Boshlang‘ich sinflarda gap mavzusini o‘rgatish metodikasi mundarija: kirish asosiy qism
Download 79.75 Kb.
|
BOT 19.1 Sultonova Asal
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi maqsadi
- Mavzuning o‘rganilganlik darajasi.
Mavzuning dolzarbligi. Rеspublikаmiz Prеzidеnti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning: “Xalq irodasi bilan tanlangan yo‘l” mavzusidadagi 12-chaqiriq O‘zbekiston Oliy Kengashining Birinchi sessiyasida so‘zlagan nutqi “Birinchi navbatda inson ehtiyoj va talablari, jismoniy va ma’naviy yuksalishi respublikada bo‘lajak milliy-davlat va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning markazida bo‘lishi shart”1,-deb ta’kidlaydi va ta’lim-tarbiya ishlari sifatini ko‘tarish vazifasini qo‘yadi. Tа’lim-tаrbiya tizimini tubdаn islоh qilish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Bu bоrаdа “Tа’lim to‘g‘risidа“gi Qоnun, “Yangi milliy o‘quv dasturi” lar asosida “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti” yarаtildi. «Tа’lim to‘g‘risidа»gi Qоnundа “Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir”2,- deb ta’kidlab ko‘rsatildi.
Kurs ishi maqsadi: boshlang‘ich sinflarda “Gap” bo‘limi mashqlar tizimini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish hamda uning boshlang‘ich sinflardagi ahamiyatini tadqiq qilish. Ishning vazifalari: 1. Mavzuga oid adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish. 2. Boshlang‘ich sinflarda “Gap” bo‘limi tizimi mashqlar tizimining mavjud ahvolini hamda metodik shart-sharoitini o‘rganish. 3. Boshlang‘ich sinflarda “Gap” bo‘limi tizimi mashqlar ustida ishlash jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishni metodik jihatdan asoslash. 4. Boshlang‘ich sinflarda “Gap” bo‘limi tizimi mashqlar ustida ishlashning samaradorligini aniqlash. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Matn, matn turlari va ularni o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy talqini ishning ilmiyligidan dalolat beradi. boshlang‘ich sinf ona tili darsligidagi matnlar bilan ishlash, o‘quvchilarning iste’dodini, bilimini matn asosida rivojlantirish usullari ishning ilmiy-usuliy ahamiyatidur. Biz tanlagan mavzu K.Qosimova, Y.Abdullayev, Q.Abdullayeva, K.Nazarov, M.Yusupov uslubshunos olimlar tomonidan turli talqin, mazmunda o‘rganilgan. Ammo ularning ishlari kurs ish hajmida emas. Uslubshunos olimlardan K.Qosimova “Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi” kitobida boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish, badiiy asar ustida ishlash 1Mirziyoyev Sh. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevori // Xalq so‘zi. –Toshkent, 2017. – 4 avgust. 2O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. T.: SHarq, 2020. jarayoni, har xil janrdagi asarlarni o‘qish metodikasining xususiyatlari nomli mavzularda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda matn va matn ustida ishlash metodikasi xususida boshqa usulshunos olimlarga nisbatdan mukammal ma’lumot bergan. Kurs ishini yozish jarayonida yuqorida nomlari zikr etilgan usulshunos olimlarning ilmiy-usuliy fikrlariga tayanildi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi bu tilning ichki va tashqi imkoniyatlaridan yana kengroq foydalanis imkoniyatini yaratdi. O‘zbek tili asrlar davomida necha minglab turkiy ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bo‘lib, o‘zbek xalqi orasida o‘zaro aloqa vositasi ham uning matbuot va badiiy adabiyot tili bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu tilda A.Navoiy, Bobur, Abulg‘oziy Bahodirxon, Mashrab, Muqimiy, Furqat, Cho‘lpon, Fitrat va boshqa qator adiblarimiz o‘zlarining tarixiy badiiy asarlarini yaratib, unining qudratini namoyish qilganlar. O‘zbek tilining o‘ziga xos jilosi, unining serjiloligi, badiiy obrazlar yarata olish qudratini to‘laroq anglash uchun mumtoz va hozirgi zamon adiblarimiz badiiy asarlari tilini o‘rganish va matnlar bilan ishlash zamon talabidir. Hozirga qadar matn nazariyasi va amaliyoti, uning lingivistik tahlili bo‘yicha ancha ishlar bajarilgan. Bu borada S.Mutalibov, P.Shamsiyev, E.Fozilov, F.Is’hoqov, T.Qudratov, T.Nafasov va boshqalar samarali mehnat qilganlar. Keyingi davr tilshunosligi matnni lingvistik tahlil qilish bilan bir qatorda, uni uslubiy va fonografik jihatdan tahlil qilishni taqozo etmoqda. Download 79.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling