Boshlang`ich sinf o`quvchilarini asar bilan tanishtirish Mundarija


Download 1.5 Mb.
bet10/13
Sana21.06.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1645132
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
HAKIMOV NABIJON ONA TILI

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I.TASHKILIIY QISM:

  1. o`quvchilarning fanga oid darslik va o`quv qurollarini nazoratdan o`tkazish,

  2. kun haqida, maktab ichki tartib intizom yuzasidan, sinfni toza tutish,

  3. darsliklarni tartibli va ozoda tutish yuzasidan suhbat o`tkazish.

II.O`TGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH.
O`quvchilar bilan o`tgan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkazaman. Mavzuni o`quvchilarga o`qitib, oqish malakalaini tahlil qilgan holda baholab boraman.
III. YANGI MAVZU BAYONI:
Ajoyib tush
Bir bor ekan, bir yo'q ekan, qadim zamonda Tohir degan bir bola bo'lgan ekan. U yashaydigan joy juda chiroyli ekan. Kim kelsa, bu yerni maqtab-maqtab ketarkan. Tohirni ko'rgan gullar, daraxtlar, maysalar va bolalar o'zlarini undan olib qochishga intilisharkan. Chunki u doim bolalar bilan yoqalashar, daraxt shoxlarini sindirar, gullarni yulib, ozor berarkan.
Bir necha oy o'tibdiki, qishloqda biror marta ham yomg'ir yog'mabdi. Maysalar quriy boshlabdi. Bir kuni qishloq odamlari yomg'irni quyosh olib ketganini aytishibdi.
Tohir o'ylanib qolibdi: "Esiz, daraxtlar quriy boshladi. Men ularga qancha ozor berdim-a..." Shunda mayin ovoz eshitilibdi. Tohir oyog'i ostiga qarasa, bir gul turganmish.
1. Bo‘limda qanday she’r va hikoyalarni o‘rgandingiz?
2. “Mukofot” hikoyasidagi qahramonlarni sanab bering. Ularning qaysi biri to‘g‘ri ish qildi?
3 . “Sayoq bola” hikoyasi va “Yodlasam bo‘lmasmidi?” she’ridagi qahramonlarga baho bering.
Muallif haqida: XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniydir. U 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida, toʻquvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Bolaligi Mirobod mahallasining egri-bugri koʻchalarida, koʻpchilik qismini ruslar tashkil qilgan temir yoʻl ishchilari bolalari orasida kechdi. Oʻqchidagi eski maktabda, soʻng madrasada oʻqidi (1885–1886). Mustaqil mutolaa bilan shugʻullandi. Arab, fors, rus tillarini oʻrgandi. Orenburg, Qozon, Tiflisda chiqib turgan gazeta-jurnallarni kuzatib bordi. Qisqa muddat ichida u maʼrifatparvar sifatida tanildi va oʻlkadagi ijgimoiy-madaniy harakatchilikning faol namoyandalaridan biriga aylandi.
XX asr boshlarida Turkiston madaniy hayotida yuz bergan eng muhim oʻzgarishlardan biri maktab oʻquv ishlarida oʻzgarish boʻldi. Avloniy bu davrda jadidchilik harakatiga qoʻshilib, Toshkentdagi jadidlarning faol ishtirokchilaridan biri boʻlib tanildi. Avloniy 1904 yilda Mirobodda, soʻngroq Degrezliqda (1903–14) xuddi shunday yangi usulda, yangicha maktab ochib, dars berdi va darsliklar yozdi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling