Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishda pedagogik


Download 207 Kb.
bet1/7
Sana24.12.2022
Hajmi207 Kb.
#1050723
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishda pedagogik


MUNDARIJA:
Kirish………………………………………………………………………..
Asosiy qism:
1. Pedagogik texnologiyalarning mazmuni va mohiyati…………………….
2. Pedagogik texnologiyalarning nazariy va metodologik asoslari…………
3. O`qish darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish-
ning shakllari……………………………………………………………………..
4. Boshlang`ich sinf o`qish darslari jarayonida pedagogik texnologiyalarni
qo`llash…………………………………………………………………
Xulosa………………………………………………………………………..
Tavsiyalar………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….


KIRISH
XXI asrni olimlarimiz tomonidan axborot texnologiyalari asri deb tan olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari kun sayin barcha sohalarda rivojlanayotgani, jumladan, ta’lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish an’anaviy o`qitish usullaridan ko`ra samarali va yuqori natijalarga olib kelmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko`zda tutilganidek, pedagogik va taxborot texnologoyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini yangi axborotlar bilan ta’minlash rivojlanib bormoqda.
Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi.
Barkamol avlodni tarbiyalash – “Ta’lim to`g`risdagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dastiri”da Respublika ta’lim xodimlari zimmasiga o`ta ma’suliyatli vazifalar yuklangan. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni boshlang`ich sinf o`quvchilarini o`qishiga yangicha yondashish, o`qituvchilarni o`z kasbiga va tarbiyalanuvchilarga o`ta ma’suliyatli munosabatda bo`lishni taqozo etadi. Bu dastur yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to`g`ri yo`l topa olish mahoratiga ega bo`lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o`zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni jamiyat, davlat va oila oldida o`z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g`oyani ilgari suradi.
Yurtimizning kelajagi, uning ertangi taqdiri, ozod va obod jamiyat qurilishiga erishishimiz ham ma`lum ma`noda shu islohatlarning natijasiga bog`liq edi. «Chunki ta`lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta`lim-tarbiya tizimini o`zgartirmasdan turib ongni o`zgartirib bo`lmaydi. Ongni, tafakkurni o`zgartirmasdan turib esa biz ko`zlagan oliy maqsad- ozod va obod jamiyat barpo etib bo`lmaydi»1 degan yurtboshimizning fikrlaridan ta`lim-tarbiya islohati, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga erishish mamlakatimiz taraqqiyotini ta`minlovchi asosiy omillardan biri ekanligini bilib olishimiz mumkin.
Mamlakatning ertangi kuni esa, dunyoqarashi keng maktab bolalari va zamonaviy, salohiyatli o`qituvchi-murabbiylarga ko`p jihatdan bog`liqdir.
O`quv-tarbiya ishlari jarayonida o`quvchilarni ijodiy fikrlashga, o`zgaruvchan vaziyatlarga o`rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda ularning amaliy mashg`ulotlarda pedagogik texnologiyalar, axborot tеxnologiyalari,
elеktrondarsliklar, vеrsiyalar va multimеdialardan foydalana olishi muhimdir. Bu esa o`quvchilarda mutsaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, o`quv faoliyatini tahlil qilish, itsiqbolda kasbiy mahorat va kompyutеr savodxonligini orttirish ularning ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi.
Prеzidеntimiz tomonidan kеlajak avlod tarbiyasiga bеrilayotgan bunday katta e'tibor ta'lim tizimi va pеdagoglar zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi. Bu vazifalarni amalga oshirish chuqur bilim va katta mahoratni talab etadi. Ta'lim tizimiga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kun ta'limi olgiga qo`yilgan muhum vazifalardir.
Darhaqiqat, zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar ta'lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o`quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o`quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o`zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko`nikma va malakalarini shakllantiradi. Pеdagogik tеxnologiyaga asoslangan ta'lim jarayonida o`qituvchi faoliyati va o`quvchi faoliyati doirasi aniq bеlgilanadi, ta'limni tashkil etishning aniq tеxnologiyasi ko`rsatiladiю Pеdagogik tеxnologiyaga asoslangan ta'lim jarayonida o`qituvchi faoliyati va o`quvchi faoliyati doirasi aniq bеlgilanadi, ta'limni tashkil etishning aniq tеxnologiyasi ko`rsatiladi.

Download 207 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling