Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiatga doir tushunchalarini shakllantirish Mundarija: Kirish Asosiy qism
Tabiatshunoslik o‘qitishda pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati
Download 1.27 Mb.
|
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiatga doir ilmiy tushunchalarini shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
2. Tabiatshunoslik o‘qitishda pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati
Hozirgi davr ta’lim nazariyasida pedagogik texnologiya tushunchasiga keng urg‘u berilmoqda. Pedagogika adabiyotlarda “tenologiya”, “pedagogik texnologiya” terminiga har xil ta’riflar mavjud. Bu ta’riflar har bir muallifning pedagogik texnologiyaga o‘ziga xos yondashuvi asosida vujudga kelmoqda. Pedagogika texnologiya fan sifatida ham, shuningdek, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan prinsiplar, yo‘l va usullar sifatida ham shakillanib kelmoqda. “Texnologiya» so‘zi yunoncha so‘z olingan bo‘lib, ikki so‘z birikmasidan iborat, ya’ni «techno» va «logos» so‘zlaridan iborat. Uning ma’nosi quyidagicha: «techno» (texno) moxirlik, ustalik, uddaburonlik tushunchalari. «logos» esa bilim, tushuncha, fikr, operatsiyalar, ishlar yoki jarayonlarni bajarish usullari, qonuniyatlari, vositalari va navbati to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibori kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, taxlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi asosiy figuraga aylanadi. Innovatsiya (inglizcha innovation)-yangilik kiritish, yangilik. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgartirishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to‘liq foydalaniladi. Interfaol metodlar bu jamoa bo‘lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo‘lib ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchilarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. O‘qituvchi va o‘quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunga o‘quvchilarning bilim saviyasi, gurux harakteri, sharoitga qarab – ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun balkim, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo‘lar, bular o‘qituvchi va o‘quvchiga bog‘liq. O‘qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit xolatda ko‘ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo‘lajak dars jarayonini loyixalashtirib olish kerak. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari – sinflarida 1986 yilga qadar tabiatshunoslik aloxida predmet sifatida o‘tilmas edi. Faqatgina kuzatish va ekskursiyalar vaqtida, shuningdek, «O‘qish kitobiga» kiritilgan matnlar orqali tabiatshunoslik materiali bilan tanishar edilar. Endilikda 1-sinflarda o‘z joyidagi tabiat obyektlarini o‘lkashunoslik yo‘nalishida ko‘zatishlarga asoslangan «Atrofimizdagi olam» darslari utiladi. 2-sinfda o‘quvchilar atrof olam bilan tanishini davom ettiradilar. «Atrofimizdagi olam» darslarining ikkinchi yil ukitishning vazifasi birinchi sinfda belgilangan yo‘nalishlarni o‘quvchilarning yoshiga bog‘liq psixologiyasidan kelib chikib rivojlantirishdir. Har bir mavzuni ochib berishda bolalarning Vatan, jonajon tabiat, ijtimoiy xayot to‘g‘risidagi tasavvurlari kengayadi. O‘quvchilarda uyda, maktabda va boshka jamoat joylarida to‘g‘ri yurish turish o‘quvchilar o‘quvchilari hamda ko‘nikmalarini shakllantirishda, tabiatdagi muxim o‘zaro alokaalokalarni aniklashda tabiatga muxabbat va muruvvatli munosabatda bo‘lishni shakllantirishga e’tibor qaratiladi. Tabiat-bitmas-tuganmas xazina. Uning jonli va jonsiz tabiati, turli-tuman o‘simliklari dunyosi, xayvonot olami yosh avlodni to‘g‘ri o‘sib, shakllanishida, tabiatda bo‘ladigan voqea -xodisalarning sir-asrorini o‘rganib yetishida katta manba bo‘lib xizmat qiladi. Bolalar qiziquvchan bo‘ladi. Ular atrof-muxitdagi jonli va jonsiz tabiatga tabiiy xodisa va jarayonlarga qiziqadilar. Bolalarning ongini o‘stirishda, qobiliyatlarini rivojlantirishda, bilim to‘plash imkonini, shaxsiy tajribasini oshirishda, kuzatuvchanlik, taxlil qilish, mantiqiy fikrlash xususiyatlarini shakllantirishda tabiatning o‘rni beqiyosdir. Tevarak-atrofimizdagi voqea-xodisalarni, jismlarni, jonli va jonsiz tabiatni bog‘cha yoshidan boshlab o‘rganitish kerak. Chunki, tabait go‘zalliklarini ko‘rib, his eta olgan, uni seva olgan, tabiatda sodir bo‘ladigan voqea-xodisalar xaqida to‘g‘ri tushunchalarga ega bo‘lgan yosh avlod kelgusida tabiat bilan oqilona munosabatda bo‘la oladi, tabiatdagi boyliklarni muxofaza eta oladi. Bu fan o‘quvchilarning shaxsiy tajribasini boyitadi, atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiat va undagi sodir bulayotgan jarayon va xodisalar to‘g‘risida bilimlar to‘plash imkonini beradi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Tabiatshunoslik» fani 3-4- sinflardan o‘qitiladi. Tabiatshunoslik darslarini o‘tish davomida o‘quvchilarning 1-2 sinflik davrlarida «Atrofimizdagi olam» kursidan olgan bilimlari umumlashtiriladi, kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Атрофимиздаги олам fani 1-sinfda ham o‘tilib, shu sinfda yakunlanadi. Bunda o‘quvchilarning 3-sinfda o‘zlashtirilgan bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish bilan birga ularni tizimga solish, ularda fanda o‘tiladigan materiallarga doir tasavvur va tushunchalarni izchillik bilan rivojlantirish, amaliy mashg‘ulotlarda tajribalar qo‘shish va boshqa o‘quvlarni shakllantirish va rivojlantirish, tabiatshunoslikni turmush va amaliy faoliyat bilan bog‘lanishini ta’minlash, o‘quvchilarda tabiatni idrok qilish, tabiatni muxofaza qilish bo‘yicha turli xil ishlarga sistemali ravishda jalb qilib borish vazifalari bajariladi: Umumiy qilib olganda bu vazifalar ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi yo‘nalishga ega. Bolalar turli manabaalardan: atrofdagi voqelik, tajribalar, kitoblar, har xil ko‘rgazmali qurollardan: ba’zi eng oddiy asbobolar: termometr, gnomon –tayoqchadan: tajribalar qo‘yish uchun zarur bo‘ladigan eng oddiy laboratoriya anjomlar: probirkalar, kolbalar, spirt lampalari, ximiyaviy stakanlardan foydalana olishlari kerak. Bundan tashqari o‘quvchilar o‘zlari tomonidan olib borilgan kuzatuvlarni og‘zaki yoki yozma ravishda qayd qilib, umumlashtirib bera olishlari kerak. Tabiatdagi go‘zallik va uyg‘unlikni bolalarga ko‘rsatishda tabiatshunoslik darslarining o‘rni juda kattadir. Ular bolalarda atrof- muxitdagi tabiat boyliklarni asrab–vaylash, unga insonparvarlik nuqtai-nazaridan qarash hissini tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Tabiatshunoslik darslarida o‘quvchilar dastlab jonsiz va jonli tabiatni o‘rganadilar. Bular o‘quvchilarga ekskursiyalar, amaliy mashg‘ulotlar orqali tushuntiriladi. O‘quvchilar jonli va jonsiz tabiat obyektlarini xossa va xususiyatlarini, shu bilan birga ularning kishilar xayotidagi ahamiyatini o‘rganadilar. O‘quvchilar tabiatdagi sabab-oqibat bog‘lanishlari va qonuniyatlari to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zlashtirib olmasalar ularda ilmiy, dunyoqarash to‘la shakllanmaydi. O‘quvchilar maktab o‘quv tajriba maydonchasida o‘simliklarni ekishda ishtirok etadilar va bu jarayonda madaniy o‘simliklarning xosildorligi ularni yetishtirishda qo‘llaniladigan agrotexnika tadbirlariga bog‘liq ekanligini bilib oladilar. Tabiatshunoslik darslari o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shadi. Shu maqsadga erishishida maxsus mantiqiy darslardan foydalanish qo‘l keladi. Tabiatshunoslik darslari jonajon o‘lkani sevish, uning boyliklarini asrash, muxofaza qilish tushunchalarini shakllantirishda muxim ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘quvchilarga yashaydigan shaxri, kishlog‘i, uning naqadar go‘zalligi, undagi korxonalar va ishlab chiqarish tarmoqlarining nechog‘li zarurligi va boshqalarni yetkaza olishi kerak. Bu o‘quvchilarni oliy maqsadlar, oliyjanob ishlar sari chorlaydi, vatanparvar bo‘lishga undaydi. Insonning go‘zallikdan zavqlanish, uni sevish va qadrlash layoqati tug‘ma bo‘lmaydi. O‘z ustida muntazam ishlagan, izlanuvchan o‘qituvchi bu layoqatli tabiatshunoslikdan o‘tiladigan darslar orqali bemalol uyg‘otishi mumkin. Bilimlarni egallab borish, mantiqiy fikrlashni muntazam ravishda mashq qilib turish, o‘rganilayotgan material yuzasidan xulosa chiqarish, bir fikrga kelish malakasini asta-sekin egallab borish, o‘z qarashlarini shakllantirish o‘quvchilarning ta’lim olishlari jarayonida bajaradigan og‘ir mehnatlari hisoblanadi. Tabiatshunoslik darslari o‘quvchilarda mehnat tarbiyasini ayniqsa, aqliy mehnat tarbiyasini shakllantirishda katta o‘rin tutadi. Misol uchun doimiy o‘tkaziladigan fenologik kuzatishlar aqliy jihatdan ancha zo‘r berishi, iroda kuchini talab qiladigan mashaqqatli mehnat hisoblanadi. O‘qituvchi ana shu mehnatning bolalar uchun quvonchli va qiziqarli bo‘lishiga erishishi kerak. Aks xolda darsdan kuzlangan maqsadga erishish qiyin kechadi. Zerikarli o‘tgan bunday darslardan bolalar bezib qoladilar. Chunki, bu jarayonda aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat chambarchas bog‘langan bo‘ladi. O‘quchilar bu vaqtda belkurak, xaskash, tesha singari mehnat qurollaridan foydalanadilar. Xulosa qilib aytganda tabiatshunoslik darslari o‘quvchilarda tabiatga bo‘lgan mexrni, ilmiy dunyoqarashni, mehnat tarbiyasini, estetik tarbiyani, vatanparvarlik va boshqa xususiyatlarning shakllantirishda muxim o‘rin tutadi. Tabiatshunoslik darslaridan ko‘zlangan maqsadga erishish amaliyotda o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llashni taqozo etadi. Ular juda xilma-xildir.Tabiatshunoslik darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrni shakllantirishda, qobiliyatlarini rivojlantirishga, barkamol avlodni voyaga yetkazishda yordam beradi. O‘qituvchi bilan bolalar munosabatlarini demokratlashtirishda o‘qitishning intensiv metodlariga va usullariga (kuzatish, tajriba, amaliy ishlarga), o‘quvchilarning xilma-xil ijodiy mashg‘ulotlariga katta o‘rin beriladi. Tabiatshunoslikni o‘qitishda kuzatish metodidan foydalanish o‘quvchilarda kankret faktik bilimlar to‘planib, ular xotirasining botib borishiga, solishtirib, qiyoslab ko‘rish ko‘nikmasi ortib borishiga yordam beradi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling