Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida o’zbek bolalar she’riyatining o’qilishi


Download 209 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi209 Kb.
#1569579
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O‘QISH DARSLARIDA SHE’R O‘QISH USLUBIYATI (3-SINF)


RENESSANS TA’LIM UNIVERSITETI
O‘QISH DARSLARIDA SHE’R O‘QISH USLUBIYATI (3-SINF)
mavzusidagi
KURS ISHI


Bajardi: BT – 307 guruh
Talabasi Xakimova Ro'zibi
Rahbar: “Pedagogika va ijtimoiy fanlar”
kafedrasi dotsenti v.b.Marufova Z.N.,
fil.fan.b.falsafa doktori (PhD)
--------------------------

Toshkent – 2023


MUNDARIJA:
Kirish……………………………………………………..………………………....3
I BOB. Badiiy asarni ifodali o‘qish va uning nazariy asoslari
1.1. Ifodali o‘qishda she’riy o‘lchovlarning o‘rni va ohangdorlikni
oshiruvchi vositalar………………………………………………………………….5
1.2. 3- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning mavzu ko‘lami va
mazmundorligi……………………………………………………………………..15
II BOB. 3- va 4-sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning badiiy tasviriy
ifodaviyligi va leksik-semantik tahlili
2.1. 3- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarda qo’llanilgan badiiy tasviriy
vositalar va poetik figuralar………………………………………………………..19
2.2. 3-sinf o‘qish darslarida she'r o'qish namunaviy tahlili……………………23
Xulosa….………………………………………………………………………….32
Foydalanilgan adabiyotlar …………….……………………………………...33

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, xususan, milliy istiqlol g’oyalarining hayotimizda toboro chuqur ildiz otib borishi ta’lim tizimidagi islohotlarning ham mazmunini boyitmoqda. Yoshlarning har tomonlama kamol topishi, o’qishga havas qo’yishi esa maktabga ilk bor qadam qo’yib o’zlashtiradigan bilimlari, ko’nikma va malakalari darajasiga borib taqaladi. Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’- e’tibori, avvalombor, farzandlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib, hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”, deb ta’kidlagan edi. Shu bois, bolalarning puxta bilim olishlari, teran fikrlashlari uchun, eng avvalo, ta’lim beruvchining mahoratiga va bolalarning ta’lim olishiga jiddiy e’tibor qaratmog‘i lozim. Ta’lim-tarbiya tizimida uning har bir bo’g’ini muayyan maqsadga yo’naltirilgani kabi boshlang’ich ta’lim, xususan, o’qish darslarida o’quvchilarni erkin fikrlashga o’rgatishi va mustaqil mutolaaga rag’bat uyg’otishiga ko’ra alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar adabiyoti so’z san’ati va tarbiya vositasidir. Bolalar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos kitobxonlar qalbida o’y –fikrlar uyg’otadigan yorqin obrazlarga boy, yuksak g’oyalarga, ulkan va porloq ishlarga ilhomlantiradigan bo’lishi zarur.
Tadqiqotning maqsadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi o’qish darslari orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarini she’riy asarlarni ifodali o’qitilishi, tasviriy ifodalari, unda ilgari surilgan g’oya va mazmun uyg’unligini tahlil qilish, she’riy o’lchovlar tiziminio’rgatishdan iborat.
Tadqiqotning vazifasi. Ushbu maqsadga erishish uchun tadqiqot oldiga qo’yidagi vazifalar qo’yiladi;
- 3-,4-sinf “O‘qish kitobi”dagi bo’limlarda berilgan she’rlarning mavzu doirasini aniqlash;
- 3-,4-sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatini oydinlashtirish;
- 3-,4-sinf “O‘qish kitobi”dagi she’rlarning tizimliligi, turoqlanishini tahlil qilish;
-3-,4-sinf “O‘qish kitobi”dagi she’rlarda qo’llanilgan tasviriy ifodaviy vositalarning, poetik figuralarni tahlili qilish.

Download 209 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling