Boshlang‘ich sinflarda gap mavzusini o‘rgatish metodikasi mundarija: kirish asosiy qism


Download 79.75 Kb.
bet10/16
Sana28.12.2022
Hajmi79.75 Kb.
#1013530
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
BOT 19.1 Sultonova Asal

2.2.Gap bo‘limi tizimlari
Maktabda tilning fonetika, leksika hamda grammatikaga oid bilimlar va ular asosida turli-tuman nutq ko‘nikmalari ustida ish qilinadiki, bularni grammatik mashqlar deyish an’anaviydir. Biroq ular tilning birgina grammatika sohasiga tegishli bo‘lganligi bois cheklangandir. Binobarin, uning istiloxi o‘rnida “Gap” bo‘limi tizimi mashq istiloxini ishlatish ma’quldir.
Mashq eng qadimiy o‘qish usuli. U inson faoliyatining barcha sohalarida qo‘llaniladi. Yan Amos Komenskiy “Pansofiya maktabi” nomli asarida mashqning ahamiyatini uqtirib, shunday deb yozgan edi: “Mashq insonni mohir, epchil, barcha narsadan xabardor, hamma sohaga qiziquvchan, ishbilarmon, har qanday ishga yaroqli kishi qilib yetishtiradi. O‘quvchilarning barcha sinflarda o‘qish va yozish, takrorlash va fikrlashuv, to‘g‘ri (ona tilidan chet tiliga) va teskari (chet tilidan ona tiliga) tarjima, deklamatsiya (badiiy asarni ta’sirchan o‘qish) va disput (ilmiy muboxasa, o‘z qarashlarini himoya qilish) amaliyotida mashq qilishni talab qilamiz”.
Duradgor teshasi-yu, arrani ishlatishni, jarroh kesish-u tikishni, sportchi suzish-u sakrashni, tikuvchi bichish-u qirqishni amaliyotda bajarib mashq qilganidek, o‘quvchi ham mashq qilish yo‘li bilan ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish malakalalarini egallab oladi. Ana shularga ko‘ra mashqni umuminsoniy madaniyatning ajralmas qismi deb bilamiz. Zero, yoshlar mashq qilish yo‘li bilan ijtimoiy tajribani bekamu-ko‘st o‘rganishadi, o‘z faoliyatlarida ota–bobolar faoliyatini jonlantirishadi, tevarak atrofdagi narsalar, kishilar bilan muomala qilish madaniyatini o‘zlashtirishadi.
“Gap” bo‘limi tizimi mashq yoshlarni hayotga tayyorlash jarayonining tarkibiy qismi, til ta’limini amalga oshirishning yetakchi yo‘li hisoblanadi. Mashq ma’lum makonda (sinfda o‘qituvchi rahbarligida) va zamonda (darsda) o‘tkaziladi. U ongli hayotning alohida soniyalari, hayotning o‘zi demakdir.
“Gap” bo‘limi tizimi mashqlarning mohiyatini aniqlash maqsadida ularni yana bir tushuncha o‘quv topshirig‘i bilan muqoyasa qilamiz. Zero, narsa-hodisalar o‘zaro solishtirilganda, ularning mohiyati aniqlanadi.

Download 79.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling