Boshlang‘ich sinflarda gap mavzusini o‘rgatish metodikasi mundarija: kirish asosiy qism


Download 79.75 Kb.
bet4/16
Sana28.12.2022
Hajmi79.75 Kb.
#1013530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
BOT 19.1 Sultonova Asal

I. BOB. SINTAKSIS.
1.1.Sintaksis va uning tadqiq manbayi.
Til o‘z ijtimoiy vazifasini sintaktik qurilma–gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi barcha – fonetik, leksik, morfologik hodisalar ana shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki bevosita muhimdir. Zero, har qanday sintaktik hodisada so‘z va morfologik ko‘rsatgichlarni ko‘ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatlarni belgilashda leksik va morfologik omillarga tayaniladi.
Grammatika morfologiya va sintaksisni o‘z ichiga oladi. Morfologiya, asosan, sintaktik qurilish vositalari bo‘lmish grammatik ko‘rsatgichlar tizimi - morfologik kategoriyalarni o‘rganadi, ularning umumiy va xususiy grammatik ma’nolarini o‘rganadi. Shuningdek, u so‘z turkumlarining umumiy grammatik xossalarini ham tekshirib keladi. Aslida, morfologiyaning tekshirish manbayi yo leksik, yo sintaktik tabiatga ega bo‘ladi. Masalan, so‘z turkumlari lug‘aviy ma’nosi yaqin so‘zlarning yuksak darajadagi umumlashmasi, so‘zlarni bosqichma-bosqich birlashtirib borish natijasida hosil qilingan katta guruhlardir. Demak, so‘z ma’nolari umumlashuvi pog‘onasining yuqori zinasi morfologik mohiyat sifatida qaraluvchi so‘z turkumlaridir.
Sintaksis (qadimgi yunoncha: syntaxis — tuzilma, tartib, birikma):
1) nutq birliklarini shakllantirishning muayyan tillar uchun xos boʻlgan vositalari majmui;
2) grammatikaning soʻzlarni soʻz birikmalari va gaplarga, sodda gaplarni esa qoʻshma gaplarga birikish usullarini oʻrganuvchi, soʻz birikmalari va gaplarning tuzilishi, maʼnosi, oʻzaro taʼsirlashuvi hamda vazifalarini tadqiq etuvchi boʻlimi. “Sintaksis” termini soʻz birikmalari va gaplarni hamda ularning tilda qoʻllanishini qamrab oluvchi grammatik qurilish maʼnosini ifodalash uchun ham ishlatiladi. Tilning grammatik qurilishida Sintaksis juda katta ahamiyatga ega, chunki uning tarkibiga bevosita kishilarning muomala muloqot jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi sodda gap va qoʻshma gap kabi til birliklari kiradi. Sodda gap muayyan voqea hodisani, qoʻshma gap voqea hodisalar orasidagi aloqa munosabatni, gap boʻlagi esa voqea hodisa unsurlaring vazifalarini ifodalaydi.
Sintaksis morfologiya bilan chambarchas bogʻliqdir. Sintaksisda, xuddi morfologiyada boʻlgani singari, soʻz asosiy birlik hisoblanadi, lekin u shakl yasalishi jihatidan emas, balki soʻz shakllarining soʻz birikmasi va gaplarni tuzishdagi ishtiroki jihatidan oʻrganiladi. Soʻz birikmalari va gaplar tilning asosiy sintaktik birliklari va ularning har biri oʻz ichki xususiyatlariga egadir.
Gap, gap boʻlagi, soʻz birikmasi Sintaksisning asosiy birliklaridir. Bularga keyingi paytlarda abzats, period, matn kabi birliklar ham kiritilmoqda. Soʻz birikmasi tobe aloqa (bogʻlanish) vositalari — moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv yordamida ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzdan qosil boʻladi va faqat gap tarkibidagina amal qiladi. Gap Sintaksisning markaziy birligidir. U struktursemantik qolip va nutq birligi boʻlmish fikr sifatida oʻrganiladi. Gap fikrni-tashqi olam bilan aloqa tufayli yuzaga keladigan his-tuygʻularni ifodalash vositasidir. Gap bir mustaqil soʻzdan ("qorongʻilashmoqda", "jimjitlik"), aksariyat hollarda esa bir necha soʻzdan hosil boʻladi. Asosan, sintetik tillar, shuningdek, analitik tillarning xususiyatlariga ega boʻlgan oʻzbek tilida gapdagi soʻzlarning bogʻlanish vositalari sifatida yordamchi soʻzlar — koʻmakchilar va bogʻlovchilarni, so‘z tartibini, ohangni va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Sof analitik tillarda gapdagi so‘zlarning bogʻlanish vositalari, asosan, yordamchi soʻzlar boʻlsa, agglyutinativ va amorf tillarda mazkur vazifani soʻz tartibi bajaradi.
Hozirgi Sintaksisda mavhum grammatik struktura sifatida gap tushunchasi hamda mazkur strukturaning nutqda aniq voqealanishi vositalari sifatida ifoda tushunchasi farqlanadi; shunga muvofiq, ravishda gap nazariyasi va ifoda nazariyasi ham chegaralanadi. Gap Sintaksis doirasiga uni shakllantirishning usul va vositalari, ifoda Sintaksis doirasiga esa gapning aktual boʻlinishi vositalari hamda uning maʼno strukturasi muammolari kiritiladi.
Sintaksisda, shuningdek, gap boʻlaklari ham oʻrganiladi. Ular bosh (ega, kesim) va ikkinchi darajali boʻlaklar (toʻldiruvchi, aniqlovchi, hol)dan iborat. Keyingi paytlarda kesim gapning asosi ekanligi, undalma, kirish soʻz va kiritmalarga gapning uchinchi darajali boʻlaklari maqomini berish masalalari ham koʻtarilmoqda.
“Sintaksis” termini, garchi ayni hozirgi maʼnoda boʻlmasada, dastlab mil. av. 3-asrda Yunonistonda stoiklar tomonidan qoʻllangan. Sintaksisning ilk prinsiplarini yunon grammatisti Apolloniy Diskol morfologik negizda, xususan, soʻz turkumlari Sintaksis tarzida asoslagan. Sintaksis tarixi yevropa va rus tilshunosliklarida boʻlganidek turkiy tillarda (oʻzbek tilida) ham oʻziga xos rivojlanish bosqichlarini oʻtgan. Qomusiy alloma Mahmud Qoshgʻariyning 11-asrda "Javohir un nahvi fi lug‘otit turk" ("Turkiy tillar sintaksisi kridalari") asarini yaratganligi buning yaqqol isbotidir. 20-asrda oʻzbek tili sintaksisiga, qisman, sintaktik qurilishiga rus tilshunosligidagi nazariy tadqiqotlar maʼlum darajada taʼsir oʻtkazgan. Oʻtgan asrda oʻzbek tili sintaksisi sohasida Fitrat, Ayub Gʻulomov, F. Abdullayev; Gʻ. Abdurahmonov, M. Asqarova, A. Nurmonov, N. Mahmudov va boshqa jiddiy tadqiqotlar olib bordilar.
Morfologik ko‘rsatgichlar ikkiga bo‘linadi:
1) lug‘aviy shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar;
2) sintaktik shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar.
Lug‘aviy shakl hosil qiluvchi ko‘rsatgichlar leksemalarning lug‘aviy ma’nosiga ta’sir qilib, odatda, leksik ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan, o‘qigan bola birikmasidagi o‘qigan lug‘aviy shakli -gan ko‘rsatgichini olib, lug‘aviy ma’nosidagi “harakat” semasini kuchsizlantiradi va buning evaziga “belgi” ma’no bo‘lakchasiga ega bo‘ladi.
Aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari so‘zlarning lug‘aviy ma’nosiga ta’sir qilmasdan, ularni sintaktik aloqaga kiritish uchungina xizmat qiladi. Masalan, kitobni olmoq birikmasidagi tushum kelishigi qo‘shimchasi kitob leksemasini olmoq fe’liga tobelash vazifasini bajarmoqda.
Aytilganlardan xulosa qilish mumkinki, so‘z turkumlari yuksak lug‘aviy umumlashtirish, so‘zlarni umumiy belgilari asosida birlashtirish natijasi bo‘lsa, grammatik ko‘rsatgichlarning bir qismi leksik va bir qismi sintaktik ahamiyatga egadir. Demak, tilshunos I.I.Mesh Chaninov ta’biri bilan aytganda, morfologiya aslida leksik va sintaktik jihatlar birligidir.
Sintaksis (gr. sintaxys - tuzish, qurish)ning asosi gap haqidagi ta’limotdir. Gaplar, aslida, so‘zlarning erkin birikuvlariga ham asoslanganligi tufayli so‘zlarning bog‘lanish qonuniyatlari, so‘z birikmalari ham sintaksisda o‘rganiladi. Atom xususiyatlari va ularning birikish qonuniyatlarini ochish molekula tabiatini o‘rganishga bo‘ysundirilganligi kabi so‘z birikmalarini o‘rganish ham gap ta’limotining tarkibiy qismi bo‘lib, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas.
Sintaksis so‘zlarning har qanday birikuvlarini emas, balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvlar va ularning lisoniy mohiyatlarini tekshiradi. Qaysidir yo‘sindagi so‘zlarning birikuvlari sanalmish qo‘shma so‘zlar (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birliklar (ilonning yog‘ini yalagan, yog‘ tushsa yalaguday, ko‘ngli bo‘sh) sintaksisning tadqiq doirasidan chetda qoladi. Chunki ular erkin bog‘lanishga ega emas.
Sintaksis atamasi, grammatika atamasining o‘zi kabi, zulma’nayn (ikki ma‘noli) dir:
1) tilning sintaktik qurilishi;
2) grammatikaning tarkibiy qismi.
Biz atamani ana Shu ikkinchi ma‘nosida qo‘llab, birinchi ma’no ifodasi uchun sintaktik qurilish atamasini ishlatamiz.

Download 79.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling