Boshlang’ich sinf o’quvchilarida muvafaqiyatga erishishga intilish motivi shaxsning ustuvor xususiyati sifatida
Download 283.5 Kb.
|
8-MAVZ~1
Navro’z bayrami
Millatimizga xos bo’lgan eng qadimiy xalq bayrami bo’lgan Navro’z (“Navro’z bayrami”) 21-mart kuni, bahor faslida, kun va tunning tengligi paytida nishonlanadi. Bu tabiatning uyg’onishi, ekin ishlarining boshlanishi bayrami bo’lib, marosimlarida zardushtiylik alomatlari saqlanib qolgan. Qadimgi O’zbekistonning ziroatchilik vohalarida har bahor faslida katta sayllar, bayramona bozorlar tashkil etilgan bo’lib, an’anaga ko’ra uylarda hozir ham “bo’g’irsoq” pishiriladi va marosim taomi – “sumalak” tayyorlanadi. Bayramdan keyin odatda daladagi ekin ishlari boshlangan, ularning paytida ham o’tmishda turli urf-odatlar va marosimlar bajarilar edi: dalaga chiqishdan avval ho’kizlarning shoxlari va bo’yinlariga moy surtilar edi. Birinchi egatni mahallaning eng e’tiborli va qari a’zosi o’tkazishi kerak bo’lgan. Davlat mustaqilligi davri mobaynida Navro’zni nishonlash yangicha ko’lam va teranlikka ega bo’ldi. U do’stlik, barcha xalqlarning birlashuvi, aka-ukaligi(opa-singilligi)ning umummilliy bayramiga aylandi va bu kunda urushganlarning yarashishi, bemorlarni yo’qlash kabi odatlari hali-hanuz davom etib kelmoqda. Qozoq millati urf-odatlari. Qozoq millatida kelin olish uchun kelgan mo’tabar kuyovlar el-yurt an’analari bo’yicha tantana bilan kelishadi. Bu yo’l ko’p maqsadlarda bo’ladi. Ular orasida eng muhim esdalik sovg’alaridan biri bu guruhga maxsus olib kelingan "toy moli" deb nomlangan an’anadir. Buning uchun har bir kuyov o’zining boyligi va kattaligiga qarab bir ot yoki bir nechta qo’y olib keladi. Erning sha’ni va obro’si shunga bog’liq. Shunigdek, qimmatbaho mato, mol, meva, shakar, choy ham qo’shiladi. Keltirilgan mollar orqali sovchi qiz otasidan, bobosidan yoki qishloqdagi oqsoqolidan duo so’raydi. Fotihadan so’ng chorva so’yiladi, ziyofatga yig’ilganlar undan tanovul qilishadi. To’y ziyofati kam bo’lsa, qizning opasi kuyovni uyaltiradi. Shuning uchun ham “to’y mollari”ning to’kin-sochinligi kuyov tomondan nazoratga olinadi. Ushbu millatda kiyinishning har xil turlari mavjud. Marosimlarda yosh ayollarning kiyinishi har xil bo’ladi. Yosh kelinlar ota-onasiga mehmonga kelganlarida shirin taomlar berish odati bor. Ayniqsa, yosh bolali kelinlar betakror libosda bo’lishlari lozim. Keksalar, onaxonlar, buvilar yosh kelinchak bilan xonadonga ziravor qilish uchun doimo cho’ntagiga tuz solib turishadi. Bu hamma eslaydigan qadimiy marosimdir. Tojik millatiga xos bo’lgan an’analari va urf-odatlari uzoq yillar davomida ushbu millat vakillari uchun muhim va qadrli bo’lib kelmoqda. Shuning uchun bolaning tug’ilgan vaqtidan boshlab, ongi va qilbiga singdirib boriladi. Tojikiston to’yi- tojiklardagi milliy va jamoat an’analaridan hisoblanadi. Tojikiston to’yi jamoaviy marosim bo’lib, to’y so’zi ostida 2 milliy tadbirlar - musulmon bolasi (Xatna To’y)ni hamda nikoh to’yini tashkil qiladi. Tojikistonda nikoh to’ylari juda qiziqarli va noodatiy tarzda o’tkaziladi. To’ylarida mehmondo’stlik fazilatlarini namoyish etishadi. Millat vakillari quvonchli onlarida ham, qiyinchiliklarda ham bir-birlarini qo’llab-quvvatlaydilar. Toylarida 7 yoshdan 70 yoshgacha barcha qarindoshlar qatnashishadi va bir-birlariga juda xushmumalalik bilan munosabatda bo’lishadi. Yurtimiz farzandlari yoshligidanoq o’zga millat vakillarining urf-odatlari va an’analarini ko’rib ulg’ayishmoqda. Boshlang’ich sinf tarbiya darslarida bu bilimlar yanada mustahkamlanib bormoqda. Xususan, 4-sinf “Tarbiya” darsligida berilgan “O’zbekiston – ko’p millatli davlat” mavzusida o’quvchilarga hikoya va ijodiy faoliyat uchun bir nechta topshiriqlar beriladi. Shuningdek, “Har yili 16-noyabrda O’zbekistonda “Xalqaro bag’rikenglik kuni” nishonlanadi. Mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydi. Ular qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, rus, tojik, turkman, tatar, ukrain singari turli millat vakillari hisoblanishadi. Barchamiz “O’zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida bitta mamlakatda ahil, inoq totuv bo’lib yashamoqdamiz”, kabi ma’lumotlar beriladi[4]. Ushbu mavzu bo’yicha ijodiy ishlarni bajarish jarayonida o’quvchilardan “Sizning mahallangizda qaysi millat vakillari istiqomat qilishadi?”, “Siz boshqa millatlarning milliy taomlari yoki urf-odatlari haqida bilasizmi?”, “Barcha millatlar bir-birlarini hurmat qilishlari nimaga xizmat qiladi?” kabi savollar bilan murojaat qilinadi. Millatlar o’rtasida turli munosabatlarni uyg’unlashtirish va buni yoshlar ongi va qalbiga ham singdirish mustaqil milliy davlatlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’p millatli davlatlarda milliy masalani barcha millat xalqlari manfaatlarini hisobga olmasdan hal qilishga urinish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi barchamizga ayon. Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak, ko’p elatli davlatlar jumlasiga kiruvchi O’zbekiston Respublikasi uchun ham millatlararo munosabat juda muhimdir. Bu hududda asosiy millat - o’zbeklar bilan bir qatorda o’z madaniyati, an’analari va ma’naviyatiga ega bo’lgan yuzdan ortiq millat vakillari istiqomat qiladilar. Manbalarda keltirilishicha, ularning mamlakat aholisi umumiy tarkibidagi ulushi 20 foizdan ortiqni tashkil etadi. Islohotlar strategiyasining borishini umumiy baholab, aytish mumkinki, O’zbekistonda millatlararo munosabatlar masalasiga alohida, ehtiyotkorlik bilan yondashgan holda islohotlar olib borilmoqda. Nazorat uchun savol va topshiriqlar: O’quvchilarning o’z-o’zini boshqarishini shakllantirishga yordam beradigan go’yalarni ayting. O’quvchilar o’z-o’zini baholash orqali qanday bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishadi? “Qobiliyat” va “Iste’dod” tushunchalarining ma’nosini izohlang. Siz o’quvchilarning qobiliyati va iste-dodini namoyon qilishlari uchun qanday usullarni tavsiya qilasiz? O’zbek xalqiga xos bo’lgan urf-odat va an’analar haqida so’zlab bering. O’zingiz bilgan o’zga millatlarning urf-odat va an’analarini ayting. Boshqa xalqlar urf-odat va an’analarini hurmat qilish va o’rganish nima uchun kerak deb o’ylaysiz? Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: Jabborova O, Umarova Z. Boshlang’ich ta’limda “Tarbiya” fanini o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma. Chirchiq-2021 Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. –T.: Nodirabegim, 2021 Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-2019. Download 283.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling