Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematikani o‘qitishda izchillikni ta’minlash (3-sinf misolida) Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob


Muammoning o`rganilganlik darajasi


Download 75.48 Kb.
bet2/9
Sana28.12.2022
Hajmi75.48 Kb.
#1018890
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematikani o‘qitishda izchill

Muammoning o`rganilganlik darajasi. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini takomillashtirishga bag`ishlangan ilmiy adabiyotlar tahlili psixologik, pedagogik tadqiqotlarda boshlang`ich sinflarda va boshlang`ich o`qitish samaradorligini oshirishning ilmiy tahlili birinchidan, axborotlarni boyitib berish orqali ta’lim mazmunini o`zgartirish, didaktik elementlarni kattalashtirib o`zlashtirish, (B.P.Erdniyev, P.M.Erdniyev), xar bir fanning asosiy g`oyasini ajratish (A.D.Zveryev, B.H.Maksimova, R.A.Mavlonova, A.A.Abduqodirov, A.M.Markushevich) nazariy bilimlarning rolini oshirib (B.B.Davidov, A.K.Marikova, Ye.Ikromov, A.M.Rishkalo, I.SH.Levenberg, N.U.Bikbayeva, Ye.Yangiboyeva, M.Axmedov) yo`nalishlarida amalgi oshirilgan. Boshlang`ich sinf uchun darslik va o`quv qo`llanmalari (K.Qosimova, L.SH.Levenberg) o`qituvchilar uchun qo`llanmalar (M.Maro, A.M. Rishkalo, L.SH.Levenberg, N.U.Bikbayeva) va o`quvchilar uchun tarbiya-sinov qo`llanmalari (M.Axmedov, N.Abdullayeva, R.Ibragimov, Yu.M.Kalyagin, P.M.Erdniyev) mualliflari mashqlar to`plami (o’quv materiallari orqali boshlang`ich sinf o’quvchilarining matematik tafakkurini, matematik tafakkurini rivojlanishiga to`xtalib o`tilgan. Didaktika va ta’lim metodikasining xususiy masalalariga bag`ishlangan ishlarda (P.M.Erdniyev, N.U.Bikbayeva, L.SH.Levenberg, R.A.Mavlonova, K.Qosimova va boshqalar) o`ragnganlar.
Bitiruv malakaviy ish ob’ekti: Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ish predmeti: Boshlang`ich sinf o`quvchilarida matematikani o`qitishda izchillikni ta’minlash ishlarini bir tizimga keltirishni tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ish maqsadi: Boshlang`ich sinf o`quvchilarida matematikani o`qitishda izchillikni ta’minlashning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ish jarayoni va bitiruv malakaviy ish farazi: Boshlang`ich sinf matematika o`qitish metodikasidan 3-sinf o‘quvchilarida matematikani o`qitishda izchillikni ta’minlashga doir misol va masalalarni o`rgatish va o`quvchilarning fikrlash qobiliyatini mustahkamlash;
- 3-sinf matematika darsining konsentrik tuzilishi nazariyasini puxta o`rganish.

  • Geometrik figuralar va ularni o`rgatish metodikasi izchilligining nazariy asoslarini o`rganish va amalda qo`llab ko`rish

  • Kasrlar va miqdorlar tushunchasi, ularni o`rgatish metodikasining hozirgi kundagi ahamyati haqida izlanish

  • Boshlang`ich sinf o`quvchilariga matematikani o`rgatishda matematik ifodalar, tengsizliklar va tenglamalarning tadbiqiy izchilligini tadbiq qilish.

  • Matematik tafakkurni rivojlantiruvchi mashg`ulotlar sub’yekti sifatida boshlang`ich sinf o`quvchilarining tafakkuri rivojlanishi ta’minlana borilsa.



Download 75.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling