O’z xalqining va boshqa xalqlarning an’analari, qadriyatlariga qiziqishning namoyon bo’lishi
Mamlakatimiz 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinch-totuv, ahillikda yashab kelayotgan serquyosh maskan hisoblanadi. Bu yurtda o’zbek, tojik, qirg’iz, turman, rus, koreys va boshqa millat vakillari o’z an’analariga sodiq tarzda yashash bilan birgalikda bir-birlarining quvonchli kunlarida o’zga millat vakillarining urf-odatlari bilan ham yaqindan tanishmoqdalar.
O’zbek xalqiga xos bo’lagan urf-odatlar asrlar davomida O’zbek millating tashkil topishida katta ahamiyatga ega bo’lib, O’zbek oilasi o’z urf-odat-yu, an’analari bilan tirikdir.
Mehmondo’stlik, yoshi kattalarga hurmat-ehtiromli bo’lish har bir O’zbek oilasining asosiy o’ziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi.
Ushbu millatga mansub an’analardan biri – Salomlashuv. Salomlashuv —Qo’l berib yoki bag’riga bosib, o’ng qo’lini ko’ksiga qo’yib, ko’rishganda an’anaga ko’ra: “U insonning salomatligi ishdagi va uydagi ahvoli” haqida so’raladi hamda unga tinchlik, sihat-salomatlik tilanadi.
O’zbek millatiga mansub urf-odatlarning ko’pchiligi oilaviy hayotga oid bo’lib, farzand dunyoga kelishi va tarbiyasi (beshik to’yi, sunnat to’yi), nikoh (fotiha to’yi)dan iboratdir(3-rasm).
3-rasm. O’zbek millatiga mansub urf-odat va an’nalar
O’zbek millatining urf-odatlari nafaqat oilada balkim har bir sohada o’z aksini topgan, misol uchun: masjid, choyxonalar, bozorda, nahorgi osh, milliy bayramlar, navro’z bayrami, kelin salom, beshik to’yi va boshqalar alohida o’ziga xos bo’lgan urf-odatlari mavjuddir.
Beshik to’yi
Beshik to’yi – chaqaloqni birinchi marta beshikka solish bilan bog’liq bo’lib, nishonlanadigan marosimli bayram tadbiri hisoblanadi. Bu eng qadimgi va O’zbekistonda eng keng tarqalgan marosimlardan biri sanaladi. Odatda bu to’y chaqaloq tug’ilishining 7-, 9-, 11- kuni o’tkaziladi. Beshik va chaqaloq uchun barcha zarur anjomlar chaqaloq onasining qarindoshlari tomonidan beriladi. Dasturxonga non, shirinliklar, quruq mevalar va o’yinchoqlar o’rab beriladi. Chaqaloqning ota-onasiga, uning bobo-buvilariga sovg’alar tayyorlanadi. An’anaga ko’ra olib kelingan beshikni avval chaqaloqning bobosi o’ng yelkasiga qo’yadi, keyin o’g’lining o’ng yelkasiga uzatadi, u esa beshikni chaqaloqning onasiga berishi kerak. O’tmishda mehmonlarning barcha niyatlari toza va yaxshi bo’lishi uchun ular yuziga oq un surishar edi. Mehmonlar mehmonxonaga yasatilgan dasturxonga taklif etiladi va mehmonlar ovqatlanib, sozandalarni tinglab, bazm qilib o’tirgan paytda qo’shni xonada kampirlarning ishtirokida bolani yo’rgaklash va beshikka solish marosimi o’tkaziladi. Marosim oxirida mehmonlar bolani ko’rish uchun oldiga kiradilar, unga sovg’alarni beradi va beshikning ustiga parvarda yoki qand kabi biror shirinlik sepadilar. Bu marosimning yakuni bo’lib, shundan so’ng mehmonlar uy-uylariga qaytadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |