. Ular ta’sirchan obraz va manzara yaratish bilan birgalikda, ijodkorning voqelikka munosabatini ham bildirib turadi.
Yil fasllari tasviriga bag’ishlangan she’rlaridagi o’ziga hos ohorli tashbehlar kitobxon ko’z o’ngida Ona tabiat tarovatini o’zgacha ranglarda namoyon qiladi. Shu nuqtai nazardan Zafar Diyorning “Birinchi qor” dagi rangin chizgilar qish faslining turfa holatlarini yaratishi bilan xarakterlidir.
Oppoq tiniq
Oppoq qor.
O’ynab tushar osmondan.
Qor qo’ynida o’ynoqlab
Yurar yoshlar shod-xandon.
Mohir qo’lli
Tabiat
O’z hunarin ko’rgazar…
Marhabo –
Deb bizlarga
Sepayotir zar va zar.
Issiq-issiq
Kiyinib
Qor qo’ynida o’ynaymiz…(87-bet)
Shoir yosh kitobxonga tabiatni mohir qo’lli hunarmandga o’xshatyapti. Hunarmand o’zining bejirim mahsulaotini xalqqa ulashgani kabi, mohir usta Tabiat ham oppoq zarrin qor parchalarini elga ulashyapti. Uning bag’ri kengligidan barcha shodon. Shoir she’rda badiiy tasvir vositalarini shunday o’rinli qo’llaganki, jonlantirish usuli orqali oppoq qor obrazini mohirona yaratgan. “Oppoq qor, O’ynab tushar osmondan”, “O’z hunarin ko’rgazar…”, “Sepayotir zar va zar”. Bunda qor raqqosa singari o’ynashi, hunarmand kabi o’zi yaratgan zarbop liboslarini yoshu keksaga ulashayarti. Jonlantirishning tashhis usuli orqali tabiat va qorni insoniylashtirayapti. She’rda poetik shakl jihatidan qati’ (ya’ni arabcha she’riy nutqni kecish usuli) usuli qo’llangan.
Umuman olganda, darslikda keltirilgan she’rlarda badiiy tasvir vositalari va poetik figuralar juda o’rinli qollangan.

Download 209 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling